Stomatologik asbob va ashyolar


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Yod tarkibli birikmalar. Yodinol - sintetik polimer-polivinil spirt bi­
lan yodning kompleks birikmasi hisoblanadi. Preparatning bakterisid, fun- 
gitsid xususiyatlari b o iib , to‘qimalar regeneratsiyasini normallashtirib, ley- 
kositlaming fagotsitar faolligini oshiradi. Yodinol to‘qimalar parchalanish 
jarayonida eritmalar bilan to ‘qnashganda rangini to ‘q ko‘k rangdan boshqa 
rangga o ‘zgartiradi va indikator rolini bajaradi.
Yodonat - yuza-aktiv moddaning yod bilan suvli aralashmasi b o iib , 
bakteritsid va fungitsid xususiyatlarga ega.
Betadine (yodopovidon) - 1 foizli eritma ko‘rinishida b o iib , polivinil 
pirrolidon yod faol xususiyatiga ega.
Nitrofuran preparatlar. Furatsillin, furazolin, furazolidon, furagin il­
diz kanaliga tibbiy ishlov berishda qoilaniladi. Ushbu preparatlar gram- 
musbat va gram-manfiy mikroblarga antibakterial ta’sir k o ‘rsatadi. Nitrofu­
ran preparatlarining ta’sir mexanizmi mikrob hujayralar enzimlariga ta’sir 
ko'rsatib, leykotsitlaming fagotsitar faolligini va x o ‘jayralar tomonidan bak- 
teriyalar hazmini oshiradi. Asosan 5 foizli furatsillin, 01-0,15 foizli furazo­
lin eritmalari qoilaniladi.
Choraktali ammoniy birikmalari. Bu preparatlar zam burugiarga sa- 
marali ta’sir ko‘rsatadi. Dekamin, dekametoksin turli konsentratsiyada ishla- 
tilib yaxshi natija beradi. Chet elda bu maqsadlarda ko‘proq benzalkonium 
xlorid (zefiran xlorid) - 1 foizli selitperidiniy xlorid (biosept) qoilaniladi.
Antibiotik va sulfanilamid preparatlar. Antibiotiklaming o ‘zi ildiz 
kanaliarini yuvishda uncha samarali ta’sir k o ‘rsatmaydi. Lekin sulfanilamid- 
lar antiseptiklar bilan birgalikda qoilanilsa, natija yuqori boiadi.
Glyukokortikoidlaming yalligianishga, shishga qarshi ta’siri ijobiy nati- 
jaga olib keladi.
Proteolitik fermentlar. Fermentlar nekrotik to‘qimalami tozalashda katta 
samara beradi, antibiotik bilan birga qoilanilganida esa ulaming ta’siri ya­
nada kuchayadi. Tripsin 0,2 foizli eritma sifatida fibrin to'qim alam i parcha- 
laydi. Ximotripsin tripsinga nisbatan turg‘un, inaktivatsiyasi sekin kechadi, 
0,1 foizli lizotsimni izotonik eritmasi kanaldagi mikroorganizmlarga litik 
ta’sir ko'rsatadi.


Anaerob mikroblarga qarshi nitromidazol preparati yaxshi natija ko‘rsatadi. 
Kanalga tibbiy ishlov berishda nosteriod yallig'lanishga qarshi vositalardan 
ortofek (diklofenak natriy)ni 2,5 foizli eritmasi ham qo'llaniladi.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling