Stomatologiya propedevtikasi


-rasm. Atipik karioz kovaklar


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

104-rasm. Atipik karioz kovaklar
105-rasm. Gipoplaziya


107-rasm. Patologik yedirilish


108-rasm. Ponasimon nuqson
Kompozit plomba ashyolari bilan plombalashda tish qattiq 
to‘qimalarini charxlash xususiyatlari
Kariyes kovaklami kompozit plomba ashyolari bilan charxlash 
Blek bo‘yicha odatiy charxlashdan bir muncha farq qiladi. Blek 
usulida tishlami charxlash bosqichma-bosqich amalga oshirilib, 
doimiy plombaning kariyes kovakda mexanik jihatlari bilan joylanishi 
nazarda tutiladi. Kompozit plomba ashyolari emal va dentin bilan 
mustahkam kimyoviy tutatish natijasida yopishadi, retensiya 
nuqtalarini, to‘g‘ri burchaklami va boshqa elementlami yaratish 
shart emas. Albatta, kariyes kovaklami charxlashda yumshagan 
va pigmentlangan emal, dentin to‘qimalari tozalab olinadi. Ayniqsa, 
emalning pigmentlangan o‘choqlari tozalab charxlanishi lozim, chunki 
rangi o ‘zgargan emal kompozit plomba ashyosi ostidan qoramtir 
b o iib ko'rinib qoladi. Undan tashqari emal qirg'oqlarida 45° nishab- 
fals hosil qilinadi. Fals kompozit plomba ashyosini emalga b o igan


adgeziyasi (yopishqoqligi)ni oshiradi va emal-kompozit chegarasini 
bilintirmaydi. Ayniqsa, frontal tishlami tiklashda muhim rol o‘ynaydi. 
Tish to'qimalarini charxlashda va kompozit restavratsiyasiga ishlov 
berishda karbidli yoki olmosli borlar qo‘llaniladi. Ushbu borlar rangi 
va olmosli qoplamadagi olmos qirindilarini hajmi jihatidan bir- 
birlaridan farq qiladi. Qora, havorang va yashil chiziqli borlar faqat 
tish to‘qimalarini charxlash uchun, qizil, sariq va oq chiziqli borlar 
restavratsiya yuzasini silliqlash va yakuniy pardozlash uchun 
qo‘llaniladi. Kariyes kovaklami charxlash asosan trubinali dastak 
bilan amalga oshiriladi. Trubinali dastaklarning suvi ulangan bo‘lishi 
lozim, aks holda tish qizib ketadi va pulpa kuyib, zararlanishi mumkin. 
Undan keyin qizib ketish natijasida trubinali dastak va olmosli 
qoplama yaroqsiz holatga kelishi mumkin. Dentin to ‘qimasini 
charxlashda juda ehtiyotkor b o iis h lozim, chunki dentin haddan 
tashqari ko ‘p charxlanganda dentin kanalchalari ochilib qoladi va 
dentin suyuqligi oqib chiqishi natijasida kompozit plomba ashyosining 
unga b o ig a n adgeziyasi yomonlashadi. Undan tashqari dentin 
charxlanganda kovak tubida dentin qirindilari, mikroorganizmlaming 
hujayralari bo‘lib, «Smaer Layer» - «infitsirlangan qavat» hosil 
bo‘ladi. Ushbu qavat kompozit plomba ashyosining adgeziyasini 
pasaytiradi. «Infitsirlangan qavat»ni yo‘qotishning ikki usuli mavjud: 
m exanik va kimyoviy. Shulardan kim yoviy usul mexanikka 
qaraganda afzalroq hisoblanadi. Bu usulda kislota yoki konditsioner 
qoilaniladi. Kislota ta’siri natijasida gidroksiappatit kristallari eriydi 
va kollagen tolalari bo'shab qoladi. Shu sohaga praymeming kirishi 
gibrid qavatni hosil qiladi va kompozitning adgeziyasini oshiradi. 
Kompozit ashyoning dentin praymerlari bilan o‘zaro aloqasi faqatgina 
mikromexanik yo‘l bilan emas, balki gidroksid, amin va karboksid 
guruhlar bilan o‘zaro kimyoviy aloqasi orqali amalga oshadi. Adgeziv 
dentin naychalariga, kollagenaro bo‘shliqlarga kiradi va mustahkam 
karkas hosil qiladi.



Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling