Sterillash usullari


Download 27.17 Kb.
bet4/5
Sana13.12.2022
Hajmi27.17 Kb.
#1000221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sterillash usullari

v) Gazli sterillash. Ular turli gaz aralashmasi yordamida maxsus germetik yopiladigan apparatlarda olib boriladi. Eng samarali aralashma etilen oksidi va metil bromiddir (OB aralashmasi). Og‘irligi 1:1, 44 nisbatda bo‘ladi. Ko‘p vaqtlarda gazli sterillash yuqori haroratda (45-700C gacha) 24 soat davo-mida olib boriladi. Bunda gazning konsentratsiyasi, bosimi, namlik, harorat, davomiylik nazorat ostida bo‘ladi. Sterillash ta-mom bo‘lgandan so‘ng gaz kameradan chiqariladi va tozalangan havo bilan to‘ldiriladi. Gaz yordamida sterillangan buyumlar 24 soatdan keyin ishlatilishi mumkin.
g) Dezinfeksiya. Sterillash usullaridan tashqari dezinfeksiyadan ham foydalaniladi. Bunda kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar, spora hosil qilmaydigan ko‘pgina patogen mikroorganizmlar zarar-siz holga keltiriladi. Odam yoki xona va kiyim dezinfeksiya qili-nadi. Dezinfeksiyada har xil kimyoviy moddalar, uchuvchan va uchmaydigan – lizol, fenol, formaldegid, xloro-form, xloramin, spirt, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqalar ishlatiladi.


11. Amaliy mashg‘ulotlar


Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish

Mikroorganizmlarning boyitilgan kulturasini olish uchun tuproq yoki substrat quyidagi ozuqa muhitlariga ekiladi:



  1. pepton bulyoni – organik azotni (oqsilni) ammiakgacha parchalaydigan mikroorganizmlar (ammonifikatorlar) uchun. Muhit tarkibi: 1l vodoprovod suvi pepton – 10g. NaCl – 5g, Na2HCO3 – 0,1g.

  1. Vinogradskiy muhiti – nitrifikatorlar uchun, ular ammiakni azot oksidi va keyinchalik azot kislotagacha oksidlaydi:

NH3NO2-NO3-. Ular avtotrof, shuning uchun organik uglerod manbayi ozuqali muhitiga kiritilmaydi. U mineral tuzlardan tayyorlanadi: (1 l distillangan suvda, g: (NH4)2SO4 – 2 : K2HPO4 – 1 : Mg SO4 x 7H2O - 0,5 : NaCl - 2: FeSO4 - 0,4 : CaCO3 - 10).

  1. Giltay muhiti – denitrifikatorlar uchun – ular azot kislota-sini molekulyar azotgacha qaytaradi: NO3N2 (1 l. distillangan suvda, g: natriy sitrati – 2,5; KNO3 – 2; pepton – 1; KH2PO4–2; MgSO4 x 7H2O – 2; CaCl2 x 6H2O – 0,2; FeCl3 – izi. Muhitga 1-2 ml 1% li spirtli ko‘k rangli bromtimol indikatori yashil rang bo‘lguncha qo‘shiladi.

  1. Eshbi muhiti – erkin yashovchi azotfiksatorlar uchun – at-mosferadagi erkin molekulyar azotni o‘zlashtiradi (1 l distillangan suvda, g: manit - 20; K2HPO4 – 0,2; MgSO4 x 7H2O – 0,2; NaCl – 0,2; K2SO4 – 0,1; CaCO3 – 5,0). Bu muhit “azotsiz” de-gan nom bilan aytiladi, chunki unga azotli moddalar qo‘shilmaydi.

  2. Rushman muhiti – moy kistlotali bakteriyalar uchun – ular qandlarni moy kislotagacha parchalaydi: C6H12O6  CH3 CH2CH2COOH. Mayda qilib kartoshkani probirkalarga to‘g‘-rab, unga 0,05 g bo‘r solinib, vodoprovod suvi bilan to‘ldiriladi.

  3. Kletchatkani aerob parchalovchilar uchun Getchinson va Kleyton muhiti tayyorlanadi (1 l distillangan suvda, g: K2HPO4 – 1; CaCl2 x 6H2O –0,1; MgSO4 x 7H2O – 0,3; NaCl – 0,1; FeCl3 x 6H2O – 0,01; NaNO3 – 2,5. Quruq probirkalarga oldindan filtr qog‘oz parchalari solinadi (1x7sm), ular olingan mikroorganizmlar guruhlari uchun uglerod (kletchatka) manbayi hisoblanadi va mi-neral eritmadan filtr qog‘ozining yarmigacha quyiladi).

Har xil elektiv ozuqa muhitili probirkalarga shpatel yorda-mida 0,5-0,7 g dan tuproq solinadi. Probirkalar qog‘oz yorda-mida birlashtirilib, bu qog‘ozda ekish kuni va ekuvchining fami-liyasi yoziladi.
Inkubatsiya termostatda t  25-280C da 7-21 sutka olib boriladi.
Boyitilgan kultura keyingi darslarda tahlil qilinadi.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling