Stomatologik asbob va ashyolar


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Ildiz kanalini charxlash. Mark Vul- 
ford (1996) fikri bo‘yicha endodontiyada 
uchta asosiy ish bor: kanalni tozalash
shakl berish va plombalash.
Tishning toj qismi (koronka)ni charx- 
layotganda chirigan, yumshagan va pig- 
mentlangan dentin to‘qimasini olib tashlash 
kerak. Ushbu maqsadda Sensimatic Elec­
trosurge 500 SE - gipertrofiya boklgan 
m ilk to ‘qim asini koagulyatsiya qilish 
maqsadida elektr-jarrohlik stomatologik 
yig‘indi milk qirg‘og*ining korreksiyasi 
uchun qo‘llaniladi. (69 a, b -rasm).
Tishni so‘lakdan ajratish maqsadida 
roberdam ishlatiladi. Roberdam dentin qir- 
indilari, asbob va turli suyuqliklar yutil- 
ishining oldini oladi, tish b o ‘shlig‘ini 
so‘lakdan va mikroblardan himoya qiladi
kanalni plombalash sifatini -oshiradi.
Ildiz kanalini to ‘g ‘ri ochish uchun 
quyidagilarni bajarish lozim:
i
68-rasm. Silikon yoki rezinali che­
gara q o ‘yish moslamalari tishning 
ishchi qismini fiksatsiya qilishga 
mo'ljallangan.
69-rasm . Elektroimpulsli asboblar: 
o-Parkel sensimatik 500 SE.; b- asboblarning standart yig‘indisi.


1. Tish bokshligki tomini to la olishni;
2. Asboblarni ildiz kanaliga bukmasdan kirgizishni;
3. K o'p ildizli tishlarning tubiga ehtiyot bolishni;
4. Ildiz kanali usti teshigini kengaytirishni.
Albatta davolashdan avval tishning rentgen suratini olish va tishning 
joylashishiga, ildizlaming holatiga, kanallarga ahamiyat berish kerak.
Tish bo‘shlig‘ini ochish va bokshliq tomini olishda sharsimon va fissur 
borlar qoilaniladi. Ildiz kanaliga kirish qismi kengaytiriladi, undan so‘ng 
kanalga kirish imkoni yaratiladi. Ko‘p hollarda (yuqori ja g ‘ molyarlarining 
70-75 foizida, pastki ja g ‘ molyarlarining 80-82 foizida) kanalga kirish qismi 
olinmaydi va bu kanal «o'tmaydigan» deb taxmin qilinadi.
« 0 ‘tmaydigan» kanallardan pastki molyarlarda medial-lunj kanali, yuqori 
molyarlarda ham - medial-lunj kanali boiadi. Chunki ushbu kanallami va 
ayniqsa qo‘shimcha kanallami topish ham shifokoming mahoratiga bog‘liq bo'ladi.
Ild iz k a n a lin i o ‘tish . Tirik pulpasi bor kanalda pu lpaekstraktor 
qoilaniladi, chirigan pulpani kanaldan oladi, fayllar yordami bilan kanal 
kengaytiriladi va yuviladi.
Undan so‘ng rimer qoilaniladi. Dastlabki hajmi 030-035 qoziq tishda 
b o ‘lsa, pastki kurak tishda 010-008 yoki 006 hajmli asbob ishlatiladi. Albat­
ta tishning ishchi uzunligi aniqlanadi, uning chegarasi fiziologik torayish 
sohasida yoki anatomik cho‘qqiga 1,5-2 mm yetmasdan tugaydi (70-rasm). 
Kanalni plombalash fiziologik torayishda tugashi kerak.
Tishning ishchi uzunligini aniqlash uchta usul bilan amalga oshiriladi:
1.Maxsus jadvalda ildiz uzunligining o ‘rtacha k o ‘rsatkichlari aniqlanadi.
2. Rentgenologik usulda bu ish endodontik asbob kanalga kiritilishidan 
so'ng o ‘tkaziladi (71-rasm).
3. 
Tishning ishchi uzunligi elektrometriya usulida maxsus asbob-apekso- 
lokator yordamida aniqlanadi.
Ildiz kanalini kengaytirish. Kanalga quyidagi maqsad va vazifalarga 
ko‘ra ishlov beriladi:

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling