Stomatologik asbob va ashyolar


Guttaperchani sovuq lateral kondensatsiya usuli


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Guttaperchani sovuq lateral kondensatsiya usuli. Ushbu usul oval yoki 
noto'g'ri geometrik shaklli kanallarda qoilaniladi. Maqsad - asosiy va shox- 
langan kanallami to iiq plombalash hisoblanadi. Oxirgi kanalni kengaytir- 
gan asbob hajmidan biroz kattaroq guttaperchali shtift tanlanadi.


Shtiftning uzunligi kanaldan 0,5-1,0 mm kaltaroq b o lish i va kanalga 
kirishi va chiqishi biroz qiyinchilik bilan amalga oshirilishi kerak. Nazorat 
uchun rentgenologik surat olinishi lozim.
Kanalni plombalashdan oldin tanlangan siler kanal to'ldirgich yordami­
da kanalga kiritiladi, shtiftni ham silerga botirib, ildiz uchigacha yuboriladi. 
Biroz shtiftni chiqarib, yana qayta kanal uchigacha kiritiladi. So'ng spreder 
yordamida qo'shim cha guttaperchali shtift lateral kondensatsiya yo‘li bilan 
o ‘rnatiladi. Kerak bo‘lganda ushbu tadbirlar kanal to ‘lgunicha yana takror- 
lanadi, keyin esa guttaperchaning ortiqcha qismi qizitilgan ekskavator bilan 
kesib tashlanadi. Ish sifati rentgenologik usulda tekshiriladi.
Termafil - yordamida kanalni plombalash usuli. Termafil - konussi­
mon egiluvchan asbob bo‘lib, zanglamas polatdan tayyorlanadi, uning ustki 
qismi alfa fazali guttapercha bilan qoplanadi, ISO standarti bo‘yicha hajmi 
20dan 140gacha etadi.
Alfa fazali guttapercha past darajali harorati va yopishqoqligi, yuqori 
oquvchanligi bilan ajralib turadi, ayni shu xususiyatlari hisobiga ildiz mik- 
rokanalchalarini to ‘ldiradi.
Kanal Termafil bilan plombalanganda guttaperchaning pasayishi kuzatil- 
maydi.
Avvalo termafil kanal hajmiga qarab tanlanadi. Buning uchun plastikli 
verifikator bilan kanal uzunligi o ‘lchanadi. Agar kanal qiyshiq b o ‘lsa, ter­
mafil bukiladi. Termafilga 5,25 foizli natriy gipoxlorid eritmasida 1-2 minut 
mobaynida antiseptik ishlov beriladi, so‘ng 70 foizli spirtda yuvilib, maxsus 
«Term aprep» nom li pechkaga 20-30 m inut q o ‘yiladi. Kanalga siler 
kiritilib,so‘ng unga biroz qizigan termafil ham kiritiladi. Termafil dastasi 
bor bilan kesiladi.
Shundan so‘ng guttaperchaning ortiqcha qismi og‘iz b o ‘shlig‘idan olina­
di va tish tojini qayta tiklashga kirishiladi. Tishni ta'mirlashni bemorning 
boshqa qatnovida ham amalga oshirish mumkin. Kanal Termofil bilan plom­
balanganda uning asosiy va yon qismlari ham to ‘liq plombalanadi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling