“Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”
Download 12.13 Kb.
|
1 2
Bog'liqBUDJET(O.Shaxzod) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar”
Mavzu: Stipendiya oluvchiilar bilan hisob kitoblar. Reja: 1.Stipendiya oluvchilar bilan hisob kitoblar 2.Talabalar bilan hisob kitoblar 3.Xodimlarning ish haqqidan uushlab qolinadigan ish haqqi bo’yicha hisob kitoblar “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyotida oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining studentlari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda kurs tinglovchilari va boshqalar bilan stipendiyalar bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi.Stipendiyalarni hisoblab yozish va to‘lash hisob-kitob to‘lov qaydnomalarida oyiga bir marta buyruqlar asosida amalga oshiriladi. Hisoblab yozilgan stipendiyalarning summalari 174 “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar” subschyot kreditiga yoziladi, ushbu subschyotning debetiga esa ushlab qolingan summalar, berilgan va muddatida olinmagan stipendiyalarning summalari yoziladi.Analitik hisob o‘quv muassasasining har bir stipendiya oluvchisi bo‘yicha alohida holda yuritiladi. “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotida ta’lim muassasalarida talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha va o‘quv jarayonida yuzaga keladigan boshqa hisob-kitoblar olib boriladi. To‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning debetida va 252 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotining kreditida aks ettiriladi. To‘lov-kontrakt mablag‘larining kelib tushishi esa, 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotning kreditida va 111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida aks ettiriladi. Analitik hisob har bir talaba bo‘yicha alohida holda tashkil qilinadi. “ Download 12.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling