Stomatologik asbob va ashyolar
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. SILIKAT SEMENT
Polikarboksilat sement. XX asming 60-yillari oxiriga kelib polikarbok-
silat sement kashf etildi.PIomba ashyosining kukuni asosini rux oksidi tash kil qiladi. Suyuqligi esa 30-50 foizli polikarboksilat kislotaning suvdagi eritmasi. Polikarboksilat sement tish to'qimalaridan emal va dentin bilan kimyoviy bog‘lanish xususiyatiga ega. Bu plomba ashyosi mustahkamligi yaxshi bo‘lmaganligi va kosmetika talablariga to‘la javob bera olmaganligi sababli stomatologik amaliyotda keng qo‘llanilmadi. 12. SILIKAT SEMENT Silikat sementlar asosan oldingi tishlami plombalash uchun qo‘llani- ladi.Tarkibida ko‘p miqdorda kvars tutgani uchun ham bu plomba ashyosi yaltiroqligi jihatidan emalga yaqin hisoblanadi. Kukuni tarkibi: kremniy oksidi (29-47 foiz), alyuminiy oksidi( 15-35 foiz), kalsiy oksidi(14foizgacha), ftoridlar(15 foizgacha) va boshqalar. Suyuqligi: fosfat sement suyuqligiga yaqin (rux oksidi va alyuminiy gidrooksidi bilan neytrallangan ortofosfat kislotasi). Plomba tarkibidagi ftoridlar plombaning antikariyesogen xususiyatini kuchaytiradi va ikkilamchi kariyesning oldini oladi. Plomba 1 daqiqa davo- mida stomatologik oynaning silliq tomonida plastmassa yoki agat shpatelda qoriladi. Optimal nisbat:lg kukunga 5-7 tomchi suyuqlik . Metall shpatel ishlatish ta’qiqlanadi. Plomba tarkibidagi abraziv donalar metall bilan ishqalanib, plomba rangini o ‘zgartiradi. 7 xil rangda ishlab chiqariladi. Plomba ashyosini monolit ravishda karioz kavakka q o ‘yish, tishlardan ajratish uchun selluloid matritsalarni qo‘llash mumkin. Plombaga karborund toshlar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi.Plombani pardozlash iloji boklsa, bir necha kundan keyin amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir. Plombalami so‘lakdan izolyatsiya qilish uchun vazelin, gidrosil, lak, mum ishlatiladi (silikon qoplash). Plomba ashyosi quyidagi salbiy xususiyatlarga ega: 1. pulpaga nojo‘ya ta’siri bor; 2. yopishqoqligi yaxshi emas; 3. mexanik pishiq emas (mo‘rt, sinadi); 4. kirishadi(hajmini kichraytiradi;) 5. o g ‘iz bo‘shlig‘i sharoitida eruvchan. Bu plomba ashyosini III, IV sinf karioz kavaklarida ishlatish tavsiya etiladi. Silikat sem entlar tarkibiga «Silisin-2», «Silisin-plyus», «Belasin», «Friteks» (Chexiya), «Bio-Trey»(Buyuk Britaniya), «Parsilap»(Shveysariya) va boshqalar kiradi (89-rasm). Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling