Eksplorer - kariyes kovaklami aniqlash,
tishlarni kompozit
ashyosi bilan tiklagandan so‘ng nuqsonlarni, tish yuzasi holatini
baholash, karash va toshlar joylashishini aniqlashda qoilaniladi.
Bu asbob stomatologik muolajaning boshida, o ‘rtasida va
jarayonning yakunida eng zarur hisoblanadi.
Asbobning ishchi
qismi juda ingichka, uchi o ‘tkir, dastagi ingichka va yengildir.
59-rusm. Eksplorer
a) bir tomonlama eksplorer;
b) ikki tarajlama nojuft
eksplorer; d) ikki taraflama ju ft
eksplorer; e-j) eksplorerlar
bilan ishlash
Eksplorerlar ishchi
qismining shakli, uzunligi va tizzasining
bukilganligi bilan ajralib turadi. B a’zi
eksplorerlardan kariyes
kovaklarini va tish toshlarini aniqlashda foydalaniladi.
Eksplorerlar maxsus m etall qotishm alaridan tayyorlanadi,
shuning uchun ular ingichka, egiluvchan va mustahkamdir.
Eksplorerlaming quyidagi turlari mavjud:
1. Bir tomonlamali -
ishchi qismi bir tomonlama, kariyesni va
tish toshlarini aniqlash uchun;
2. Ikki taraflamali nojuft - ishchi qismi ikki xil boigan;
3. Ikki taraflama juft
- ishchi qismi bir xil boigan; odatda
molarlar orasidagi tish oralig‘ini aniqlashda qoilaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: