Ildiz kanaliga medikamentoz ishlov berish (yuvish). Kanalga medika-
mentoz ishlov berish (yuvish) 2 usulda amalga oshiriladi:
1. paxta turunda yordamida;
2. endodontik shpris yordamida.
Paxta turunda yordamida kanallami yuvish uchun ildiz ignasiga nafis
paxta tutami o ‘ralib, antiseptik moddaga namlangan holda u kanalga kiritiladi.
Kanal paxta turundasining rangi toza paxta rangiga aylanguncha yuviladi.
Endodontik shpris yordamida kanal yuvilganda igna uchi 3-5 mm ga
apikal teshikchaga yetmasdan to‘xtashi lozim. Antiseptik kanalga kichik
bosimda kiritilishi kerak. Endodontik yuvish maqsadida bitta kanalga 10-15
ml antiseptik ishlatiladi.
Antiseptik ishlovdan sokng ildiz kanali qog‘ozli shtift yoki iliq havo
oqimi yordamida quritiladi.
Ildiz kanalini plombalash usuli. Endodontik davolash samarali bo‘lishi
uchun ildiz kanalini sifatli plombalash zarur.
Ildiz kanalini plombalash quyidagi asosiy maqsadni k o ‘zlaydi: periodont
va kanal orasidagi aloqani yo‘qotishdir. Demak, ildiz kanaliga m o‘ljallangan
plomba ashyosi kanal devoriga germetik yopishishi kerak, u sterilgina bo‘lib
qolmasdan, balki rentgenkontrast xususiyatiga ham ega boMishi lozim.
Plomba ashyosiga biologik, fizik va amaliy jihatdan quyidagi talabalar
qo‘yiladi:
- biologik so‘rilmasligi, bakterisid va bakteriostatik ta'sir va to ‘qimalarga
moyil bo'lishligi;
- fizik - hajmining turg‘unligi, havoli b o ‘shliqlar yo‘qligi, kanal devori
bilan mustahkam tutashganligi, namlikni o'ziga kam tortishi, to‘qima suyuq-
ligida erimasligi;
- amaliy - kanalga oson kiritilishi, rentgenkontrastligi, tish rangini
o kzgartirmasligi, kanaldan oson chiqarilishi.
Ildiz kanallarini plombalash uchun quyidagi ashyolar qo‘llaniladi:
1. Plastik qotmaydigan:
a) antiseptik pastalar (moy asosida)
2. Plastik qotuvchi:
a) fosfat-sement;
b) parasin;
c) endodent;
d) gvayakril;
Do'stlaringiz bilan baham: |