Store plus
“STORE PLUS" MCHJning 2020-yil uchun to`lovga layoqatlilik tahlili
Download 195.92 Kb.
|
STORE PLUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. “STORE PLUS" MCHJning 2020-yil bo`yicha likvidligi tahlili
- 8. “ STORE PLUS" MCHJ ning 2020-yildagi moliyaviy barqarorlik tahlili
- Xulosa
4. “STORE PLUS" MCHJning 2020-yil uchun to`lovga layoqatlilik tahlili
*manba: “STORE PLUS” MCHJning buxgalteriya balansi *manba: “STORE PLUS” MCHJning buxgalteriya balansi "SAM AUTO" MCHJ QKning hisobot yilida to`lovga layoqatliligini baholash uchun pul mablag`lariga aylanish darajasiga ko`ra hamda qarzni uzishning shoshilinchlik darajasiga ko`ra jami 8 ta ko`rsatkich hisoblab chiqildi. Tahlil natijalariga ko`ra, yuqori likvidli aktivlar, yani pul mablag`lari eng shoshilinch majburiyatlarni qoplayy olgan. Yil boshiga kamomad daromadlari 616 723 244,07 ming so`m va yil oxiriga kamomad daromad 198 283 552,62 ming so`m bo`lgan. Tez realizatsiya qilinadigan aktivlar yil boshida qisqa muddatli majburiyatlarni qoplagan, kamomad daromadi yil boshida 319 610 584,78 ming so`m. Yil oxirida tez realizatsiya qilinadigan aktivlarning ortishi hisobiga qisqa muddatli majburiyatlar to`la qoplangan, kamomadlar daromadi 554 600 412,58 ming so`mni tashkil etgan. Sekin realizatsiya qilinadigan aktivlar yil boshida uzoq muddatli majburiyatlarni qoplay olmagan kamomad -83 039 804,94 ming so‘mni tashkil etgan. Yil oxirida sekin realizatsiya qilinadigan aktivlar uzoq muddatli majburiyatlarni qoplay olmagan, kamomad -85 300 140,34ming so`m. Tahlil natijalaridan xulosa qiladigan bo`lsak, korxonaning to`lovga layoqatligi yaxshi darajada faqat tovar moddiy zaxiralari aylanishi juda kam bo‘lgan shu hisobdan ham sekin realizatsiya qilinadigan aktivlar uzoq muddatli majburiyatlarni qoplay olmagan. Yana shuni ham ko‘rishimiz mumkinki korxonaning doimiy majburiyatlari qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlaridan oshib ketgan. 7. “STORE PLUS" MCHJning 2020-yil bo`yicha likvidligi tahlili
“STORE PLUS” MCHJning hisobot yilida likvidligini baholashda qoplash koeffitsiyenti, tez likvidlik koeffitsiyenti, absolyut likvidlik koeffitsiyenti, o`zgaruvchanlik koeffitsiyenti, umumiy sarmoyaning o`zgaruvchanligi koeffitsiyenti hisoblab chiqildi. Qoplash koeffitsiyenti yil boshida 4,4 bo`lib, yil oxirida 10,6 ni tashkil etdi. Bu koeffitsiyent bo`yicha belgilangan normaga nisbatan 2,4 farq mavjud. Korxonaning qoplash koeffitsiyenti yil oxirida ancha yuqori darajada yani 10,6 belgilangan me’yor darajasidan oshib ketgan. Tez likvidlik koeffitsiyenti yil boshida 4,5 yil oxirida esa 13,8 ga teng bo`ldi va me’yorga nisbatan 12,8 farqni tashkil etdi. Korxonaning absolyut likvidlik koeffitsiyenti yil boshida me’yordan yuqori 2,5 bo`lgan bo`lsa, yil oxirida biroz pastlagan holda 2,2 ni tashkil etdi va me’yorga nisbatan farq 2,0 ni ko`rsatdi. Korxonaning o`zgaruvchanlik koeffitsiyenti yil boshida ham yil oxrida ham 0,0005 meyorgacha esa 0,4995 bor. Umumiy sarmoya o`zgaruvchanligi koeffitsiyenti yil boshida ham, yil oxirida ham belgilangan me’yor darajasidan past bo`ldi. 8. “STORE PLUS" MCHJning 2020-yildagi moliyaviy barqarorlik tahlili6-jadval
Yuqoridagi 6-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda “STORE PLUS” MCHJning hisobot yilidagi moliyaviy barqarorligiga baho berish mumkin. Buning uchun mustaqillik koeffitsiyenti, moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o`z sarmoya harakatchanligi koeffitsiyenti, jalb qilingan sarmoyaning harakatchanligi koeffitsiyenti, jalb qilingan va o`z sarmoya nisbati koeffitsiyentlari hisoblab chiqildi. Mustaqillik koeffitsiyenti yil boshida 1,09, yil oxirida esa 1,04 bilan belgilangan me’yor (MK ≥0,6) darajasidan yuqori. Bundan ko`rinadiki, korxonaning o`z mablag`lari ulushi xo`jalik mablag`lari umumiy summasida yuqori ulushga ega. Korxonaning moliyaviy barqarorlik koeffitsiyent juda ham yaxshi holatda. Me’yorga nisbatan farqi: Yil boshida: 9,3 Yil oxirida: 23,5 Korxonaning moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti normal holatda. Me’yorga nisbatan farqi: Yil boshida: -0,69 Yil oxirida: -0,94 “STORE PLUS” MCHJning hisobot yilidagi moliyaviy holati normal holatda va ancha barqaror. XulosaBiz “STORE PLUS” MCHJning moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagi xulosaga keldik: Korxonaning mulkiy holati ko`rsatkichlari asosida xo`jalik mablag`lari va ularning mablag`larida korxonaning o`z mablag` manbalarining ulushi yuqori darajada korxona deyarli hamma asosiy vositalarini o`z mablag`lari evaziga olgan. Korxonaning o`z mablag`lari manbalari uzoq muddatli aktivlarni yil boshida ham , yil oxirida ham deyarli 90% va undan yuqori ulush bilan qoplagan. Korxonaning mulkiy holati to`g`risidagi jadvalda keltirilgan malumotlardan xulosa qilish mumkinki, korxona xo`jalik mablag`lari umumiy summasida o`z sarmoyasining ulushi yuqori. Bundan ko`rinadiki, bu holatda korxonaning mulkiy holatini yaxshi deb baholasa bo`ladi. Korxonaning to`lovga layoqatliligi tahlili natijalaridan xulosa qiladigan bo`lsak, korxonaning to`lovga layoqatligi yaxshi. Korxonaning likvidlik tahlili natijalariga ko`ra, qoplash koeffitsienti 10,6, mustaqillik koeffitsienti 13,8 bilan juda yuqori ko`rsatkichni qayd etdi. “STORE PLUS” MCHJning hisobot yilidagi moliyaviy holati yaxshi. Umumiy qilib aytadigan bo`lsak korxona yaxshi holatda va bundan ham barqarorlashishi uchun aylanma aktivlarini ko`paytirishi kerak va debitorlik qarzlarini kamaytirishi lozim. Download 195.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling