Stomatologik asbob va ashyolar


Ildiz kanaliga medikamentoz ishlov berish (yuvish)


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Ildiz kanaliga medikamentoz ishlov berish (yuvish). Kanalga medika- 
mentoz ishlov berish (yuvish) 2 usulda amalga oshiriladi:
1. paxta turunda yordamida;
2. endodontik shpris yordamida.
Paxta turunda yordamida kanallami yuvish uchun ildiz ignasiga nafis 
paxta tutami o ‘ralib, antiseptik moddaga namlangan holda u kanalga kiritiladi. 
Kanal paxta turundasining rangi toza paxta rangiga aylanguncha yuviladi.
Endodontik shpris yordamida kanal yuvilganda igna uchi 3-5 mm ga 
apikal teshikchaga yetmasdan to‘xtashi lozim. Antiseptik kanalga kichik 
bosimda kiritilishi kerak. Endodontik yuvish maqsadida bitta kanalga 10-15 
ml antiseptik ishlatiladi.
Antiseptik ishlovdan sokng ildiz kanali qog‘ozli shtift yoki iliq havo 
oqimi yordamida quritiladi.
Ildiz kanalini plombalash usuli. Endodontik davolash samarali bo‘lishi 
uchun ildiz kanalini sifatli plombalash zarur.
Ildiz kanalini plombalash quyidagi asosiy maqsadni k o ‘zlaydi: periodont 
va kanal orasidagi aloqani yo‘qotishdir. Demak, ildiz kanaliga m o‘ljallangan 
plomba ashyosi kanal devoriga germetik yopishishi kerak, u sterilgina bo‘lib 
qolmasdan, balki rentgenkontrast xususiyatiga ham ega boMishi lozim.
Plomba ashyosiga biologik, fizik va amaliy jihatdan quyidagi talabalar 
qo‘yiladi:
- biologik so‘rilmasligi, bakterisid va bakteriostatik ta'sir va to ‘qimalarga 
moyil bo'lishligi;
- fizik - hajmining turg‘unligi, havoli b o ‘shliqlar yo‘qligi, kanal devori 
bilan mustahkam tutashganligi, namlikni o'ziga kam tortishi, to‘qima suyuq- 
ligida erimasligi;
- amaliy - kanalga oson kiritilishi, rentgenkontrastligi, tish rangini 
o kzgartirmasligi, kanaldan oson chiqarilishi.
Ildiz kanallarini plombalash uchun quyidagi ashyolar qo‘llaniladi:
1. Plastik qotmaydigan:
a) antiseptik pastalar (moy asosida)
2. Plastik qotuvchi:
a) fosfat-sement;
b) parasin;
c) endodent;
d) gvayakril;

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling