Strategik menejment


Download 1.62 Mb.
bet15/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Tayanch iboralar: funksiya, ierarxiya, uslub, yondashuvlar, tashqi omillar, ichki omillar, boshqaruvning asosiy bosqichlari.

  1. MAVZU. TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI
    RAQOBATNING TAHLIli


    1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari.

    2. Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar.

    3. Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Porterning “beshta kuch” modeli.

    4. Firmani raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi omillar.

  1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari.

Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo'lib, tahlil ikki yo'nalishda olib boriladi:
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
Kompaya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o'zining iqtisodiy ta'rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo'yicha bir biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur'atlari yuqori va past bo'lishi mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo'lgan kapital qo'yilmalar hajmi ham bo'ladi- Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigachafarqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo'ladi. Talab ham o'sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo'ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qo'llanilib, bu usullar tarmoqda bo'layotgan o'zgarishlar raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi:

  1. Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar.

  2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta'sirining darajasi.

  3. Rakobat kuchlari tarkibida o'zgarish yasovchi omillar.

  4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif j ihatlari.

  5. Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat kaliti va muvaffaqiyatsizlik omillari.

  6. Raqobat qaysi yo'nalishda borishini belgilovchi shaxslar.

  7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi.

Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos bo'lgan va kompaniyaning strategik yo'nalishi va imkoniyatlarini eng ravshan ifodalovchi jihatlarni aniqlashdan iborat. Bunda asosiy e'tibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. So'ngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning xata-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullaridan kelgusida ko'pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuhitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda firmaning eng yaqin atrof-muhiti (makromuhiti) o'rganiladi. 6-chizmadagi yakka biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning tuzilmasi keltirilgan. Kompaniyaning strategik tahlilining mantiqiy echimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. Shunday qilib ushbu tahlil strategik rejam shchakllantirshning dastlabki nuqtasi hisoblanadi.

Tarmoq va raqobat tahlili




Kompaniyaning vaziyatli tahlili

Tarmoq atrofining asosiy iqtiso-diy ta'rifini aniqlash Harakatla-nuvchi kuchlarni identifikatsiya qi-lish. Raqobat darajasini baholash. Kompaniyaning tarmoqdagi raqobat mavqeini baholash. Bundan keyin raqobatda kimlar bir xil harakat qilishini bashorat qilish. Muvaf-faqiyatning kalit omilarini aniq-lash. Tarmoqning har tomonlama jozibadorligi haqida xulosa




Zamonaviy strategiyaning yaroqli darajasini baholash. SWOT tahlili o'tkazish. Firmaning nisbiy ra'obat mavqeini baholash. Kompaniyaning nisbiy baho mavqei va baho raqo-batbardoshligini bholash. Kompaniya echishi lozim bo'lgan strategik yonda-shuvlar va muammolarni identifika-tsiya qilish




Identifikatsiya Kompaniyaning strategik
ko'rinishini baholash

Kalit davrlar:
Kompaniya amalda qanday muqobillikka ega? (mavjud asosiy strategiyani yaxshilash, strategiyani tubdan o'zgartirish)
Arzigulik raqobat ustunligiga erishishning eng maqbul yo'li qanday?




j Strategiyani shakll antiri sh




Yechim mezonlari
Strategiya vaziyatni qanchalik yaxshi hisobga olinadi? Raqobat ustunligiga erishishga qanchalik yordam beradi? Kompaniya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi?


Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling