Stomatologiya propedevtikasi


Sementlar va ularning turlari, tarkibi, xususiyatiari


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Sementlar va ularning turlari, tarkibi, xususiyatiari
Stomatologik sementlar tarixi XIX asrning birinchi yarmidan 
boshlangan. 1832-yilda Osterman birinchi b o iib sementlami 
yaratdi.Uning kukuni kalsiy oksididan, suyuqligi fosfat kislotadan 
tashkil topgan edi. Keyinchalik esa fosfat sement kashf etildi.
Xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha sementlar 8 turga boiinadi:
1. Rux-fosfat;
2. Bakteriotsid;
3. Silikat;
4. Siliko-fosfat;
5. Rux-evgenolli;
6. Polikarboksilat;
7. Shishaionomer;
8. Polimer.
Yopishqoqligi bo‘yicha sementlaming quyidagi turlari mavjud:
1. Retension nuqtalar hisobiga yopishuvchi. Bu guruhga rux- 
fosfat, silikat, siliko-fosfat sementlar kiradi.
2. Faqat adgeziya hisobiga yopishuvchi. Bularga shishaionomer 
polimerlari kiradi.
Rux-fosfat sement. Fosfat sementlar stomatologiyada juda 
keng qoilaniladi. Tarkibi jihatidan kukun va suyuqlikdan tashkil 
topgan. Kukuni tarkibida rux oksidi (80-83%), magniy oksidi(6- 
10%), kvars va boshqa qo‘shimchalar bor. Suyuqligi - rux oksidi 
va aluminiy gidrooksidi bilan neytrallangan ortofosfat kislotasi.
Xususiyatiari. Pulpa uchun toksik emas, yopishqoqligi yaxshi 
(to‘g‘ri qorilsa), kengayish koeffitsiyenti past, yaxshi termoizolator,


so‘lak ta’sirida eriydi (1 yil mobaynida), mexanik pishiq emas
kosmetik talablarga javob bermaydi (rangi tiniq emas). Fosfat 
sementning qotishi rux oksidini fosfat kislota bilan bo‘ladigan 
reaksiyasi natijasida amalga oshadi, bunda rux fosfat hosil bo‘ladi.
I s h l a t i l i s h i .
Sun’iy qoplamalar qo‘yiladigan tishlarda doimiy 
plomba sifatida, uzoq muddatga (3-4 oy) vaqtinchalik plomba 
sifatida, sun’iy qoplamalami (o‘zakh tish, qistirma) fiksatsiyalashda, 
ildiz kanallarini plombalashda, doimiy plombalar ostiga ajratuvchi 
taglik sifatida, sut tishlarida doimiy plomba sifatida ishlatiladi.
Plomba ashyosi plastikbo‘lib, qorilgan asbobdan uzilganda 1-2 
mm cho‘zilib, arrasim on tishchalar hosil qiladi (plombaning 
yetilganlikbelgisi). Qorish uchun optimal nisbati 2gkukunga 0,5 ml 
suyuqlik.
Hozirgi kunda rux-fosfat sementlar turlicha nom lar bilan 
chiqariladi: Fosfat sement, Kumush tutuvchi fosfat sement, Fossem, 
Unitsem, Unifas, Adgezor (Chexiya), Tenet (Shvetsariya).

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling