Stomatologiya propedevtikasi
Kompozit plomba ashyolari
Download 7.85 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 115-rasm. Evikrol 116 -rasm. Kimyoviy qotuvchi plomba ashyosi
- 117-rasm. Fotopolim erplom ba 118-rasm. Fotopolimer plomba
Kompozit plomba ashyolari
Hozirgi davrda yuqori estetik va fiziko-mexanik xususiyatiari baland b o ‘lgan kom pozit ashyolar boshqa plom ba ashyolar (sementlar, amalgamalar)ni siqib chiqardi. Kompozit ashyolar tarkibidagi asos gibrid shishaionomer sementlar, kompomerlar, ormokerlar tarkibiga kiradi. Shuningdek, u adgeziv, yopishuvchi 4-5 avlod emal va dentin tizimining asosiy tarkibiy qismi sanaladi. Bularsiz kompozitni tishga mustahkam bog‘lovchi bonding tizimi, «Estetik stomatologiya» tushunchasi paydo bo ‘lmasdi. K om pozit plom ba ashyosining asosi addukt bisfenol A glitsidilmetakrilat (qisqacha addukt Bis GMA) hamda maxsus kremniy organik polimerazatsion aktiv vositalar bilan maxsus ishlov berilgan va hajm jih atdan 50%ni tashkil etuvchi neorganik toidirilgichdan iborat. 115-rasm. Evikrol 116 -rasm. Kimyoviy qotuvchi plomba ashyosi «Kompozit ashyo» tushunchasi boshqa aktiv polimerlardagi stom atologik ashyolar bilan aniq chegaralanadi. Um um an, kompozitlar - bu murakkab tarkibdagi plomba ashyosi bo‘lib, organik asosda qattiq tartib bilan kiritiladi. 117-rasm. Fotopolim erplom ba 118-rasm. Fotopolimer plomba Kompozitorlardan birinchilar qatorida makroto‘ldirilgan yoki an’anaviy kompozitlar ixtiro qilingan. To‘ldirgich sifatida krerrmiy (II) oksidi, kristall kvars shisha va 1 -100 mkm kattalikdagi sintetik xususiyatga, yuqori qattiqlikka ega b o ig a n ashyolar ishlatilgan. Klinik tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, kompozit ashyoning p o lim er m atritsasi t o ‘ld irg ich g a n isb atan kam qattiqlikka ega b o ‘lib, tezda yem iriladi va vaqt o ‘tgan sari degidratsiyalanadi. Natijada toidirgich donlari ochilib, plomba yuzasi g ‘adir-budur bo ‘lib qoladi. Bu plomba yuzasiga ovqat qoldiqlari, tish karashlari o'tirishi natijasida plombaning rangi jigarrang tusga kiradi (1982, S. Rosen va boshqalar). 70-yillaming oxirida texnologiyaning takomillashuvi natijasida yangi kompozit ashyolar - pirogenik okis kremniy asosidagi, to‘ldirgich donlarining kattaligi 0,007-0,04 mkm ashyo mikrofil to ‘ldirilgan kom pozit ashyosi yaratildi (R. Sheldon, 1982). ) Mikrofil kompozit ashyolar o ‘zining yaxshi estetik xususiyatga egaligi, pardozlashga yaxshi beriluvchanligi bilan ajralib turadi. Bu ashyolardan tayy orlan gan plom ba ashyolari tish em alidan farqlanmaydigan silliqlikka va yaltiroqlikka ega. Vaqt o ‘tgan sari polimer matritsa to ‘ldirgich donlari bilan degidratatsiyalanadi, n atijad a plom ba yuzasi y em irilish g a qadar qanday b o ‘lsa shundayligicha o ‘z estetik xususiyatini y o ‘qotmaydi. , Mikrofil kompozitlar ashyoning qattiqligi, taranglik moduli, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti va boshqa fiziko-mexanik xususiyatiari jihatidan makrofillardan ustunlik qiladi. Suvni yutish xususiyati ham makrofillardan yuqori turadi (R. Rhillips, 1991). 35 yil davomida kompozit ashyolar tarkibi va chiqarilishi shakli jihatidan ancha o ‘zgardi. Kimyoviy qotuvchi (o‘z-o‘zidan qotuvchi yoki «kimyoviy qotuvchi») kompozit ashyolarda polimerizatsiya reaksiyasining initsiatori -p erik is benzoil - avval «kukun-suyuqlik», keyinchalik «pasta-suyuqliq», hozirgi paytda «pasta-pasta» ko ‘rinishida ishlab chiqarilmoqda. Kompozit ashyosi tarkibiga bog‘lovchi fotoinitsiator metilbenzoin efirqo‘shilgach, 70-yilningo‘rtalaridato‘lqinuzunligi365 nm boigan ultrabinafsha nurlar ta’sirida qotuvchi kompozit ashyolar yaratildi. Bu ashyolar ultrabinafsha nurlarining ko‘zga va og‘iz shilliq qavatida zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli amaliyotda ko‘p qoilanilmaydi. Kompozit ashyolar tarkibiga yangi polimerizatsiya initsiatorlari (II dimetilaminostanol, komforoxinon) qo‘shilishi natijasida yangi nur, y a’ni nur diapazoni k o ‘ruv spektri 400-500 nm to iq in uzunlikdagi nur ta’sirida qotuvchi kompozit ashyolar ixtiro qilindi (S. Rosen, 1982; M. Beranstrom et. av. 1991, C. Rifenacht, 1992). Nurga sezgir initsiator komforo-xion - ko ‘zga ko‘rinuvchi nur spektri ta’sirida radikallami ajratadi, ular ta’sirida polimerizatsiya jarayoni amalga oshadi. Nur bilan qotuvchi kompozit ashyolar (fotopolimerlar) bir tarkibli pasta (malham) shaklida ishlab chiqariladi, bu esa ashyoni taqsimlash va aralashtirishda keltirib chiqaruvchi xatoliklami bartaraf etadi. Nur bilan qotuvchi kompozit ashyosi bilan ishlaganda plomba ashyosining qotish vaqti ahamiyatlidir, bu plombaga shakl berishni uzaytiradi. Fotopolimerlaming yaxshi polimerizatsiyasi uchun ular 2 mm qalinlikdan kam boim agan qatlam bilan kiritiladi, bu esa polimerizatsiya va tishni qayta tiklash vaqtini uzaytiradi. Stomatologiya amaliyotida kompozit ashyolami qo'llash bilan bir qatorda adgeziv (bonding) tizimi ham takomillashib bormoqda. 1955-yilda M. Buonsors tomonidan g‘adir-budur emal yuzasiga kislota (sirka) bilan ishlov berish va kompozit ashyosi bilan plombalashning amalda qo‘llanilishi tishlami zamonaviy adgeziv usul yordamida qayta tiklash va plombalashga asos bo id i. Emal yuzasiga kislota bilan ishlov berish natijasida yuzasiga kelgan g‘adir-budirliklar kompozit ashyoni yupqa adgeziv qatlam orqali tish qattiq to‘qimasi bilan b ogiash imkoniyatini beradi. D en tin u ch u n ad g eziv (b o n d in g ) tiz im i m u rak k ab takomillashish y o iin i bosib o ‘tadi. Bu dentinning tuzulishiga bog'liq. M a’lumki, dentin 50% gidroksiappatitdan (GAP), 30% kollagen tolalardan, 20% suvdan iborat (E.V.Borovskiy, V.K. Leontev, 1991; V.L. Bikov, 1998; G. Jenkins, 1987). Dentin adgeziv tizimini yaratishda kompozitsion ashyolaming gidrofoblik xususiyatini kamaytirishga e ’tibor qaratildi. Tarkibida suv, atseton, spirt, gidrofil, monomer НЕМА va boshqa aktiv adgeziv agentlardan iborat (4- META, PENTA va boshqalar) b o ig a n dentin praymer ham dentin qatlamiga kirib kompozit ashyolarni tish qattiq to‘qimasi bilan b o g iash imkoniyatini beradi (A.Gwinnet et.al., 1994, F.Garcia - Goday et. al., 1996). Kom pozit ashyosining dentin bilan m ikroretensiya orqali bogianishi, ashyolaming fiziko-ximik va ximik xususiyatiari hamda tish va kompozit ashyosining organik va anorganik qismlari bilan o ‘zaro bogianishga b o g iiqdir (V.Z. Lukyonenko va boshqalar, 1988. T. Fusayama, 1980, R. Phillips, 1991; J. Byoung et. al., 1997, M.Ohashi etal., 1997). Kompozit ashyolaming dentin praymerlari bilan o ‘zaro aloqasi faqatgina mikromexanik y o i bilan emas, balki gidroksid, amin va karboksid guruhlar bilan o ‘zaro kimyoviy aloqasi orqali amalga oshadi. Avval dentin uchun ikki va ko‘p komponentli adgeziv tizimlar, keyinchalik bir komponentli tizim lar o ‘zida ham praymer va adgezivni saqlovchi adgeziv tizimlar ixtiro qilindi (masalan, Prime & Bond 2,0 va 2,1 Dentsply firmasi; optiBond Solo Ken- firmasi; 3 M firmasining Singli Bond, «Stoma-texnologiya» laboratoriyasining Latebond - LC va boshqalar). 1998-yilda Dentsply firmasi bonding ta ’sirini kuchaytirish maqsadida yangi Prime & Bond NT ni ixtiro qildi. Download 7.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling