Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский
BITIRUV MALAKAVIY ISH (BI) NING ILMIY ASOSLARI
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22
1. BITIRUV MALAKAVIY ISH (BI) NING ILMIY ASOSLARI
Davlat ta’lim standartiga mos bakalavr darajasi kasbiy faoliyatning ilmiy tadqiqqot ko‘rinishiga mo‘ljallangan va yuqori malakali pedagogik kadrlarni tayyorlashda uzluksiz ko‘p darajali strukturada birinchi ilmiy darajaga mos keladi. Davlat attestatsiya komissiyasida ilmiy yo‘nalishga mos va tanlangan malakaviy kasb asosida tayyorgarlikdan o‘tgan, BIni muvaffaqiyatli himoya qilgan oliy o‘quv yurti bitiruvchisiga bakalavr ilmiy darajasi beriladi. Bitiruvchining xarakteristikasiga asosiy talab BIning ilmiy-pedagogik darajasi hisoblanadi. Ushbu uslubiy ko‘rsatmada BI o‘qitishning yakuniy bosqichida bakalavr tomonidan ilmiy-tadqiqot ishini o‘tkazishda olingan natijalarning ilmiy mehnati sifatida baholanadi. Bakalavri tomonidan bajarilgan BIning nazariy bazasi sifatida BIni sifatli ishlab chiqish uchun ilmiy tadqiqot asoslari bo‘yicha bilim, ta’lim tashkilotlarida 5 bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorgarligini baholovchi oliy o‘quv yurti bitiruvchisining ilmiy mehnati sifatida jihozlanishi tushuniladi. Fan - bu tabiat, jamiyat va fikrlashda, sotsial-iqtisoq faoliyat natijasida olinadigan va bevosita jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantiriladigan uzluksiz bilimlar tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Fan termini alohida bilimlar sohasini belgilash uchun ham qo‘llaniladi. Fanning asosiy maqsadi – ob’yektiv duniyoni bilish (haqiqiy holatni nazariy tasvirlash) va jamiyatga foydali natijalar olish maqsadida atrof muhitga ta’sir etish. Fan jamiyatning ilmiy tadqiqot faoliyati natijasida qo‘llab-quvvatlanadi va rivojlanadi. Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik va rivojlanish shakli. Ilmiy-tadqiqotni tashkil etish strukturasini quyidagi tarkibiy qismlar ko‘rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir: Ilmiy tadqiqotning umumiy masalalari (nazariya, metodologiya va metodlar); Ilmiy tadqiqot jarayonlari (shakllari, metodlari va bilish vositalari); Ilmiy tadqiqot metodikasi (Aniq shakl, fan va kasbiy faoliyat sohasiga mos samarali metod va vositalarni tanlash); Ilmiy tadqiqot texnologiyasi (Ilmiy tadqiqot jarayonlari va ularni bajarish haqida bilimlar to‘plami); Ilmiy nazariya – bu mos sohada (bizning misolda kompyuter inginiring) nazariyaning asosiy elementlar to‘plami(tasdiqlangan gipoteza, tushuncha va mulohaza). Nazariyaning rostlik mezoni uning amaliyot bilan tasdiqlanganligi hisoblanadi. Har qanday fanning asosi metodologiya hisoblanib, o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: faoliyat tuzilishi, mantiqiy tashkil etish, metod va vositalar haqida bilimlar. Ilmiy adabiyotlarda metodologiya sifatida ilmiy bilimlar tizimi, ya’ni ilmiy-bilish faoliyatining qurilish tamoyillari haqidagi bilimlar, shakllar va usullar tushuniladi. Ilmiy metod – bu inson faoliyati (ishlab chiqarish, siyosiy, madaniy, ilmiy, ta’limiy va hokazo)ni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘naltiruvchi qoida va ko‘rsatmalar tizimidir. Agar metodologiya ilmiy natijalar kutilayotgan gipotezada ifodalangan maqsadga erishishni ta’minlovchi ilmiy tadqiqot strategiyasi bo‘lsa, metod esa qaysi yaxshi yo‘l bilan borish mumkinligini ko‘rsatuvchi taktika hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda tadqiqotning metodlari, vositalari va shakllarini tanlash va tadqiqotning metodikasini ilmiy asoslash lozim. Ilmiy tadqiqotlar metodikasi bu nazariy va amaliy tadqiqotda foydalaniladigan aniq shakl, metod va vositalar to‘plami hisoblanadi. Bizga ma’lumki, tadqiqot masalani qo‘yishdan boshlanadi, shuning uchun metodika qo‘yilgan masalani amaliy yechish uchun zarur tadqiqot ob’yekti haqidagi mavjud bilimlardagi qarama-qarshiliklarni ochish imkoniyatini berishi 6 lozim, ya’ni zarur natijalarni olish uchun tadqiqot ob’yekti haqida nazariy ma’lumotlarning yetarli emasligini ko‘rsatishdan iborat. Masalaning qo‘yilishi mavzuni shakllantirish metodikasi asosida mavzuni tanlash imkoniyati va tadqiqotning aniq masalasini yechish uchun uning dolzarbligini asoslash imkoniyatini beradi. Mavzuni tanlash, uni shakllantirish va masalaning dolzarbligini asoslash navbatdagi quyidagi bosqichga o‘tish imkoniyatini beradi, ya’ni adabiyotlar manbaini tahlil etish metodikasi asosida berilgan bilimlar sohasi ( adbiyot manbalarini tahlil etish va Internet axborot resurslaridan foydalanish)da mavjud ilmiy natijalarni umumlashtirish uchun – masalani yechish yo‘lidagi axborotli izlanishdir. Natija qo‘yilgan masala bo‘yicha ilmiy tadqiqotni o‘tqazish rejasi hisoblanadi. Ilmiy izlanish metodikasi aralash sohada boshqa ob’ektlarda qo‘llanilgan mavjud metodikani tanlash asosida shakllantiriladi yoki bunday metodika mavjud bo‘lmasa masalani yechish uchun muallifning yangi metodikasi ishlab chiqiladi. Ilmiy izlanish metodikasi ichida quyidagi guruhlar ajratiladi: - Nazariy tadqiqot metodikasi; -Tajriba tadqiqoti metodikasi. Nazariy tadqiqot metodikasi nazariy tadqiqotning umumiy strukturasi va qo‘yilgan masala va mavzu nomiga mos asosiy va yordamchi masalalarni yechish metodikasini anglatadi. Nazariy tadqiqot yangi ilmiy gipotezalarni yaratish, o‘rganilmagan hodisa yoki jarayonlarni chuqur tushuntirish, ilmiy tadqiqot strategiyasi va taktikasini asoslash, shu bilan birgalikda o‘xshash va boshqa masalalarni yechishga yo‘naltirilgan ijodiy ishlar hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot insonning (tadqiqotchi) intellektual faoliyati (fikrlashi)ga asoslanadi. Ilmiy tadqiqotning muhim elementi aqliy mehnat hisoblanadi. Nazariy tadqiqotning katta miqdordagi soni mavjud bo‘lib, uni tanlash aniq ilmiy masalaga mos kelishi lozim. Tajribaviy tadqiqot metodikasi – bu tajriba tadqiqotlarini bajarishdagi ketma-ketlik va usullarning umumiy strukurasidir. Tajribaviy tadqiqotlar nazariy tushuncha, qonuniyat, tamoyillarni amalda tasdiqlaydi va tanlangan mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqotda shakllantirilgan olingan ilmiy natijalarning ishonchliligini tasdiqlash uchun baza hisoblanadi. Tajriba va nazariya o‘zaro quyidagicha bog‘langan: Nazariya tajriba metodikasini asoslash imkoniyatini beradi; Tajriba nazariyaning haqiqatligini baholash imkoniyatini beradi. Tajribaviy tadqiqot uch bosqichdan iborat: rejalashtirish, tajriba va tahlil (natijalarni qayta ishlash). Tajribani o‘tkazishda quyidagi ishlarni bajarish zarur: Dastur tuzish yoki loyiha yaratish; Metodikani asoslash; O‘lchov vositalarini tanlash; O‘lchovlarni baholashni bajarish; Bajarilish ketma-ketligini aniqlash; 7 Taqvim rejani tuzish. Tajribaviy tadqiqotlarning muhim bo‘limlaridan biri ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish hisoblanadi. Tajriba metodikasini tanlashda ma’lumotlarni qayta ishlashning matematik metodlariga va natijalarni jadval, grafika, formula, diogramma ko‘rinishidagi qulay shakllardan foydalanishga alohida e’tibor berish lozim bo‘lgan. Ilmiy natijalarni ilmiy holat ko‘rinishida jihozlash metodikasi ilmiy masalaning yechimidagi yakuniy bosqichi hisoblanadi. Ilmiy mahsulotlarning shakli quyidagicha bo‘ladi: Ilmiy-texnik hisobot; Ma’ruza; Maqola; Monografiya; O‘quv qo‘llanma; Bitiruv malakaviy ish. BI oliy o‘quv yurti bitiruvchisining ilmiy tadqiqot natijalari hisoblanadi. BI maxsus, ommaviy himoyalanadigan malakaviy ish sinflariga qaraladi. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun berilgan masala uchun fanda mavjud optimal metodikani tanlash yoki yangi metodikani ishlab chiqish. O‘zaro bog‘langan quyidagi uchta ilmiy tushunchalarga alohida e’tibor berish zarur: metodologiya, metod, metodika, qiymat va bular BI mavzusi bo‘yicha bajarilayotgan tadqiqotda bakalavr uchun printsipial xarakterga ega bo‘ladi. Oliy o‘quv yurtida BI bakalavrda o‘qishning yakuniy bosqichida bajariladi va o‘qituvchining ilmiy rahbarligida bitiruvchi tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-tadqiqot majmuasi hisoblanadi. BI – bu mustaqil ilmiy-amaliy tadqiqot hisoblanib, bitiruvchining malakaviy bilim darajasini o‘rnatish imkoniyatini beradi va ushbu bilimlarni kelajakda kasbiy o‘quv-metodik va ilmiy-amaliy faoliyatida foydalanish ko‘nikmasini hosil qiladi. BIni bajarishda maxsus adabiyotlardan bilimlarni, adabiyotlarni mustaqil tahlil eta olish va umumlashtiruvchi xulosalarni chiqara olish ko‘nikmasini ko‘rsata olishi lozim. BI ijodiy, yangi elementlarga ega va ta’lim sohasining kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsion vositalar va kompyuterlarni qo‘llash bo‘yicha ilgari ma’lum yechimlarni taqqoslashda tadqiqotning tanlangan mavzusi bo‘yicha ilmiy-amaliy masalalarni samarali yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. BI ning maqsadi quyidagilardan iborat: Nazariy bilimlarni tizimlashtirish; Nazariy bilimlarni mustahkamlash; Nazariy bilimlarni kengaytirish; Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish; Mustaqil tahlilning amaliy ko‘nikmasini hosil qilish; Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha to‘plangan malakalarni umumlashtirish; 8 Davlat ta’lim standartida ko‘rsatilgan aniq o‘quv-metodik, ilmiy- texnik, axborot-texnologik, dasturiy-algoritmik, grafika va dizayn kabi mavzuli topshiriqlarni hal etishda olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash. Bakalavrning BI gumanitar, sotsial-iqtisodiy va tabiy-ilmiy, umumiy kasbiy fanlardan chuqur bilim va axborot texnologiya sohasida kasbiy tayyorgarlikni tasvirlashi lozim. BI to‘plangan bilimlarni amaliy ilmiy-tadqiqot ishida qo‘llash ko‘nikmasini ko‘rsata olishi, axborotli manbalardan foydalanish bo‘yicha malakaga ega ekanligini tasdiqlashi, normativ materiallar, mavjud ilmiy konsepsiayni tanqidiy baholsh ko‘nikmasini tasvirlashi va ta’limni axborotlashtitish masalasidagi yondoshuvlar, xususan, axbotli jamiyatda yashash va ishlashni ko‘rsata olishi zarur. BIning bajarilishi quyidagilarga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim: Kasbiy-ta’limiy dasturlarni o‘zlashtirish jarayonida olingan bilimlarni mustahkamlash; Ilmiy, metodik va statistik materiallarga ega adabiyot manbalari va Internet tarmog‘i axborot resurslari bilan mustaqil ishlash malakalarini chuqurlashtirish; Kasbiy amaliyotda axborot faoliyat natijalarini qayta ishlashning zamonaviy metodlarini o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmasini hosil qilish. BI - bitiruvchining kasbiy darajasini aniqlovchi malakaviy ilmiy mehnat sifatida qaraladi. BI sifati va bakalavrini baholash quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: Aniq materiallarni bajarishda ta’lim sohasida amaliy ilovalarga mo‘ljallangan tadqiqot; BIda taklif etilayotgan xulosa va tavsiyonomalar; Pedagogik amaliyotda axborot-kommunikatsion texnologiyadan keng foydalanish asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish uchun to‘liq yoki qisman qo‘llash; Zamonaviy metodlar va ta’limni axborotlashtirish vositalaridan foydalanish; Tarmoqli texnologiyadan foydalanish; Masofaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish; Multimedia texnologiyalari va dizayn imkoniyatlaridan foydalanish; Virtual-maktab agent texnologiyasidan foydalanish; Axborot-texnologiyasi va dasturiy-apparatli vositalar yordamida qo‘llab quvvatlanilayotgan innovatsion texnologiyalar; Ma’lumotlar bazasining rivojlanayotgan ochiq arxitekturasi bilan o‘quv-bilish fazosini tashkil etish. Kompyuter injiniringi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi axborot texnologiyalari asosi bo‘lgan quyidagi tamoyillardan ijodiy foydalanishni talab etadi: Ko‘rgazmalilik; Huquqiylik; Tizimlilik; 9 Ketma-ketlilik; Onglilik. Ta’limda axborot texnologiyasi amaliy informatika va kompyuter grafikasining nazariyasi va metodlari bilan bog‘liq quyidagi masalalarni hal etish imkoniyatini beradi: Avtomatik dasturlashning axborot texnologiyasi; Avtomatik loyihalashning dizayni va axborot texnologiyasi ; Avtomatik o‘qitishning axborot texnologiyasi; Avtomatik boshqarishning axborot texnologiyasi; Avtomatik diagnostikaning axborot texnologiyasi; Hisoblash tajribasi; Turli soha (tibbiyot, fan, madaniyat, texnika, ta’lim, ishlab chiqarish, savdo, transport, aloqa, huquqshunoslik, arxitektura, loyihalash, xizmat sohasi, dam olish) faoliyatida kompyuterli modellashtirish dasturlari. O‘qitishning axborot texnologiyasi yuqorida ko‘rsatilgan didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Ushbu tamoyillar yangi ta’lim muhitida (Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimida) tasvirlanadigan yangi mazmun bilan to‘ldirilishi lozim, bu esa yangi axborotli pedagogik texnologiyani shakllantirish imkoniyatini beradi. Ilmiylik tamoyili faqat an’anaviy bilimlarnigina emas, balki zamonaviy fanning fundamental holatini shu bilan birgalikda uning istiqbolini ham ko‘rsatadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling