Stolbnyak generallashgan tetanik changak xolatiga olib kelish darajasida asab tizimining shikastlanishini chaqiradi
Download 10.05 Kb.
|
AKDS emlash
AKDS emlash AKDS tavsiri: adsorbirlangan ko`k yo`tal-difteriya-stolbnyak vaktsinasi, demak, emlashning ta’siri bir vaqtning o`zida uchta qo`rqinchli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi. Ko`k yo`tal-difteriya-stolbnyak bolalar uchun nimasi bilan xavfli, va nima uchun “kasallanib” tabiiy immunitet hosil qilib olishdan ko`ra emlatib sun’iy immunitet olishyaxshiroq? Difteriya (bo`g`ma) o`zining yuqumli toksik shok, polinevrit, nefroz, miokardit, nafas yo`llarini yopilib qolishi kabi og`ir toksik asoratlari bilan xavfli xisoblanadi. Stolbnyak generallashgan tetanik changak xolatiga olib kelish darajasida asab tizimining shikastlanishini chaqiradi. Ko`k yo`tal, ayniqsa bir yoshgacha, apnoe (nafasning to`xtab qolishi) chaqirishi va o`lim xolatiga olib kelishi mumkin. Og`ir gipoksiya xolati, changak sindromini va gepoksik entsefalopatiya rivojlanishi xavfini soluchvi bo`g`iq yo`talish xuruji ushbu kasallikka xosdir. Nojo`ya reaktsiyalar xatto zamonaviy va sifatli vaktsinalar bilan vaktsinalangan xollarda ham paydo bo`lishi mumkin va ular vaqtinchalilikni kasb etadi. Yengil nojo`ya ta’sirlardan to, vrach ko`rigidan va taxlillardan so`ng yoqmaydigan deb aniqlanmagan, sog`lom bola emlalanganligi faktini xisobga olgan xolda, og`ir asoratlargacha bo`lgan statistikani taqqoslab ko`ring: Yengil nojo`ya ta’sirlar orasida har 4 nafar boladan 1 da tana haroratining ko`tarilishi, noqulaylik, igna kirgan joyida shishish va qizarish kuzatiladi. 10 nafar boladan 1 da – ishtata yo`qoladi, qusish, ich ketishi, so`lg`inlik va uyquchanlik kuzatiladi. O`rtacha og`ir changak bo`lish kabi nojo`ya ta’sirlar 14 500 nafar baladan 1 da, tana haroratining 39,5° darajaga ko`tarilishi 15 000 nafardan 1 go`dakda kuzatiladi. Vaktsina komponenlariga jiddiy allergiya million boladan 1 da bo`lishi mumkin, bevosita emlashdan so`ng paydo bo`lgan nevrologik buzilishlar esa juda kam uchraydi, va shuning uchun ham ularni, vaktsinaning nojo`ya ta’sir bilan aloqadorligini aniqlash imkoniyati yo`q. Organizmning emlashga nisbatan bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday ta’sirlanishi – me’yoriy xolat bo`lib, u immunitet shakllanayotganligi haqida darak beruvchi o`ziga xos bir signaldir. Qanday bo`lmasin biron bir salbiy xolatning mavjud emasligi — bu sizning vrachingiz bilan birgalikda barcha salbiy xolatlarni minimum darajaga keltirishga erishganligingiz natijasidir. Muhimi vaktsinalashga bilimdonlarcha tayyorlanishdir: farzandingizni davolovchi vrach bilan yoki Bizning Tibbiyot Markazimiz pediatr-vrachi bilan maslahatlashing, Vaktsinalashga tayyorlanish bo`yicha Ota-onalarga maslahatlarni va tavsiyalarni diqqat bilan o`rganib chiqing, shuningdek, Ko`pincha beriladigan savollar bo`limini ham, va Siz unda o`zingizni tashvishga solayotgan savollarga javob topasiz. AKDS kopleksli vaktsinasi, rioya etilishi zarur bo`lgan qat’iy o`rnatilgan tanaffuslar bilan ko`p marotaba yuboriladi (birlamchi kurs doirasi uchun eng kamida 30 kun). Emlashlar Milliy taqvimiga ko`ra AKDS vaktsinalash sxemasi :
Download 10.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling