Stomatologik asbob va ashyolar


Yuzaki-faol moddalar guruhi


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Yuzaki-faol moddalar guruhi. Dimeksid (dimetilsulfaksid, DMSO) -
notoksik modda boklib, kokk mikrofloraga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi,uning 
yallig'lanishga qarshi xususiyati ham mavjud. Biologik membranalardan 
oson so‘rilib, boshqa dori moddalariga y o ‘l ochib beradi.U asosan 20 foizli 
suvli eritma sifatida qo'llaniladi.
Ildiz kanalini kimyoviy kengaytiruvchi preparatlari.Asosiy m odda 
b o ‘lib, etilendiamintetra-uksus kislotasining (EDTA) natriyli tuzi hisoblana­
di. Bu modda dentin to‘qimasida kalsiy moddasi bilan qo‘shiiib kompleks 
birikmani hosil qiladi va natijada uni eritib yuboradi. Klinikada asosan 20 
foiz Trilon B, Canal +, Largal ultra, rc-prep va boshqalar qo‘llaniladi. Ildiz 
kanaliga dorili ishlov berilganda preparatlar tarkibiga kortikosteroidlardan 
deksametazon, antibiotiklardan gentamitsin, polimeksin, undan tashqari parax- 
lorfenol, timol, fenol, formaldegid, evgenol, rezorsin, endosept, cresophene, 
septomixin, endotine, rookie, S, 4 et 8, tempophore va boshqa preparatlar 
qo‘shilishi mumkin.
Ildiz kanalini impregnatsiya qilish. Impregnatsiya (shimdirish) rezor- 
sin-formalinli, kumushlash va yod-elektroforez usullari yomon o'tuvchi il­
diz kanallarida qo'llaniladi.
Rezorsin-formalinli usul Albrext tomonidan taklif qilingan. Rezorsin- 
formalinli aralashma 40 foizli formalin, to‘yingan rezorsin va katalizator 
sifatida 10 foizli ishqoriy natriydan tashkil topgan. Bu aralashma makro va 
mikrokanallarga shimiladi hamda polimerlashtirish reaksiyasi natijasida gazsi- 
mon formaldegid ajraladi, xuddi shu bilan bakterisid ta’sir kokrsatadi. Katali­
zator ta’sirida aralashma avval jelatinsimon, keyin qattiq shishasimon massa- 
ga aylanadi va m akro, m ikrokanallarni yaxshi germ etik berkitadi.
A.I.Yevdokimov katalizator sifatida antiformin eritmasini qo‘llashni lozim- 
ligini aytgan. F.M. Mamedova esa 10 foizli rezorsin, 10 foizli formalin va 
katalizator sifatida 5 foizli natriy bikarbonatni taklif etgan.
Rezorsin-formalin usuli dentin kanalchalariga bakteritsid ta’sir ko'rsatib, 
ildiz pulpasini impregnatsiya qilib, mum holatiga olib keladi.
Lekin rezorsin-formalin usuli quyidagi kamchiliklardan xoli emas:
1 .Tish rangini pushti rangga bo‘yab q o ‘yadi.
2. Periodontga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Kumushlash usulida kumush kanallarga bakteritsid ta’sir ko*rsatadi. Chunki 
kumush organik moddalar bilan reaksiyaga kirib, albuminat hosil qiladi va u 
makro, mikrokanallarni sifatli obturatsiya etadi. Kumushlash usulini 1925- 
yilda Gou ilgari surgan. Keyinchalik bu usul Govseev, Pekker va Platonov 
tomonlaridan modifikatsiya qilingan. Hozirda 30 foizli A gN 03 va 4 foizli 
gidroxinon (Ya.S. Pekker buyicha), 30 foizli AgNCX,, 30 foizli nashatir spirti 
va 10 foizli formalin (E.E. Platonov buyicha), 3,0- argentum nitrati, 50,0-


kaustik ammoniy va 10 foizli formalin (Gou buyicha); 3 foizli A gN 03 va 4 
foizli gidroxinon (Govseev buyicha) usullari q o ‘llaniladi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling