Sterillash usullari


Sovuq sterillash usullari


Download 27.17 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi27.17 Kb.
#1000221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sterillash usullari

Sovuq sterillash usullari. a) Filtrli sterillash mikrobiologiya amaliyotida keng qo‘llanadi. Asosan, substratlar qizdirishga chi-day olmaganda: termolabil oqsillar, vitamin, shakar va ayrim antibiotiklarni tutuvchi ozuqa muhitlari, uchuvchi moddalar, masalan, uglevodlar va boshqalarga ishlatiladi. Filtrlashda kultu-ral suyuqliklar mikroorganizmlarning hujayralaridan tozalanadi, bunda modda almashinuvi mahsulotlari o‘zgarmagan holda saq-lanadi. Suyuqliklarni filtrlashda ular maxsus mayda teshikli filtr-lardan o‘tkaziladi. Mikrob hujayralari mexanik ravishda filtrda tutib qolinadi, yana mikroorganizmlar adsorbsiya bo‘ladi, chun-ki ko‘pchilik suvli suspenziyali mikroorganizmlarda elektr zarya-di bo‘ladi. Filtr va idishlar oldindan sterillanadi. Filtrlash bakte-rial filtr orqali bo‘ladi va nasos yordamida o‘tkaziladi. Bakterial filtrlar har xil materiallardan tayyorlanadi. Ular teshiklarning shakli va diametri bilan farqlanadi. Ayrim paytlarda filtrlarni har xil raqamlar bilan belgilab ishlab chiqiladi.
Zeyts filtrlari – qalin disklar bo‘lib, asbest va sellyuloza aralashmasidan ishlab chiqiladi. Filtr zanglamaydigan maxsus tutqichga solinadi, u Bunzen kolbasi bilan bog‘lanadi.
Shamberlan shamlari – ma’lum teshikli farfor filtrlar, sham shaklida bo‘lib, ularning bir uchi teshik bilan ta’minlangan. Filtr-lash paytida suyuqlik Bunzen kolbasida yig‘iladi. Bunzen kolbasiga shamlar rezina tiqin yordamida o‘rnatiladi. Dag‘al chinni filtrlar ishlatishdan oldin tekshiriladi, barcha mikroorganizmlar yoki ma’lum o‘lchamdagi mikroorganizmlarni ushlab qoladigan ma’-lum teshiklilari olinadi.
Shishadan qilingan filtrlar. Sterillashda foydalaniladigan shi-shali filtrlar qo‘sh qavat disklar ko‘rinishida bo‘lib, “Pireks” shisha parchalaridan eritib yasaladi. Pastki qismi teshikli bo‘lib, teshiklar 15-40 mkm dir. Uning tepasida bakteriya o‘tkazmay-digan yuqori qavat joylashgan. U kichik teshikli plastinkadan iborat bo‘lib, teshiklarga ko‘ra 3 turga bo‘linadi.
Membranali filtrlar diametri 35 mm, qalinligi 0,1 mm bo‘lgan disklar bo‘lib, ular nitrotsellyuloza asosida ishlab chiqilgan. Teshik-larning o‘lchamiga ko‘ra ular 1-5 raqamli bo‘ladi. Membranali filtrlarning teshiklari kichik bo‘lganligi uchun mikroorganizmlarni tutib qoladi. Bunda adsorbtsiya unchalik ahamiyatga ega emas.
b) Ultrabinafsha nurlar. Ayrim paytlarda sterillash ultrabi-nafsha (UB) nurlar yordamida amalga oshiriladi, masalan, sent-rifuga probirkalar, ular termolabil plastmassadan qilinadi. Labo-ratoriya bokslari, operatsiya xonalari UB nurlar yordamida ste-rillanadi. Bunda maxsus kvarts chiroqlaridan foydalaniladi, eng samarali nurning to‘lqin uzunligi 260 nm. UB nurlar berish vaqti tajriba asosida belgilanadi. Gamma nurlar ham sterillashda sama-ralidir. Nurlanish universal kobalt qurilmasida amalga oshiriladi.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling