Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22
Ko‘rgazmalilik tamoyili. Ko‘rgazmalilik sifatida avvalam bor,
o‘rganuvchining predmetni biror shaklda ko‘rish va o‘rganilayotgan fizik hodisaning rivojlanishi (evolyutsiyasi, o‘zgarishi)ni kuzatish tushuniladi. Kompyuter ushbu jarayonlarni ShK monitor ekranida tasvirlash orqali boshqarish imkoniyatini beradi. An’anaviy vositalar (taxta, bo‘r, latta) bilan erishish qiyin bo‘lgan harakatlanayotgan barcha ob’ektlarni dinamik holatda ko‘rsatish mumkin. Kompyuter tomonidan ta’minlanuvchi ko‘rgazmalilik yangi bilish quroli- kompyuter grafikasi haqida gapirish imkoniyatini beradi. Ushbu qurol matn bilan ifodalash imkoniyati bo‘lmagan va yuqori abstrakt darajaga ega bo‘lgan insoniyat bilimlarini vizuallashtirish imkoniyatini yaratadi. Kompyuterli o‘qitishda huquqiy tamoyil ma’lum yoshdagi o‘rganuvchi guruhlar uchun aniq material uchun o‘qitish maqsadiga eishish imkoniyatini beruvchi individual huquqiy tamoyilga o‘tadi. Tizimlilik va ketma-ketlilik tamoyili o‘quv materialini tashkil etishning tuzilishi va o‘qitilish darajasini nazorat qilishda teskari aloqani ta’minlash vazifasi bilan bog‘liq. Kompyuterli o‘qitish o‘z metodolgiyasi bo‘yicha o‘rganuvchu ekranida o‘quv materialini ketme-ketlikda qismlarga bo‘lingan holda uzatishni tashkil etadi, ya’ni kompyuterga tegishli maxsus ketma-ketlikdagi amallar( monitor ekranida axborotni tasvirlash, predmetli sohada belgili model bilan ishlash, 10 dialogli rejimda klaviaturadan javobni kiritish va kompyuterli o‘quv dasturlarini amalda bajarish). Bilimlarni o‘qitishning axborot texnologiyasida tasvirlanishi tizimlilik ko‘rinishidagi didaktik tamoyilni ta’minlaydi. Zamonaviy axborot texnologiyasiga tayangan holda o‘qitishda kompyuterli o‘qitish metodikasi asosida tashkil etilgan startegiya onlililik tamoyilini ta’minlaydi. Bu metodika kompyuterli o‘qitishning psixologo-pedagogik nazariyasida quyidagi strategiyani tarbiyalashga yo‘naltirilgan: Predmetlarni va o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish uchun ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlilik hodisalariga qaraydi; An’anaviy o‘quv fanlarida olingan bilimlarni to‘ldiradi. Onglilik tamoyilini amalga oshirish uchun kompyuter o‘rganivchiga har bir mavzuning maqsadi va masalasi bo‘yicha xabar beradi va bilimni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi uchun zarur amallarni ko‘rsatadi (Bu amallar texnologik xarita ko‘rinishida ifodalanadi). Onglilik tamoyilining amalda bajarilish muvaffaqiyati kursning nazariy darajasiga, o‘rganilayotgan tushunchaning to‘liq ochilishi va ular orasidagi o‘zaro munosabatlarga, ya’ni fanlararo aloqaning ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Kompyuterli kommunikatsiyaning mavjudlik tamoyili o‘rgatuvchi va o‘rganuvchi o‘rtasida kompyuter orqali dialogni tashkil etishga asoslangan, ya’ni zamonaviy pedagogik tizim “o‘qituvchi – kompyuter - o‘rganuvchilar guruhi” paydo bo‘ladi. Uning amalda qo‘llanilishi yangi pedagogik nazariya – o‘qitishning quyidagi axborot modelini ishlab chiqish talab etiladi: O‘quv axborotini faol tasvirlovchi darslik (elektron ensiklopediya, elektron darslik, virtual amaliyot), ya’ni bilimlar generatori; o‘quv jarayonini boshqaruvchi o‘qituvchi (tyutor); Internetning axborotli bilish muhitida o‘rganuvchi o‘z-o‘zini o‘qitishning faol elementi hisoblanadi. Informatikaning matematik va mantiqiy asoslari fan va o‘quv fani sifatida diskret matematika elementlariga asoslanadi. Bu bilimlar sohasida informatika va kompyuter grafikasi fanlari bo‘yicha kasb ta’limidagi bakalavr nazariyani ishlab chiqishda quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha tadqiqotni tashkil etadi: Mikroprotsessorli avtomatlarning sintezli masalalarida mantiqiy algebra elementlari; Dasturlash ilovalarida grafiklar nazariyasi; Kompyuter grafika va dizan nazariyasi; Algoritmlash metodlarining ilovalarida amaliy algoritmlar nazariyasi; Ikkilik arifmetikaning ilovalarida mashinali matematika. Telekommunikatsiya ilovalarida axborotlarni kodlash va uni yoyish nazariyasi; Nazariy dasturlash masalalarining ilovalarida formal til va avtomatlar; 11 Nazariy dasturlash va boshqalar. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash – BIning qo‘lyozmasi tugallangandan keyin olinadigan nazariy yoki eksperimental xarakterini, istiqboldagi tadqiqotning mazmunini, ilmiy ishlanmaning dolzarbligini, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyati va qo‘llanilishini aniqlovchi eng ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. BI mavzusini tanlashning umumiy metodik tamoyili sotsiyal buyurtma asosida masalaning qo‘yilishi hisoblanadi. Natijada shakllantirilgan muammodagi masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan ilmiy tadqiqot mavzularining nomlari aniqlashtiriladi. Mavzuni tanlashda quyidagi asosiy yo‘nalishdagi imkoniyatlar mavjud: Kafedra tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish natijasida hosil bo‘lgan mavzular; Soha tashkilotlarda kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, talabalar tomonidan taklif etilgan individual mavzular; BI rahbari tomonidan taklif etilgan mavzular; Soha tashkilotlarda, ta’lim va tadqiqot institutlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan buyurtmali mavzular. Mavzuni tanlashda ilmiy ishlab chiqish masalasini amaliyotdagi talablar va amaliyotni ta’minlash uchun zarur nazariy tadqiqotdagi yetishmovchiliklar orasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni asoslash lozim. Talaba tomonidan tanlangan mavzuda muammoni bitiruvchining o‘zi shakllantiradi va kafedrada tasdiqlaydi. Ilmiy rahbar tomonidan taklif etilgan mavzularda muammoni shakllantirish oldindan qo‘yilgan va talabaga tushuntirilgan. Buyurtmali mavzularda muammoni shakllantirish buyurtma bergan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. BI mavzulari tadqiqot xarakteriga ega bo‘lib, quyidagilarni aniqlashi lozim: Yangi ilmiy natijalar olish uchun nazariy va tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazishda talab etiladigan aniq masalalarni yechish; Soha tashkilotlar yoki axborot texnologiyalari o‘quv yurtlarida o‘quv- tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan yangi dastur, saytlar, qurilma, kompyuter dasturlarini yaratish; O‘quv dasturi va DTS mazmuniga mos yo‘naltirilgan yangi bo‘lim yoki axborot texnologiyalari sohasida yangi fanni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish; Soha tashkilotlarda hamda axborot texnologiyalari o‘quv yurtlarida o‘quvchi va talabalarni tayorlash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan yangi kompyuter dasturlarini ishlab chiqish va DTS ga navbatdagi avlodni kiritish uchun takliflarni shakllantirish. Bakalavr taklif etayatgan mavzu kurs ishi yoki o‘quv-tadqiqot ishining davomi va uni rivojlantirishi bo‘lishi mumkin. BI mavzusini tanlash va uni kafedrada tasdiqlash ixtisoslik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘qitish yakunlangandan so‘ng va BI mavzusi bo‘yicha tadqiqot bajarilishidan oldin tugallanishi lozim. 12 Ushbu davrgacha BI ilmiy rahbari va zarur bo‘lsa, BI mavzusining maxsus bo‘limlari bo‘yicha maslahatchi tasdiqlanishi lozim. Mavzu tasdiqlangan va ilmiy rahbar belgilangandan keyin bakalavr axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri tomonidan tasdiqlangan BIni bajarish uchun topshiriqlar oladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling