Stomatologik asbob va ashyolar


Birinchi qatnovda yuzaga keladigan jarayonlar


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Birinchi qatnovda yuzaga keladigan jarayonlar. Gidroksikuprat va 
gidroksil ionlari, gidroksid mis kalsiydan ajralib, kanal va uning yon shox- 
chalarida o ‘tirib qoladi. U erda gidroksikuprat ionlari yomon eruvchi mis 
gidroksidi Cu(OH)2 ga aylanadi.
Periapikal sohadan to ‘qima suyuqligi elektro-osmos qoidasiga asoslanib 
tish kanaliga tortiladi. Ortiqcha suyuqlik paxta tamponi bilan olib tashlana- 
di. Suyuqlikdagi pufaklar elektrodni aylantirib yo'qotiladi. Kanalda organik 
suyuqlik steril proteolizatga aylanadi.
Ikkinchi qatnov. Birinchi qatnovda amalga oshirilgan ishlar qaytariladi. 
Kanal tarkibidagi suyuqlik proteoliz natijasida mayda boiaklarga parchala- 
nadi va periapikal qismga o ktishi tufayli organizm tomonidan qarshiliksiz 
so‘riladi.


Ildiz kanali elektr toki ta’sirida tozalanadi. Ildiz teshigidan mis gidroksi- 
dini chiqish jarayonida u teshikni berkitadi va u yerda «misli qopqoqchalar» 
hosil qilinadi. Kanalning periapikal qismida kanaldagi eritma assimilyatsiya- 
ga uchraydi; ikkinchi qatnovda mis-kalsiy gidroksid eritmasming kolloid 
parchalari harakatga keladi. Ular ham apikal qismga harakat qiladi va ildiz 
devorlarida cho‘kib, uni o ‘rab oladi.
Uchinchi qatnov. Yana depoforez amalga oshiriladi. Shifokor atasamit- 
ni (ishqor saqlovchi sement) kanalning kengaygan qismigacha toMdiradi. 
Shu qatnovning o ‘zida doimiy plomba qo'yiladi.
Gidroksid mis-kalsiy bilan depoforez yuqori (95 foiz) klinik samarador- 
likka ega.
Qarshi ko‘rsatmalar. homiladorlik, xavfli o'smalar, misga b o ig an al- 
lergiya, elektr tokini ко Чага olmaslik, autoimmun kasalliklarining og'ir 
shakllari va yiringlagan kista.
Ildiz kanallarini vaqtincha bekitish. Ishlov berilgan kanallami reinfek- 
siyalanishining oldini olish maqsadida hamda periodontitning destruktiv shak- 
llarini davolashda, kanallami qotmaydigan pastalar bilan plombalash lozim. 
Bunday ashyolarga quyidagilar kiradi:
a) gidroksid kalsiy
b) antibiotik va kortikosteriodlar
v) metronidazol
g) uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi antibiotiklar (timol, kreozot, kam- 
fora, mentol, yodoform).
Vaqtinchalik plomba ashyolari kanalni doimiy plombalashdan oldin olib 
tashlanadi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling