Stomatologik asbob va ashyolar


Gidroksid-mis-kalsiy depoforezi


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Gidroksid-mis-kalsiy depoforezi. Gidroksid mis-kalsiy depoforezi ildiz 
kanallari obturatsiyalangan, kuchli qiyshaygan yoki kanallarda gangrenoz 
qoldiqlari saqlanganda qo‘llaniladi. Bu usulni vital ekstirpatsiyadan so'ng 
ham q o ‘llash mumkin, lekin albatta pulpa qoldiqlarini devitalizatsiyalash 
lozim. Depoforez granulema va radikulyar kistalarda yaxshi natija beradi. 
Bu usul ultratovush va lazer davolash usullaridan ko‘ra samaraliroqdir. Usul- 
ning ixtirochisi A.Knappvostdir.
Usul gidroksid mis-kalsiyning bakteriosid va fiziko-kimeviy xususiyat- 
lariga asoslangan. Bu moddaning depoforezida elektr maydon ta’sirida bir 
necha daqiqa davomida asosiy va yondosh kanallarning apikal qismigacha 
ON ionlari va yuqoribakteriotsidli gidroksikuprat [Cu(OH)2] ionlari etib 
boradi, elektroforez ta’sirida esa manfiy zaryudlangan mis gidroksid kolloid


sistemasining transportirovkasi yuzaga keladi. Shunday qilib,bu ikki usul - 
ionoforez va elektroforez birgalikda qoMlangan usuldir.
Usulning amaida ishiatilishi. Bu usul avvalo o'tm aydigan kanallarni 
endodontik davolashda qo‘llaniladi. Shuningdek, kanalda pulpaning gan- 
grenoz qoldiqlarida, devitalizatsiya natijasidagi pulpa qoldiqlarida, kanalda 
asbob singanda va ichki sohaga chiqmaganda, «an’anaviy» usul bilan davo- 
langanda natija samara bermaganda, sun’iy qoplama bilan qoplaganda va 
apikal yorig‘i keng b o ‘lganda qo'llaniladi. Davolashning samaradorligi 3 
tadan seansining har 8-14 kunda olganda namoyon b o ‘ladi.
Birinchi qatnov. Kanalga kirish qismidan №30-40 fayllar bilan kanal- 
ning -2/3 qismigacha o ‘tish lozim, kanal qiyshiq b o ‘lsa - qiyshaygan joyi- 
dan o ‘tiladi. Kanalni kengaytirish chuqurligi 6-8 mm dan kam b o ‘lmasligi 
kerak.
Tayyorlangan kanal qaymoq holidagi gidrookis mis-kalsiy eritmasi bilan 
toldiriladi. Frontal tishlaming koronka qismi bo‘yalmasligi uchun gidroksid 
mis-kalsiyni gidroksid kalsiy bilan 1:10 nisbatda aralashtirish lozim.
Musbat passiv elektrodni (anod) bemorning lunj sohasiga, manfiy signa- 
li elektrod (katod)ni kanalga (4-8mm) chuqurlikka kiritiladi, bunda tish 
kovagi bo‘sh qoladi.
Depoforez «Original II», «Comfort» (Olmoniya) yoki «EndoEST» ap- 
paratlari bilan o ‘tkaziladi. Asbobni bemorga ulashdan avval, asbob yoqil- 
gan, tekshirilgan va bemorga ulash uchun to ‘g ‘rilangan b o iish i kerak. As­
bob sekin-asta ildiz uchi sohasida sanchish yoki issiqlikni sezish paydo 
bo‘lgungacha yoqiladi. Odatda bu 0,5-1 (milliamper) mA intervalida kuzati- 
ladi. Agarda noxushlik holati yuzaga kelsa, tok kuchi pasaytiriladi, keyin 
asta-sekin ko‘tariladi. Tok kuchini l-l,7m A gacha olib borish lozim. Seans 
uchun optimal tok kuchi 5mA. Shundan kelib chiqqan holda tok kuchi 1mA 
boklganda seans davomiyligi 5 daqiqa, l,2mAda - 4 daqiqadir. Periodontda 
yaligklanish jarayoni kuzatilganda depoforezdan keyin tishni ochiq qoldirish 
lozim.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling