Stomatologik asbob va ashyolar


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Rux-fosfat sem ent. Fosfat sem entlar stom atologiyada ju d a keng 
qo‘llani!adi. Tarkibi jihatidan kukun va suyuqlikdan tashkil topgan.Kukuni 
tarkibida rux oksidi (80-83 foiz), magniy oksidi(6-10 foiz), Kvars va boshqa 
q o ‘shimchalar bor. Suyuqligi - rux oksidi va alyuminiy gidrooksidi bilan 
neytrallangan ortofosfat kislotasi.
Xususiyatlari: Pulpa uchun toksik emas, yopishqoqligi (to‘g ‘ri qorilsa) 
yaxshi, kengayish koeffisiyenti past, yaxshi termoizolyator, so‘lak ta’sirida 
eriydi (1 yil mobaynida), mexanik pishiq emas, kosmetik talablarga javob 
bermaydi (rangi tiniq emas). Fosfat sementning qotishi rux oksidining fosfat 
kislota bilan bo‘ladigan reaksiyasi natijasida amalga oshadi, bunda rux fos­
fat hosil bo'ladi.
Ishlatilishi:sun’iy qoplamalar qo'yiladigan tishlarda doimiy plomba si­
fatida, uzoq muddatga (3-4 oy) vaqtinchalik plomba sifatida, sun’iy qopla- 
malami (o‘zakli tish, qistirma) fiksatsiyalashda, ildiz kanallarini plomba- 
lashda, doimiy plombalar ostiga ajratuvchi taglik sifatida, sut tishlariga doimiy 
plomba sifatida.


Plomba ashyosi plastik bo‘lib, qorilgan asbobdan uzilganda 1-2 mm 
cho‘zilib, arrasimon tishchalar (plombaning etilganlik belgisi) hosil qiladi. 
qorish uchun optimal nisbati 2g kukunga 0,5 ml suyuqlik.
Hozirgi kunda rux-fosfat sementlar turli nom bilan chiqariladi: Fosfat 
sement, Kumush tutuvchi fosfat sement, Fossem, Unisem, Unifas, Adgezor 
(Chexiya), Tenet ( Shveysariya) (88-rasm).
88-rasm.
Bakteriosid sement. Bu plomba ashyosiga kumush tutuvchi fosfat se­
ment, baktiriotsid dioksivisfat, argil (Chexiya) kiradi. Bakteriosid xususiyat- 
lar berish uchun fosfat sement(visfat)ga kumush (1,547 foiz) q o ‘shiladi. Bu 
plomba ashyosi ham sun’iy qoplamalar q o ‘yiladigan tishlarda doimiy plom­
ba sifatida, uzoq muddatga (3-4 oy), vaqtinchalik plomba sifatida, sun’iy 
qoplamalarni (o‘zakli tish, qistirma) fiksatsiyalashda, ildiz kanallarini plom- 
balashda, doimiy plombalar ostiga ajratuvchi taglik sifatida, sut tishlarida 
doimiy plomba sifatida qoMlaniladi. Plomba ashyosi kumush tutgani uchun 
u kosmetika sohalarida qo‘llanilmaydi (vaqt o ‘tgani sari rangi qorayadi).
Visfat sement. Rux fosfat sementlar oilasiga mansub. Tarkibi jihatidan 
ham fosfat sementga yaqin. Faqat tarkibiga 3 foiz ga yaqin vismut oksidi 
qo‘shilgan. Shuning uchun fosfat sementga nisbatan mustahkamroq, tezroq 
qotadi va kam eriydi. Plastik, ishlatishga qulay. Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar: 
fosfat sementga o kxshash. Qotish vaqti 9-10 daqiqa.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling