Sterillash usullari


Download 27.17 Kb.
bet2/5
Sana13.12.2022
Hajmi27.17 Kb.
#1000221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sterillash usullari

Issiq sterillash. Haroratni maksimumdan oshirish mikroorga-nizmlarga kuchli ta’sir qiladi, ko‘plab sterillash usullari yuqori ha-roratga asoslangan. Yuqori haroratga turli mikroblarning chidamli-ligi har xil. Issiq yoki termik sterillashda buni esdan chiqarmaslik zarur. Termik sterillashning bir qancha turi ma’lum:
a) Flambirlash – olovda qizdirish. Bunda yonish xususiyatiga ega bo‘lgan hamma narsa, shuningdek, mikroorganizmlar, gorelka yoki spirtovka olovida yonib ketadi. Mikrobiologiyada har bir labo-ratoriya ishida preparat tayyorlashda ishlatiladigan bakteriologik il-moq olovda laqqa cho‘g‘ bo‘lguncha kuydiriladi.
Metall asboblar, ninalar, buyum oynalar va kolba, probirka uchlari ham qizdiriladi. Paxta dokali tiqinlar olovda sterillanadi.
b) Quruq issiq ta’sirida sterillash maxsus sterillagichlarda yoki quritish shkaflarida amalga oshiriladi. Quritish shkaflari to‘g‘ri to‘rt burchakli yoki dumaloq shaklda bo‘ladi va yonmaydigan material-lardan – metall va asbestdan qilinadi. Shkafning ichida tokcha-lar bo‘lib, unga sterillanayotgan material qo‘yiladi, tepa qismi-dagi oraliqqa shkafning ichidagi haroratni o‘lchaydigan termometr joylashtiriladi. Termometrning simobli sharsimon qismi shkafning ichida bo‘lishi va shkafga tegmasligi lozim. Quritish shkafida sterillash paytida harorat nazoratda bo‘lishi lozim, chunki u pa-sayib ketsa, sterillash amalga oshmaydi. Harorat 1750C dan osh-ganda qog‘oz probkalar qorayadi va maydalanadi. Quritish shkafi-ning sterillash rejimi 165-1750C da material ikki soat davomida tutib turiladi. Sterillash tugaganda, shkaf ichidagi harorat 70-1000C gacha pasayganda shkaf ochiladi, aks holda ichki va tashqi ha-roratning farqi shishalarning darz ketishiga sabab bo‘ladi. Quruq issiq yordamida shisha idishlar, asboblar, qog‘oz, paxta va bosh-qa issiqqa bardoshli materiallar sterillanadi. Bu usul ozuqa mu-hitlarini sterillash uchun yaroqsiz, chunki ular yuqori harorat ta’sirida buziladi. Ularni sterillash asosan me’yordagi yoki yuqo-ri bosimli qaynab turgan suv bug‘ida amalga oshiriladi.
v) Qaynatish – ayrim buyumlar (metall asboblar, filtrli mem-branalar) ba’zan distillangan suvda uzoq qaynatish davomida steril-lanadi. Mikrobiologik amaliyotda bu usul kam ishlatiladi, chun-ki uzoq qaynatish materialga zarur yetkazishi mumkin, kam vaqtda esa material to‘liq sterillanmaydi, chunki ayrim mikroorganizmlar-ning sporalari qaynatishdan keyin ham bir necha soat yashaydi.
g) O‘tuvchi parda bug‘lash – bu usulda sterillash me’yorida-gi bosimda Kox apparatida amalga oshiriladi. Kox apparati – metall silindr bo‘lib, issiqni saqlovchi tashqi qobiqqa ega. Silindr-ning ichiga, taglik ustiga g‘alvirsimon chelak qo‘yiladi, uning tagida suv qaynaydi. Chelakka sterillanadigan material qo‘yiladi, silindr teshikli qopqoq bilan yopiladi, bu teshikdan qaynatish davomida bug‘ chiqadi. Kox apparati isitgich ustiga qo‘yiladi (gaz gorel-kasi, elektr plita va boshqalar). Qopqoq teshigidan bug‘ chiqa boshlaganda sterillash vaqti belgilanadi. Bu usulda maxsus tartibga amal qilinadi – 3 kun davomida 30 minutdan. Birinchi kunda bug‘ harorati 1000C ga yetganda issiqqa sezgir bo‘lgan hamda vegetativ hujayralar nobud bo‘ladi, sporalar saqlanadi. 24 soatda (bir sutkada) sporalar o‘sib, vegetativ hujayralarga ayla-nadi va ertasi kuni sterillash paytida nobud bo‘ladi. Sterillash to‘liq bo‘lishi uchun uchinchi marta takrorlanadi. Ayrim ozuqa muhitlari bug‘ yordamida sterillanadi, chunki ular yuqori ha-roratga chidamsiz bo‘ladi.
d) Pasterizatsiya – qisman sterillash yoki to‘liq bo‘lmagan sterillash bo‘lib, uni birinchi bo‘lib Paster tavsiya qilgan. Bu usul sporasiz mikroorganizmlar va sporali vegetativ hujayralarni o‘ldirishga asoslangan. Pasterizatsiya yuqori bo‘lmagan harorat-da amalga oshiriladi.
Sterillash rejimi quyidagicha:
60-750C da – 15-30 minut;
800C da – 10 minut;
900C gacha qizdirib, shu zahotiyoq sovitiladi.
Bu usuldan oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Bu usul qaynatilganda ta’mi va ozuqa sifatlarini yo‘qotuvchi oziq-ovqat turlari, ya’ni sut, meva sharbatlari, vino, pivo uchun ma’quldir.
e) Avtoklavda bosim ostida to‘yingan bug‘ yordamida sterillash (avtoklavlash). Bu usuldan amalda keng foydalaniladi, xususan, tibbiyot va mikrobiologiya amaliyotida keng qo‘llaniladi. Avtoklav-lash asosan materiallarni termik kamerada, atmofera bosimi yuqori bo‘lgan to‘yingan bug‘ yordamida qizdirishga asoslangan.
Avtoklav 3 silindrdan iborat qalin devorli qozon bo‘lib, yuqori bosimga chidaydi. Tashqi silindr qobig‘i metalldan ishlangan bo‘lib, bug‘ qozonini har xil zararlardan va avtoklav oldida ish-lovchilarni kuyishdan himoyalaydi. Avtoklavning oyoqchalari uni poldan yuqoriga ko‘tarib turadi. Avtoklavning eng asosiy qismi – bug‘ kamerasidir. U yuqori bosimga dosh beradi. Bug‘ kamerasi ichida sterillash kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, uning ichiga sterillanadigan material joylashtiriladi. Sterillash kame-rasining ustidagi teshik orqali maxsus jo‘mrak yordamida bug‘ kamerasiga bug‘ o‘tadi. Avtoklavning pastki qismida ham jo‘m-rak bo‘lib, u sterillash kamerasining tashqi muhit bilan birlash-tirib turadi. Avtoklav germetik holatga kelishi uchun qopqoq yaxshilab yopiladi, metall murvatlar buraladi.
Sterillash oldidan avtoklavga voronka yordamida distillangan suv quyiladi. Avtomat avtoklavlar asosan 2 ta manometrga ega bo‘lib, ulardan biri suv-bug‘ kamerasi, boshqasi – sterillash ka-merasiga bog‘liq. Sterillash kamerasiga sterillanadigan material joylashtiriladi, bunda bug‘ kameraning barcha qismlariga erkin o‘tishi lozim. Avtoklav qopqog‘i yopiladi va sterillash kamerasini tashqi havo bilan bog‘lab turadigan jo‘mrak ochiladi. Suv-bug‘ kamerasidan sterillash kamerasiga bug‘ni o‘tkazib turuvchi jo‘m-rak yopiq bo‘ladi. Avtoklav elektr tokka ulanadi. Suv bug‘ ka-merasida qaynaydi, bug‘ hosil bo‘ladi, bosim oshadi. Suv-bug‘ kamerasidagi bosim ma’lum chegaraga (bir atmosferaga) etgan-da, jo‘mrak ochiladi va bug‘ sterillash kamerasiga o‘tadi. Avtok-lavning pastki qismidagi ochiq jo‘mrak orqali chiqqan bug‘ ste-rillash kamerasidagi havoni siqib chiqarishi lozim. Avtoklavdan havoning siqib chiqarilishining kerakligi shundaki, bug‘ bilan havo aralashmasiga nisbatan to‘yingan bug‘ bakteriyalarga kuchli ta’sir qiladi hamda bir xil bosimda bug‘ va havo aralashmasining harorati bug‘ haroratidan past bo‘ladi. Sterillash kamerasida bo-sim yetarli miqdorga yetganda, sterillashning boshlanish vaqti belgilanadi va 35-40 minut sterillanadi. Bosim avtomatik ravish-da bir miqdorda ushlanadi. Bosim ortishi bilan avtoklav ichidagi qaynab turgan suv bug‘ining harorati ham oshadi:
bosim 0,5 atm. – harorat 1120C
-“- 1,0 atm. – -“- 1210C
-“- 2,0 atm. – -“- 1320C
Bosim 0,5 atm. bo‘lganda qand tutuvchi ozuqali muhitlari, sharbatlar, sutlar sterillanadi. Ozuqali muhitlari, idishlar va boshqa materiallar bosim 1 atm. bo‘lganda sterillanadi. Tuproq bosim 2 atm. bo‘lganda sterillanadi.
Sterillash tugagandan keyin suv-bug‘ kamerasini sterillash kamerasi bilan bog‘lab turgan jo‘mrak yopiladi va sterillash ka-merasini tashqi havo bilan tutashtiruvchi jo‘mrak ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Jo‘mrakning tez ochilishi bosimning pasayishiga olib keladi, natijada suyuqlik qaynaydi, ozuqali muhiti kolbalardan tiqinni otib yuborishiga va sterillashning buzilishiga olib keladi.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling