Tennisda ochkolar qanday hisoblanadi? - Tennis o'yinida har bir ochko orqa chiziqning tashqi tomonidan to'pni o'yinga kiritish bilan boshlanadi. Birinchi, o'ngdan (markaziy belgidan), ikkinchisi chapdan, keyin ketma-ketlik takrorlanadi. Har bir to'p o'yinga kiritish diagonal yo'nalishda amalga oshiriladi va u raqib tomonidagi tegishli maydonchaga tushishi kerak.
Tennischi qaysi paytlar ochkoni boy beradi: - -agar to'p kortga bir marta tushganidan so'ng uni qaytara olmasa (qaysi o'yinchi tomonda to'p ikki marta kortga tegsa o'sha sportchi ochkoni boy beradi);
- -agar to'p setkaga tegib raqib tomonga o'tmasa; -agar to'p maydondan tashqariga tushsa; -agar to'pni raqib tomonida qaytarsa (setkaning raqib tomonida to'pni qaytarsa); -agar to'p o'yinchining tanasiga tegib ketsa; -agar tanasining biror joyi setkaga yoki setkaning ustuniga tegib ketsa. Ushbu xolatlarda ochko raqibga yoziladi.
Tennis o'yini uch bosqichli hisoblashga bo'linadi. Setlar, har bir setda geymlar va har bir geymda ochkolar hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi ochkolar uchun 15 ochko beriladi. Uchinchi ochkoga 10, to'rtinchi ochko geymdagi g'alabani bildiradi. Agar geymda hisob 40/40 bo'lsa, tomonlardan biri ikki ochkolik ustunlikka erishmaguncha geym davom etaveradi (ko'proq-kamroq). Hisob to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi tomondan boshlab hisoblanadi. SHu tariqa to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi birinchi ochkoni yutsa 15:0, agar raqib yutsa 0:15 deb hisoblanadi. - Tennis o'yini uch bosqichli hisoblashga bo'linadi. Setlar, har bir setda geymlar va har bir geymda ochkolar hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi ochkolar uchun 15 ochko beriladi. Uchinchi ochkoga 10, to'rtinchi ochko geymdagi g'alabani bildiradi. Agar geymda hisob 40/40 bo'lsa, tomonlardan biri ikki ochkolik ustunlikka erishmaguncha geym davom etaveradi (ko'proq-kamroq). Hisob to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi tomondan boshlab hisoblanadi. SHu tariqa to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi birinchi ochkoni yutsa 15:0, agar raqib yutsa 0:15 deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |