Strategik menejment
-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg buyicha)
Download 1.62 Mb.
|
Strategik menejment..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategiyani boshqarish ijrochilari
5-Rasm. Ongli va vujudga keluvchi strategiyalar (G.Mintsberg buyicha).
G.Mintsberg g'oyasi shundan iboratki, rejalashtirilgan strategiyaning bir qismini har doim amalga oshirish imkoni bqlmaydi. Amalga oshirilganning katta qismi, odatda, boshida rejalashtirilgan strategiyaga kirmagan, shu sabali uni vujudga keluvchi strategiya deb nomlagan. Oxir-oqibatda amalga oshirilgan strategiya ongli strategiyaga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, amaliyotda ongli va vujudga keluvchi strategiyalarning ma'lum kombinatsiyasi amalga oshiriladi. Yuqorida aytilganlarga asoslangan holda quyidagi asosiy xulosani keltirish mumkin. korxona strategik harakatini shakllantirishning moxiyati rivojlanish yqnalishini aniqlashdan, tanlangan mo'ljalga samarali yaqinlashish bqyicha chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan, shuningdek tanlangan strategiyani amalga oshirish jarayonini baholash va nazorat qilishdan iborat. Strategiyani boshqarish ijrochilari Firmaning ijrochi direktori strategiya bo'yicha eng ta'sirli va javobgar menejer hisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi iazifalarini qo'yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko'zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiya-ni, uni bajarish yo'llarini ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish, marketing, moliya, xodimlar va boshqa funktsiyalar bo'yicha vitse- prezidentlar ham strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo'yicha javobgar hisoblanadilar. Har bir menejer o'zining javobgarlik sohasi bo'yicha strategiyani ishlab chiqadi va uning bajarilishini kuzatib boradi. Diversifikatsiyali kompannyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo'yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud: -ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pog'onasi rahbari; -alohida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar; -muayyan ishlab chiqarish bo'linmasi bo'yicha funktsional menejerlar; -asosiy tezkor bo'linmalar va mintaqaviy bo'limlar menejerlari. Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo'yicha bitta yoki ikkita menejer bo'ladi Strategik menejer va qo ’yiladigan asosiy talablar. Bugungi kunda murakkab va tez o'zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma'lum bir yo'nalishda borishini ta'minlashdir (ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim fuiktsiyalari (xodimlar, ta'minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko'rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o'ziga xos o'rin egallaydi. E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi hislatlarga ega bo'lishi kerak: ko'p narsadan yaxshi xabardor bo'lishlari; o'z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari, yaxshi siyosatchi bo'lishlari (konsensus topa olishlari); ekspertlarga o'xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»; dasturni xususiy yo'nalishlarda ilgari sura olishlari lozim. Ko'p narsadan xabardor bo'lish boshqaruvning turli pog'onalarida keng ko'lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog'ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga voqelikdan tez xabardor bo'lib turish imkonini beradi. Ular o'z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o'rtasida to'g'ri taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. Yaxshi siyosatchi o'z fikrlari asosida konsensus topa olish san'atini egallagan bo'lishi, ularni o'z obro'-e'tibori bilan ilgari surish uchun tazyiq ko'rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki koalitsiyaning a'zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim. O'zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma'lum bir maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni o'zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling