Stomatologik asbob va ashyolar


Bog‘lov va vaqtinchalik plomba ashyolari


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Bog‘lov va vaqtinchalik plomba ashyolari. B o g io v ashyolari 1-14 kun- 
gacha q o byiladi, Bu maqsadda dentin, dentin-malhami, sinkoksidevgenol 
sementlar qoilaniladi.
Keng qoilashda sun’iy dentindan (sink sulfat sement) foydalaniladi. 
Sun’iy dentin 66 foiz rux oksididan, 24 foiz rux sulfatdan, 10 foiz kaolin- 
dan tashkil topgan. Sun’iy dentin distillangan suv yordamida, oynachaning 
g ‘adir-budur tarafida metall shpatel bilan qoriladi. Qorish jarayonida kukun 
suvga asta-sekinlik bilan aralashtiriladi (qaymoqsimon konsistensiyagacha).
Dentinning «ushlash» vaqti 1,5-2 daqiqadan so‘ng boshlanib, 3-4 da- 
qiqadan so‘ng tugaydi.
Sun’iy dentinning xususiyatlari;
qoilanishning oddiyligi;
bo‘shliqni yaxshi yopishi (germetikligi);
organizm va tish pulpasiga indifferentligi;
mexanik ta’sirga mustahkam emasligi (2-3 kundan ortiqqa chidamasli-
gi)-
Sun’iy dentin b o ‘shliqqa to iiq porsiya shaklida gladilka yordamida kiri­
tiladi, paxta yordamida zichlashtiriladi.
Dentin-malhami tayyor holatda chiqariladi. U sun’iy dentindan, shaftoli 
va chinnigul moyi aralashmasidan iborat. Pasta tana haroratida o g ‘iz 
b o ‘shlig‘ida 2-3 soat davomida qotadi.
Dentin - pasta xususiyatlari:
qoilashning oddiyligi;
sun’iy dentinga nisbatan, mustahkamligi;
og‘iz bo‘shlig‘ida kondensatsiyalash imkoniyatini berishi (margimushli 
malham ustiga, ochiq pulpa ustiga va suyuq dori moddalarini ustiga qo‘yib
boim aydi);
Sink-oksid evgenol malhami chaynov bosimiga bardoshli. Bu plomba 
ashyosi sut tishlarini plombalashda foydalaniladi. Evgenol kompozit ashyo- 
larining adgeziya va polimerizatsiya jarayonlarini buzadi. Shuning uchun 
hozirda evgenol o ‘mini bosadigan ashyolar, ya’ni polimetil metakrilatli plomba 
ashyolari ishlab chiqarilmoqda. Bunday plomba ashyolar «NE» (non ev­
genol) tamg‘asi yoki «Evgenol free» tamg‘asi bilan tayyorlanadi.
Hozirda nur bilan qotuvchi vaqtinchalik plomba ashyolari ham ishlab 
chiqarilmoqda. Ular elastik b o iib , borsiz oson olib tashlanadi. Bu ashyolar 
kompozit ashyolar tarkibiga ta’sir ko‘rsatmaydi.


Vaqtinchalik plomba ashyolari bir necha oyga (6 oygacha) moljallangan. 
K olpincha bu maqsadda sink-evgenol, sink-fosfat, polikarboksilat yoki shi- 
shaionomer sementlardan foydalaniladi. Xorijiy davlatlarda vaqtinchalik qopla- 
malar (alyuminiy, qalay, plastmassadan)dan foydalaniladi.
11. SEMENTLAR
Stomatologik sementlar tarixi XIX asrning birinchi yarmidan boshlan- 
gan. 1832-yilda Ostermann birinchi b o klib sementlarni yaratdi.Uning kukuni 
kalsiy oksididan, suyuqligi fosfat kislotadan tashkil topgan edi.Keyinchalik 
esa fosfat sement kashf etildi.
Halqaro klassifikatsiya bo‘yicha sementlaming 8 turi tafovut etiladi:
1. Rux-fosfat;
2. bakteriotsid;
3. silikat;
4. siliko-fosfat;
5. rux-evgenolli;
6. polikarboksilat;
7. shishaionomer;
8. polimer.
Yopishqoqligi bo‘yicha sementlaming quyidagi turlari tafovut etiladi:
1. Retension nuqtalar hisobiga yopishuvchi. Bu guruhga rux-fosfat, sili­
kat, siliko-fosfat sementlar kiradi.
2. Faqat adgeziya hisobiga yopishuvchi. Bularga shishaionomer poli- 
merlari kiradi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling