Страница: из 60
Download 30,92 Kb.
|
antro chala Jalilova M
Страница:из 60 1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI Qo`lyozma huquqida Jalilova Muavvar “ Topishmoqlarning atropotsentrik talqini” mavzusidagi 5220100 – FILOLOGIYA (o`zbek filologiyasi) ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr akademik darajasini olish uchun yozgan llmiy rahbar: f.f.d. D.Nabiyeva ANDIJON – 2017 BITIRUV MALAKAVIY ISHI 2 MUNDARIJA Kirish . Tadqiqotning umumiy tavsifi.......................................... ... .. 3 I bob. Antroposentri k paradigma va uning tadqiq imkoniyatlari ........................................................................ .. 6 1.1. Tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning maydonga kelishi ......... 13 1.2. T afakkur va u ning tilda aks etishi .............................................. 17 II bob T opishmoqlarda shaxs omilining aks etishi ........................... . 22 2.1. Topishmoqlarda “shaxs omili” .......................................... ...... .29 2.2. Topishmoqlar semantikasi ...................................................... 39 2.3. Topishmoqlarda lisoniy shaxsning namoyon bo` lishi....................... 44 Xulosa .................................................................................. 55 Adabiyotlar ro`yhati ............................................................ ..... 58 3 KIRISH Mavzun ing dolzarbligi. Taniqli rus tilshunosi Yu. N. Karaulov til va shaxs masalalariga bag`ishlangan maqolalar to`plamiga yozgan so`zboshisida “Har qanday matn ortida lisoniy tizilmalarni egallagan muayyan shaxs turadi” degan fikrni alohida ta’kidlagan edi” 1 . Til va shaxs munosabatlarini yoritib berishda eng muhim manba bu matn ekanligini e’tiborga olsak, ishimizning o`rganish obyekti aynan topishmoqlar matni bilan bog`liqligi ko`zga tashlanadi. Topishmoqlar hayotni o`ziga xos badiiy aks ettirishning bi r shakli bo`lib, unda borliqdagi narsa va hodisalar muayyan shaxs (topishmoq aytuvchi) ning nuqtayi nazari, tasavvuri , dunyoni anglashdan yuzaga kelgan xulosalari tasvirlanadi. Bunda tasvirlanish usuli yashirin tarizda ifodalanadi. Shu nuqtayi nazardan Yu. N. Karaulovaning til va shaxs masalalari yuzasidan ta’kidlagan fikrlariga atroflicha izoh bersak bo`ladi. To`g`ri , topishmoq xalq og`zaki ijodi bo`lib, uning egasi ma’lum bir shaxs emas, xalq hisoblanadi. Biroq , topishmoqlar mat n i ham tilning barcha sathl arini mujassam etuvchi nutqiy tuzilma so`zlovchi (topishmoq aytuvchi) shaxsining lisoniy imkoniyatlarini namoyon etuvchi hodisa hamdir. Topishmoqlar yaratuvchi shaxs (yoki xalq) ning badiiy ijod mahsuli ekan, albatta, unda til va shaxs munosabatlari mavjud dir. Biz ushbu mavjudlikni tilshunoslik nuqtayi nazaridan matnning antroposentrik talqini tushunchasi orqali yoritib bermoqchimiz. Chunki antropo sentrik talqin tilshunoslik sohasining til va shaxs munosabatlariga, uning manbasi bo`lgan matn va uni yaratuvc hi shaxsga , til materialining qanday amal qilinishiga, bugungi kundagi ahamiyatiga, unda ifodalanayotgan mazmunning davr bilan aloqasi kabi masalalariga e’tibor q a ratadi . Shu bois ishimizning I bobida antroposentrik talqin, antroposentrik paradigma, antro posentrizm kabi tushunchalar mohiyatini anglashga va kengroq tushunishga e’tibor qaratishni maqu l ko`rdik. Durdona Xudoyberganovaning “O`zbek tilshunosligida matnning antroposentrik talqini” mavzusidagi maqolasida quyidagi fikrlarni ko`rishimiz 1 Худойберганова D . Ў збек тилшуносл ида матннинг антропоцентрик тадқиқ и // Ў збек тили ва адабиети, 2014, 53 - бет. 5 borayotganidan ham uning mazmuniga aniqlik kiritish mumkin . Bu aniqlikning amaliy jihatlarini II bobning qismlari orqali ko`rib chiqamiz. . Topishmoqlar matni asosida antroposentrizmni o`rganishga qaratilgan tadqiqotlarning kam ekanligini ta’kidlagan holda bitiruv malakaviy ish uchun tanlangan mazkur mavzu o`z dolzarbligini belgilaydi. Ishning ma qsadi va vazifalari. Tilshunoslikning so`nggi yo`nalishlaridan biri antroposentrizmning mazmun - mohiyatini ochib berish, uning fanda yuzaga kelish ehtiyojining sabablarini o`rganish ishning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Mazkur maqsadga erishishi uchun ozbek xalq topishmoql ari na’munalarini to`plab, ularni antroposentrik yo`nalish mohiyatidan kelib chiqib amaliyotga tadbiq qilishni o`z oldimizga vazifa sifatida belgilaymiz. Tadqiqot metodi. Ishni o’rganishda keyingi yillarda o’zbek tilshunosligida yar atilgan ilmiy asarlar, dissertatsiyalar, avtoreferatlardan keng va ijodiy yondashgan holda foydalanildi. Shuningdek ishda tavsifiy, qiyosiy, tasnifiy, kontekstual, k omponent tahlil kabi tadqiqot metodlariga murojaat qilindi. Ishningning obyekti va predmeti . Antroposentrizm, antroposentrik paradigma, antroposentrik taf akkur tadqiqot obyektini tashkil qiladi. Tilda shaxs omilining o`rni va uning namoyon bo`lishini yoritib berish uchun tanlangan o`zbek xalq topishmoqlar ining matni bitiruv malakaviy ishning pre dmetini belgilaydi. Tadqiqot natijalari . Tadqiqotda chiqarilgan xulosalardan umumta’lim maktablarida, litsey va kollejlarda universitetning filologiya fakultetlarida “Hozirgi adabiy o`zbek tili”, “Badiiy matn tahlili”, “Matn tilshunosligi” kabi fanlar i bo`yicha o`quv adabiyotlari yaratishda foydalanish mumkin. Shuningdek, mazkur tadqiqotda taqdim etilgan kuzatish va umumlashmala da lisoniy shaxsning namoyon bo`lishi yuzasidan kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar samaradorligiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko`rsatadi, deb umid qilamiz. Tadqiqotning tuzilishi va tarkibi. Bitiruv malakaviy ish o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga oladi. 8 munosabati), pragmatika ( belgining tildan foydalanuvchi odam bilan munosabati). Nizomiddin Mahmudovning takidlashicha, Yu. S. Stepanov butun boshli monografiyasini uch paradigman ing batafsil tadqiqiga bag`ishlaydi. Bu uch paradigma quyidagilar: “ 1. Semantik paradigma ( “nom falsafasi” ) tilga seman tik yondashuv ifodasi sifatida. 2. Sintaktik paradigma ( “predikat falsafasi” tilga sintaktik y ondashuv ifodasi sifatida ). 3. Pragmatik p aradigma (“egosentrik so`zlar falsafasi” tilga pragmati k yondashuv ifoda si sifatida)”. Pragmatika belgining tildan foydalanuvchi shaxs bilan munosabati bo`lganligi bois ham alohida diqqatga sazovor. Shu bois Stepanov bu paradigmalarning uchinchisi haqida q uyidagi fikrlarni keltiradi: “Til falsafasining yangi paradigmasi oldingi ikki paradigmaga qaraganda ikki mutloq farq bilan xarakterlanadi; 1) yaxlit til undan foydalanuvchi subyekt bilan – “Men” bilan bog`lanadi; 2) til tavsifi uchun foydalaniladigan barc ha tushunchalar relyativlashtiriladi (vazifasiga nisbatlanadi): nomlar, predikatlar, gaplar – ularning barchasi bir - biridan farqli bo`lsa - da, vazifalar sifatida qaraladi” 5 . Bu paradigmaning ahamiyatli jihati shundaki, unda faqat tilning o`zi emas, balki ti ldan foydalanuvchi, tilning egasi ham tadqiq obyekti tarkibi da tabi iy ravishda isht irok etadi. Tilshunoslikda mavj ud bu uch paradigm a haqida fikrlarni aynan keltirishimizning sababi ham shuki, bizningcha o`rganayotgan masa la – “antroposentrik paradigma” ni ng tub ildizi shu uchinchi paradigmaga borib taqaladi. Zamonaviy tilshunoslikda yetakchi o`rinda turgan inson omilini til bilan uzviy ravishda o`rganuvchi antroposentrizm prinsipi ( “antro” – odam, “centrum” – markaz) ning asl mazmuni ham “til va shaxs” m unosabatidan iboratdir. Bugungi tilshunoslik fanida paradigmalar miqdori haqida turli fiklar ma v jud bo`lsa - da, asosan, uch paradigmani farqlash an’ana tusini olgan, ya’ni 1) qiyosiy - tarixiy, 2) sistem - struktur, 3) antroposentrik paradigmalar . Shu uch parad igm a orqali tilshunoslik fanida til mohiyatini o`rganishda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Har bir paradigm a tarafdorlari o`z fikrlarini bir - birini inkor qilmagan holda asoslashga hrakat qiladilar. Bulardan eng yoshi antroposentrik paradigmadir. Mening c ha, antroposentrik paradigmani ham tilning barcha jihatlariga talqin 5 Ў ша ма қ ола. 4 - бет. 9 qilgan holda amaliyotga tadbiq qilish tilning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatini kengroq yoritishga, tilning jamiyat hayotidagi ahamiyatini batafsil tushuntirishga xizmat qiladi. Nizomiddin Mahmudov o`z maqolasida yuqoridagi uch paradigmaning mohiyati haqida V.A.Maslovaning qisqacha tavsifini keltiradi. Shu qisqacha tavsif bizning antroposentrik paradigma haqidagi tushunchalarimizni shakllantirishimiz uchun asos bo`lishi mumkinl igini inobatga olgan holda V. A. Maslovaning tavsifiga e`tibor qaratishni o`rinli deb bildik. Qiyosiy - tarixiy paradigma lingvistikadagi dastlabki ilmiy paradigma bo`lgan, zotan qiyosiy - tarixiy metod tilni tadqiq etishning birinchi maxsus metodi bo`lgan. Bu tun XIX asr ayni shu metod ostida o`tdi. Sistem - struktur paradigmada diqqat predmet, narsa, nomga qaratiladi, shuning uchun diqqat markazida so`z turdi. Antroposentrik paradigma tadqiqotchi diqqatining bilish obyektidan subyektiga ko`chishidir, ya’ni bund a inson tilning ichida va til inson tarkibida o`rganiladi 6 . Ko`rinib turibdiki, antroposentrik paradigma tilshunoslik fanidagi ehtiyoj natijasi o`laroq maydonga kelgan. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslikda ham, sistem - struktur tilshunoslikda ham til faqat bir yoqlama o`rgani lgan. Sistem - struktur paradigma ham tilshunoslik fanidagi ilg`or va ijobiy yo`nalishdir. Biroq, uning markazida so`z turar ekan tilning mukammal tadqiqi uchun asos bo`la olmaydi. Chunki u tilni immanent holatda, ya’ni sohibidan tamoman ajratilgan holda o`rganishni tadqiqotning asosi deb biladi. Ammo, “hech bir tilni “til egasi”dan ajratgan holda to`liq va to`g`ri o`rganish mumkin emas. Chunki har bir nutqiy aktda so`zlovchi shaxsining izi sezilib turadi” 7 . Antroposentrik paradigma til va insonning o`zaro munosabatiga quriladiki, bunda subyekt ta`sirining ustunlik darajasi ko`proq seziladi. Chunki tilning ijtimoiyligi, uning mavjudligi, shakllanishi – barchasi undan foydalanuvchi shaxslar faoliyati bilan bog`liq. Agar til mavjud bo`ls a - yu undan hech kim foydalanmasa, o`z e gasi bo`lmasa, u til o `liklik maqomiga tushib qoladi, rivojlanmaydi, shakllanmaydi, o`z 6 Ў ша ма қ ола. 5 - бет. 7 Нурмонов А .Танланган асарлар . III жилд . – T .: Академнашр . 2012, 263 - бет. Download 30,92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling