Sterillash usullari


Download 27.17 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2022
Hajmi27.17 Kb.
#1000221
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sterillash usullari


Sterillash usullari

Sterillash (lotincha sterilis – naslsiz) fizik va kimyoviy usul-lar yordamida mikroorganizmlarni o‘ldirishdir.


Mikrobiologiya amaliyotida sterillash eng asosiy va zarur usullardan biridir. U faqat sterillanayotgan obyektning sirtidagi mikroorganizmlarni o‘ldiribgina qolmay, balki obyekt ichidagi mikroorganizmlarni ham o‘ldiradi. Ozuqali muhitlari, idishlar, har xil asboblar va boshqa narsalar sterillanadi. Klinik va profi-laktik tibbiyot uchun sterillashning ahamiyati katta. Mikroorga-nizmlarni o‘ldirish ozuqa moddalarini konservalashning asosidir.
Mikrobiologiya amaliyotida shisha idishlar (Petri likopchasi, kolba, pipetka, probirkalar) ozuqali muhitlari, asboblar va bosh-qa materiallar (masalan: qog‘oz, paxta, doka va boshqalar) ste-rillanadi.
Sterillanadigan material mikroorganizmlar qayta tushmasligi uchun sterillashdan oldin quyidagicha ma’lum bir usul bilan hi-moyalanadi. Petri likopchalari ayrim-ayrim qilib yoki 2-5 taga-cha qog‘ozga o‘raladi, probirka va kolbalarning og‘zi paxta do-kali tiqin va qog‘oz qopqoqlar bilan yopiladi. Pipetkaning uchi paxta tiqini bilan berkitiladi, qog‘oz lentalar (kalka va shunga o‘x-shash) bilan o‘raladi, bir nechtasini birlashtirib, bitta qog‘ozga yoki maxsus metall penallarga solib sterillanadi. Probirkalar 10-20 tadan bitta qog‘ozga o‘raladi. Sterillashda har xil o‘lcham va shakldagi (dumaloq yoki kvadrat) metall qutichalar keng ishlatiladi.
Kulturani ekishda Petri likopchalariga ozuqa muhitini quy-ganda va boshqa ishlardagi kulturalarga mikroorganizmlar tushib qolmasligi uchun xona, kiyim va atrofdagi narsalar toza bo‘lishi shart. Mikrobiologik ekishlarni shunday sharoitda olib borish zarurki, bu kulturalar tashqi muhitdan zararlanmasligi lozim, ya’ni aseptik sharoit yaratish lozim.
Sterillashning turli usullari bor: bug‘, havo, kimyoviy, ion nur-lanish va boshqa usullar. Qaysi usulni tanlash o‘rganilayotgan obyekt, uning qo‘llanilishi va qanday apparatura borligiga bog‘liq.
Sterillash usuli asosan 2 guruhga bo‘linadi:

  1. Issiq sterillash.

  2. Sovuq sterillash.


Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling