Strategik maqsadlar questions and Answers


Download 14.83 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi14.83 Kb.
#1057601
Bog'liq
01 STRATEGIK MAQSADLAR


STRATEGIK MAQSADLAR
Questions and Answers

  1. Nima uchun biz kompaniya biznes-strategiyasi to‘g‘risida jarayon sifatida fikr yuritamiz?

Javob: Chunki biznes strategiyasi hech qachon to‘xtab qolmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Bizni o‘rab turgan muhit juda tez o‘zgarib turishligini hisobga olib, strategik maqsadlami qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

  1. Strategiya aniq belgilangan necha bosqichni o‘z ichiga oladi va qaysila ?

Javob: 3ta, 1) strategik tahlil; 2) strategik tanlov; 3) strategiyaning amalga oshirilishi va menejmenti.

  1. Strategiyaning birinchi bosqichi strategik tahlilning maqsadi nima ?

Javob: informatsiyalar (ma’lumotlar) yig‘ish.

  1. Strategik jarayonning ikkinchi bosqichi-strategik tahlil nimadan iborat ?

Javob: Strategik tahlil o‘tkazilishi natijasida olingan informatsiyalar asosida kompaniya kelgusi faoliyati uchun to‘g‘ri va samarali harakat yo'nalishini tanlab olishdan iboratdir.

  1. Strategiyani amalga oshirishda nimalarni hisobga olish zarurdir ?

Javob:
■ tashkilotning resurs (ne’mat)lar bilan ta’minlanganlik darajasi;
■ o‘ylangan strategiyani qabul qilish uchun tashkilot tuzilma (struktura)si va madaniyatining tayyorgarligi;
■ strategiyani amalga oshirishdagi o‘zgarishlarga menejmentning tayyorgarligi;
■ kompaniya yuksalish yo'nalishi bo‘yicha yechimning moddiy-texnik asoslanishi,
■ tashkilotning ishlab chiqarish darajasida taklif etilgan strategiyaga va sifat masalalarini yechishga tayyorgarligi;
■ tashkilotning geografik o‘mi (pozitsiyasi) va uning xalqaro mintaqaviy bozordagi ulushi;
■ taklif etilayotgan strategiyaning biznesning ichki va tashqi qatnashchilariga, shuningdek, kompaniyaning jamiyat bilan o'zaro munosabatlariga ta’siri.
Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling