Stomatologiya propedevtikasi
-rasm. Atipik karioz kovaklar
Download 7.85 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompozit plomba ashyolari bilan plombalashda tish qattiq to‘qimalarini charxlash xususiyatlari
104-rasm. Atipik karioz kovaklar
105-rasm. Gipoplaziya 107-rasm. Patologik yedirilish 108-rasm. Ponasimon nuqson Kompozit plomba ashyolari bilan plombalashda tish qattiq to‘qimalarini charxlash xususiyatlari Kariyes kovaklami kompozit plomba ashyolari bilan charxlash Blek bo‘yicha odatiy charxlashdan bir muncha farq qiladi. Blek usulida tishlami charxlash bosqichma-bosqich amalga oshirilib, doimiy plombaning kariyes kovakda mexanik jihatlari bilan joylanishi nazarda tutiladi. Kompozit plomba ashyolari emal va dentin bilan mustahkam kimyoviy tutatish natijasida yopishadi, retensiya nuqtalarini, to‘g‘ri burchaklami va boshqa elementlami yaratish shart emas. Albatta, kariyes kovaklami charxlashda yumshagan va pigmentlangan emal, dentin to‘qimalari tozalab olinadi. Ayniqsa, emalning pigmentlangan o‘choqlari tozalab charxlanishi lozim, chunki rangi o ‘zgargan emal kompozit plomba ashyosi ostidan qoramtir b o iib ko'rinib qoladi. Undan tashqari emal qirg'oqlarida 45° nishab- fals hosil qilinadi. Fals kompozit plomba ashyosini emalga b o igan adgeziyasi (yopishqoqligi)ni oshiradi va emal-kompozit chegarasini bilintirmaydi. Ayniqsa, frontal tishlami tiklashda muhim rol o‘ynaydi. Tish to'qimalarini charxlashda va kompozit restavratsiyasiga ishlov berishda karbidli yoki olmosli borlar qo‘llaniladi. Ushbu borlar rangi va olmosli qoplamadagi olmos qirindilarini hajmi jihatidan bir- birlaridan farq qiladi. Qora, havorang va yashil chiziqli borlar faqat tish to‘qimalarini charxlash uchun, qizil, sariq va oq chiziqli borlar restavratsiya yuzasini silliqlash va yakuniy pardozlash uchun qo‘llaniladi. Kariyes kovaklami charxlash asosan trubinali dastak bilan amalga oshiriladi. Trubinali dastaklarning suvi ulangan bo‘lishi lozim, aks holda tish qizib ketadi va pulpa kuyib, zararlanishi mumkin. Undan keyin qizib ketish natijasida trubinali dastak va olmosli qoplama yaroqsiz holatga kelishi mumkin. Dentin to ‘qimasini charxlashda juda ehtiyotkor b o iis h lozim, chunki dentin haddan tashqari ko ‘p charxlanganda dentin kanalchalari ochilib qoladi va dentin suyuqligi oqib chiqishi natijasida kompozit plomba ashyosining unga b o ig a n adgeziyasi yomonlashadi. Undan tashqari dentin charxlanganda kovak tubida dentin qirindilari, mikroorganizmlaming hujayralari bo‘lib, «Smaer Layer» - «infitsirlangan qavat» hosil bo‘ladi. Ushbu qavat kompozit plomba ashyosining adgeziyasini pasaytiradi. «Infitsirlangan qavat»ni yo‘qotishning ikki usuli mavjud: m exanik va kimyoviy. Shulardan kim yoviy usul mexanikka qaraganda afzalroq hisoblanadi. Bu usulda kislota yoki konditsioner qoilaniladi. Kislota ta’siri natijasida gidroksiappatit kristallari eriydi va kollagen tolalari bo'shab qoladi. Shu sohaga praymeming kirishi gibrid qavatni hosil qiladi va kompozitning adgeziyasini oshiradi. Kompozit ashyoning dentin praymerlari bilan o‘zaro aloqasi faqatgina mikromexanik yo‘l bilan emas, balki gidroksid, amin va karboksid guruhlar bilan o‘zaro kimyoviy aloqasi orqali amalga oshadi. Adgeziv dentin naychalariga, kollagenaro bo‘shliqlarga kiradi va mustahkam karkas hosil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling