Stomatologiya propedevtikasi


-rasm. Shishaionom er sementlar


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

114-rasm. Shishaionom er sementlar
Amalgamalar. Kumushli va misli amalgamator.
Tarkibi va xususiyatiari
A m algam a
- metall va simob qotishmasidan tashkil topgan 
plomba.
Ashyosi: amalgamalar tarkibidagi metallga k o ‘ra - kumushli, 
misli, platinali va hk. bo‘lishi mumkin.
A m algam alar ishlatilishi haqida adabiyotlarda 1601-yilda 
birinchi bor yozilgan. Chet davlatlar (AQSH, Olm oniya) da 
hozirgacha amalgamalar asosiy plomba ashyosi sifatida ishlatilib 
kelmoqda.


Oxirgi yillarda kompozit plomba ashyolari paydo bo‘lishi 
munosabati bilan amalgamalaming ishlatilishi birmuncha qisqardi, 
lekin hali ham amalgamalar mustahkamligi jihatidan birinchi 
o'rinda turadi.
Amalgamalaming ijobiy xususiyatiari:
1. Plastikligi;
2. 37° haroratida qotishi;
3. Tish pulpasiga toksik ta’siri yo"qligi;
4. Yuqori mustahkamlik va qattiqlikka egaligi;
5. Og ‘ iz nam sharoitida ham chidamliligi;
6. Uzoq xizmat qilishi (10-15 yil);
Amalgamalaming kamchiliklari:
1. Yuqori issiqlik o ‘tkazuvchanligi;
2. Kirishishi (hajmi o ‘zgaradi);
3. Yomon yopishadi;
4. Estetik jihatiari kerakli darajada emas;
5. Organizmga ortiqcha simobning zararli ta’sir ko‘rsatishi;
6. Ko‘pincha ikkilamchi kariyesning kelib chiqishi.
K um ushli am algam a
eng ko‘p tarqalgan amalgamalardandir.
Uning tarkibi 65% kumush kukuni, 29% qalay, qolgan qismi mis 
va ruxga to‘g ‘ri keladi.
Kumush va qalay ashyoga mustahkamlik va plastiklik beradi. 
Mis qo‘shilishi bilan ashyoning qattiqligi va yopishqoqligi ortadi. 
Amalgamating maksimal mustahkamligiga kukun zarrachalarining 
kattaligi 15 mikrongacha boiganda erishiladi.
Amalgama plombalaming sifatini kukun va simobning nisbati 
ham belgilaydi. Simob ortiqligi plombaning hajmi kengayishiga, 
m ustahkam ligi pasayishiga, plom ba rangining o ‘zgarishiga, 
korroziyaga uclirashiga olib kelishi mumkin.
Simob kamligi esa plomba yuzasining g‘adir-budurligiga, hajmi 
torayishiga, yopishqoqligi kamayishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda maxsus amalgamosmesitellar mavjud bo‘lib, 
ular simob dozatorlari bilan jihozlangan. Bu esa o‘z navbatida 
vrachning simob bilan kontaktini yo'qotadi va plomba sifatining 
yaxshilanishiga olib keladi.


Amalgama plombalar qo'yilganda juda oz miqdordagi simob 
qoldiqlari bemor salomatligiga jiddiy zarar yetkazmaydi, lekin 
am algam alar bilan ishlaganda plom baga q o ‘l bilan zinhor 
teginmaslik kerak. Aks holda amalgama namlik yoki ter bilan 
to‘qnashganda o ‘z xususiyatlarini butkul o ‘zgartirib yuboradi 
(kengayish koeffitsiyenti bir necha bor oshib ketadi va h.k.). Shuning 
uchun amalgamalarni karioz bo‘shliqqa asboblar yordamida kiritish, 
amalgamotrigger yordamida zichlashtirish zarur.
Amalgamalanish (qotish reaksiyasi) quyidagicha boradi:
AgjSn + Hg — Ag2Hg3 + Sn7Hg8 + Ag3Sn -

Y, 
Y2 
Y
Bu reaksiya kukun va sim obni hovonchada ezish yoki 
amalgamosmesitelda aralashtirish bilan boradi. Bunda yuqorida 
aytilganidek, kukun va simobning nisbatlariga katta ahamiyat 
berish kerak boladi.
Y , faza am alg am an in g k o rro z iy ag a eng ch id am siz va 
mustahkamligi past fraksiyasidir. Simobning plombadagi ortiqcha 
miqdori, uzoq aralashtirish, qotayotgan plombani qayta qorishtirish, 
sust zichlashtirish - bular hammasi plombada Y 2 - fazaning 
yig‘ilishiga olib keladi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling