Stomatologiya propedevtikasi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Bakteriotsid sement. Bu plomba ashyosiga kumush tutuvchi 
fosfat sement, baktriotsid dioksivisfat, argil (Chexiya) kiradi. 
Bakteriotsid xususiyatlar berish uchun fosfat sement (visfat)ga
^
■'i ■ ''
И
M
E P
f
Ц ем ен т ц и н к - ф о с ф а т н ы й
стоматологический
Унифас-2
^ в т н о г о l a u j g f ‘
s
110-rasm. Fos fat sement vakillari


kumush (1,547%) qo‘shiladi. Bu plomba ashyosi ham sun’iy 
qoplamalar qo‘yiladigan tishlarda doimiy plomba sifatida, uzoq 
muddatga (3-4 oy) vaqtinchalik plomba sifatida, sun’iy qoplamalami 
(o‘zakli tish, qistirma) fiksatsiyalashda. ildizkanallarini plombalashda, 
doimiy plombalar ostiga aj ratuvchi taglik sifatida, sut tishlarida doimiy 
plomba sifatida qoilaniladi. Plomba ashyosi kumush tutgani uchun 
u kosmetik sohalarda qo ‘llanilmaydi (vaqt o ‘tgani sari rangi 
qorayadi).
Visfat sement. Rux fosfat sementlar oilasiga mansub. Tarkibi 
jihatidan ham fosfat sementga yaqin. Faqat tarkibiga 3% ga yaqin 
vismut oksidi qo‘shiigan. Shuning uchun fosfat sementga nisbatan 
mustahkamroq, tezroq qotadi va kam eriydi. Plastik, ishlatishga 
qulay. Qo‘llashgako‘rsatmalar: fosfat sementga o‘xshash. Qotish 
vaqti9-10daqiqa.
Polikarboksilat sement. XX asrning 60-yillari oxiriga kelib 
polikarboksilat sement kashf etildi. Plomba ashyosining kukuni 
asosini rux oksidi tashkil etadi. Suyuqligi esa 30-50% li 
polikarboksilat kislotaning suvdagi eritmasi. Polikarboksilat sement 
tish to ‘qimalaridan emal va dentin bilan kimyoviy bog‘lanish 
xususiyatiga ega. Bu plom ba ashyosi mustahkamligi yaxshi 
bo'lmaganligi va kosmetik talablarga to‘lajavob bera olmaganligi 
sababli stomatologik amaliyotda keng qoilanilmadi.
Silikat sement
Silikat sementlar asosan oldingi tishlami plombalash uchun 
qo‘llaniladi.Tarkibida ko ‘p miqdorda kvars tutgani uchun ham bu 
plomba ashyosi yaltiroqligi jihatidan emalga yaqin hisoblanadi.
Kukun tarkibi: kremniy oksidi (29-47%), aluminiy oksidi (15- 
35%), kalsiy oksidi (14% gacha), ftoridlar (15% gacha) va 
boshqalar.
Suyuqligi. Fosfat sement suyuqligiga yaqin (rux oksidi va 
aluminiy gidrooksidi bilan neytrallangan ortofosfat kislotasi).
Plomba tarkibidagi ftoridlar plom baning antikariyesogen 
xususiyatini kuchaytiradi va ikkilamchi kariyesning oldini oladi. 
Plomba I daqiqa davomida stomatologik oynaning silliq tomonida


plastmass yoki agat shpatelda qoriladi. Optimal nisbat: lg kukunga 
5-7 tomchi suyuqlik. Metall shpatel ishlatish taqiqlanadi. Plomba 
tarkibidagi abraziv donalar metall bilan ishqalanib, plomba rangini 
o‘zgartiradi. 7 xil rangda ishlab chiqariladi.
Plomba ashyosini monolit ravishda karioz kovakka qo‘yish, 
tishlardan ajratish uchun selluloid matritsalarni qo‘llash mumkin. 
Plombaga karborund toshlar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi. 
Plombani pardozlash bir necha kundan keyin amalga oshirilgani 
maqsadga muvofiqdir.
Plombalarni so'lakdan izolatsiya qilish uchun vazelin, gidrosil, 
lak, mumlar ishlatiladi (silikon qoplash).
Plomba ashyosining salbiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Pulpaganojo‘y a ta ’siri bor;
2. Yopishqoqligi yaxshi emas;
3. Mexanik pishiq emas (mo‘rt, sinadi);
4. Kirishadi (hajmini kichraytiradi);
5. O g‘iz bo ‘shlig‘i sharoitida eruvchan.
Bu plomba ashyosini III, IV sinf karioz kovaklarida ishlatish 
tavsiya etiladi.
Silikat sementlarga «Silitsin-2», «Silitsin-plus», «Belatsin», 
«Friteks» (Chexiya), «Bio-trey» (Buyuk Britaniya), «Parsilap» 
(Shvetsariya) va boshqalar kiradi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling