Strategik menejment


Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash


Download 1.62 Mb.
bet6/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Kompaniya missiyasi va strategik qarashlarni belgilash
Chizmadan ko'rinib turibdiki, strategiyani tahlil qilish va tanlash bosqichi strategik harkatni ishlab chiqish jarayonida markaziy bug'in hisoblanadi. Bu erda korxona rivojlanishining istiqbolli yo'nalishlariga mablag'larni qqyishi bqyicha muhim strategik qarorlar qabul qilinadi va investitsiyalar kamay-tiriluvchi biznes- sohalar ajratiladi.
Strategiyalar amalga oshirilishini baholash va nazorat qilish strategik boshqaruvda bajariluvchi mantiqiy oxirgi jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayon tashkilot maqsadlari qrtasidagi barqaror teskari aloqani ta'minlaydi. Nazoratning asosiy vazifalari bqlib quyidagilar hisoblanadi:
nimani va qanday kqrsatkichlar bqyicha tekshirishni aniqlash;
qabul qilingan standartlar, me'yorlar yoki boshqa kqrsatkichlarga muvofiq nazorat qilinuvchi ob'ekt holatini baholashni amalga oshirish;
o'tkazilgan baholash natijasida aniqlangan chetga chiqishlar sabablarini aniqlash;
agar zarur va mumkin bqlsa tuzatishni amalga oshirish.
Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga erishishga olib kelishishni aniqlashga yqnaltirilgan. Bu strategik nazoratni boshqaruv yoki operativ nazoratdan ajratib turadi, chunki uni strategik rejani bajarish strategiyani amalga oshirish yoki alohida ishlar, funktsiyalar va operatsiyalarni bajarishning tug'riligi qiziqtirmaydi. Strategik nazorat kelgusida qabul qilingan strategiyalarni realizatsiya qilish mumkinligiga va ularning amalga oshirilish qo'yilgan maqsadlarga erishilishiga olib kelishiga qaratiladi. Strategik nazorat natijalari bqyicha tuzatishlar ham strategiyalar, ham maqsadlarga tegishli bqlishi mumkin.
Nazoratning asosiy maqsadlari qarorlar qabul qilish va bajarishning birligini ta'minlanishdan, mumkin bqlgan xatolarni oldindan kqra olish va oldini olishdan, belgilangan yqnalishdan chetga chiqishlarni qz vaqtida aniqlashdan, belgilangan muddatlarda qqyilgan maqsadlarga samarali erishishdan va h.k.lardan iborat. Nazoratning asosiy maqsadi esa qarorlarni qabul qilish tizimini yaxshilash imkonini beruvchi ichki zaxiralarni aniqlash va korxonani boshqarish samaradorligini oshirish yqllarini izlashdir.
Adabiyotda nazoratning dastlabki, yqnaltirilgan va natijaviy asosiy usullari ajratiladi. Dastlabki, nazoratning asosiy maqsadi strategiya va maqsadlarni shakllantirishning tqg'riligini belgilashdan iborat. Strategik boshqaruv kontseptsiyasiga muvofiq dastlabki nazorat bosqichidan keyin kutilmagan qzgarishlarni hisobga olgan holda strategiyani amalga oshirishni boshqarish boshlanadi. Bu erda yqnaltiruvchi nazorat usulidan foydalaniladi. Strategiya bajarildi deb hisoblanganda olingan natijalar bqyicha natijaviy nazorat amalga oshiriladi. Nazoratning bu turi qqyilgan maqsad va vazifalarga erishish samaradorligini baholash va tahlil qilishga yqnaltirilgan. Ushbu tahlil natijalariga bog'lik holda strategik boshqaruv jarayoni yoki strategiyaga tuzatishlarni kiritish uchun «vazifalarni qqyish» bosqichiga qaytadi, yoki yangi strategik harakatni ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga utadi.
Shu bilan strategik harakatni ishlab chiqish jarayoni tugadi deb hisoblash mumkin keyin ishlab chiqilgan strategiyani bajarish bosqichi keladi. bu borada G.Mintsberg «ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) strategiyalarni ajratadi (5-rasm).


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling