Strategik ishlab chiqish mazmuni Strategik Strategiyani ishlab chiqish bosqichlari Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat
Download 112.5 Kb.
|
Strategik ishlab chiqish mazmuni Strategik Strategiyani ishlab c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik menejmentning beshta vazifasi
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish; - Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish; - undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; - Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab chiqish; - diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish; - uning tashkiliy strukturasini loyihalash; - integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash; - «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish, - Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel‑atvor meyorlarni belgilash, - kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash, - strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish. Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda foydalaniladigan tashkiliy xatti‑xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir. Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish strategik rejani tashkil qiladi. Strategik menejmentning beshta vazifasi Korxona strategiyasini yaratish o’zaro bogliq 5 ta qismdan iborat: 1) tijorat faoliyatining turini aniqlash va Korxona rivojlanishining yo’nalishini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab o’zoq muddatli istiqbolni belgilash; 2) umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish; 3) ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish; 4) tanlangan strategiyani samarali ijro etish; 5) bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning o’zoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga to’zatishlar, yangi g’oyalar kiritish . Kompaniya strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: «Kompaniyamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz ?» «Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz»- degan savolning javobi Korxonaning yo’nalishini belgilab, kuchli o’ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Kompaniya nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi kompaniyaning missiyasini anglatadi. Menejer o’z kompaniyasining bozordagi o’rnini qanday tasavvur qilishi esa kompaniyaning strategik ko’rishini shakllantiradi. Firma biznesining yўnalishi va asosiy maқsadlari.
taxlil Tashqi
Strategik
Firma darajasidagi strategiya. (vertikal integratsiya, diversifikatsiya, globalь strategiya) Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli taxlili, kirish va chiqish strategiyasi.
Tashkiliy boshqaruv va nazoratni tanlash Majarolar, siyosatlar va ularning o’zgarishi
Qayta aloqa 1-rasm. Strategik menejmentning mazmuni Download 112.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling