Strategik menejment


VI semestrda uchun mustaqil ta'lim mavzulari va uni amalga oshirish shakli


Download 1.62 Mb.
bet162/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

VI semestrda uchun mustaqil ta'lim mavzulari va uni amalga oshirish shakli



MT mavzusi

Mavzuga oid bo'lim

MTga oid topshiriq va tavsiyalar

8

Diversiyalangan kompaniyalarnintg strategik tahlili

Kompaniyaning mavjud strategiyasi va faoliyatini
baholash

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

9

Ta'lim sohasida strategik rejalashtirish

Ta'lim sohasida strategik rejalashtirish

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

10

Tibbiy xizmatlar menejmenti strategiyasi

Tibbiy xizmatlar menejmenti strategiyasini o'rganish

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

11

Servis xizmatlari menejmenti

Turizm xizmatlari menejmenti

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

12

Bank xizmatlari menejmenti strategiyasi

Bank xizmatlari menejmenti va
marketingi strategiyasi

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

13

Sug'urta xizmatlari menejmenti strategiyasi

Sug'urta xizmatlari strategiyasini o'rganish

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

14

Korxona va axoliga ko'rsatiladigan xizmatlar menejmenti strategiyasi

Korxona va axoliga ko'rsatiladigan xizmatlar menejmenti strategiyasini o'rganish

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish

VI semestr bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me'zonlari

Baholash

Baholash mezonlari




usullari




Testlar, yozma ishlar, og‘zaki savol- javoblar.

86-100 ball “a'lo”: Fanga oid nazariy bilimlarni to‘la o‘zlashtira olish. Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Tasavvurga ega bo‘lish.

71-85 ball “yaxshi”: Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

5-70 ball“qoniqarli”: Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Ma'lum bir tasavvurga ega bo‘lish.

50-54 ball “qoniqarsiz”: Fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni bilmaslik,


Reyting baholash turlari

Nazorat shakllari

Maksimal ball

Umumiy ball

1

Joriy nazorat

36

100

2

Oraliq nazorat

34

3

Yakuniy nazorat

30



Joriy baholash

Maksimal ball

O‘tkazish
vaqti

Joiry nazorat (20 ball)

MT (16 ball)

36

Semestr davomida

Darslarga aktiv qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Amaliy
mashg‘ulotlardagi faolligi, amaliy
mashg‘ulot daftarlarining yuritilishi va holati. Mavzular bo‘yicha uy
vazifalarining bajarilishi

Mustaqil ta'lim
topshiriqlarining (prezetatsiya, testlat,
yozma ish variantlari, keys stadiylar) o‘z vaqtida
sifatli bajarilishi



Oraliq baholash

Maksimal ball

O‘tkazish
vaqti



Oraliq nazorat (20 ball)

MT (14 ball)

34

Semestr davomida

I

Darslarga aktiv qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Ma'ruza mashg‘ulotlardagi faolligi,
mashg‘ulot daftarlarining
yuritilish holati. Oraliq nazorat uchun nazorat ishi. (9 ball)

Mustaqil ta'lim
topshiriqlarining (prezetatsiya, testlat, yozma ish variantlari, keys stadilar) o‘z vaqtida sifatli bajarilishi. (6 ball)

15

I oraliq davomida (semestrni ng 1-9 haftasi)

II

Darslarga aktiv qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Ma'ruza mashg‘ulotlardagi faolligi,
mashg‘ulot daftarlarining
yuritilish holati. Oraliq nazorat uchun nazorat ishi. (11 ball)

Mustaqil ta'lim
topshiriqlarining (prezetatsiya, testlat, yozma ish variantlari, keys stadilar) o‘z vaqtida sifatli bajarilishi. (8 ball)

19

II oraliq davomida (semestrni ng 10-18 haftasi)


Laboratoriya ishlarini tashkil etish boyicha ko'rsatmalar
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar
«Strategik menejment» fani bo'yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo'yicha natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. Kurs ishi «Strategik menejment» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak.
Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi - bu qo'yilgan savollarning o'zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta'minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to'g'ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qo'yish hamda ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to'g'ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo'yilgan maqsad hamda natijalarini to'g'ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan etukligi hamda «Strategik menejment » fani bo'yicha chuqur bilimga va amaliy ko'nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs ishida o'rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo'yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko'zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba kurs ishi bo'yicha izlanish natijalarini yoritishda strategic menejmentning tashkil qilishning o'ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini o'zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda boshqaruv siyosatining xususiyatlarini, belgilangan muammolarning echimini topish yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi.
Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo'yiladi:

  • o'rganilayotgan muammo bo'yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish;

  • kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;

  • kurs ishi bo'yicha to'plangan materiallarni tanqidiy o'rganish;

  • taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi;

  • talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi;

- qo'yilgan talablar bo'yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.
Kurs ishi o'quv rejaga ko'ra 5230200 - “Menejment” (Xizmatlar sohasi) ta'lim yo'nalishida nazarda tutilgan.
Kurs ishlarining namunaviy mavzulari:

  1. Xizmat ko'rsatish korxonalarini strategik boshqaruv jarayonida strategiyani mohiyati va o‘rni

  2. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarni strategik boshqarish omillari

  3. Strategik menejmentning nazariy asoslari

  4. Korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda rahbar strategiyasining o‘rni

  5. Korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda menejment strategiyasining ahamiyati

  6. Korporativ boshqaruvni tashkil etishda strategik menejmentning tutgan o‘rni

  7. Bank faoliyatini strategik boshqarish

  8. Mehnat resurslarini boshqarishda strategik menejmentning vazifalari

  9. Zamonaviy sharoitlarda birja faoliyatini strategik boshqarish

  10. Biznes-reja tuzishda menejment strategiyasining tutgan o‘rni

  11. Korxonalarning strategik boshqaruv tizimini takomillashtirish

  12. Marketing strategiyasini shakllantirishni boshqarish

  13. Innovatsiyalarni qo'llashda strategik menejmentning tutgan o‘rni

  14. Strategik menejmentda korxona personalini ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish

  15. Kichik va xususiy biznesda marketing faoliyatini strategik boshqarish

  16. Korxonalarni boshqarishda marketing strategiyalarini qo‘llash

  17. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili

  18. Diversifikatsiyalangan strategiyani globallashuv jarayonidagi ahamiyati

  19. Marketing strategiyalarini mavjud vaziyatga moslashtirish

  20. Korporatsiyalar faoliyatida strategik menejmentning ahamiyati

  21. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida funksional strategiyaning ahamiyati

  22. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarning strategik qiymat tahlili

  23. Strategik menejmentning investitsiyalarni jalb qilish jarayonidagi ahamiyati

  24. Personalni samarali boshqarishda strategik menejment uslublari

  25. Inson resurslarini strategik boshqarish

  26. Ta'lim sohasida strategik rejalashtirish

  27. Korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda sifat menejmenti

  28. Banklarni boshqarishda strategik marketing

  29. Korxonalar faoliyatini strategik boshqarish

  30. Strategik menejmentda motivlashtirish

  31. Innovatsion faoliyatni strategik boshqarish

  32. Strategik boshqaruvda qarorlar qabul qilish usullari

  33. Korxona samaradorligini oshirishda strategik menejment

  34. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishni tashkil qilish va boshqarish

  35. Birja faoliyatini tashkil qilishda strategik menejment asoslari

  36. Sug‘urta xizmatlari menejmenti strategiyasi

  37. Korxona va tashkilotlarda inson omili ta'sirini boshqarish strategiyasi

  38. Korxonalarda marketing faoliyatini rivojlantirish strategiyasi

  39. Aksiyadorlik jamiyatini strategik boshqarishning nazariy-amaliy xususiyatlari

  40. Kichik va xususiy biznesda marketingni boshqaruv strategiyasi

  41. Xolding kompaniyalarini strategik boshqarish

  42. Transmilliy korporatsiyalarni strategik boshqarishning xorij tajribasi

  43. Korporativ boshqarish modellarini strategik rivojlantirishda qo‘llash

  44. Kichik biznesni strategik boshqarishga ta'sir etuvchi omillar

  45. Investitsiyalarni jalb qilish va strategik boshqarish

  46. Strategik menejmentda boshqaruv tamoyillarining qo‘llanishi

  47. Korxonalar marketing strategiyasini boshqarishning nazariy asoslari

  48. Korxona xodimlarini boshqarishda strategik menejment

  49. Assotsiatsiya tashkiliy boshqaruv tuzilmalarini rivojlanish strategiyasi

  50. O‘zbekistonda korporativ boshqaruv strategiyasi

  51. Bank faoliyatini strategik boshqarish omillari

  52. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish strategiyasi

  53. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda strategik menejmentning tutgan o‘rni

  54. Korxona faoliyatini tashkil etishda strategik menejmentning tutgan o‘rni

  55. Korxona faoliyatini takomillashtirishda strategik menejment

  56. Korxonalar marketing tizimini tashkil etish va strategik boshqarish

  57. Korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish

  58. Korxona va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar menejmenti strategiyasi

  59. Qo‘shma korxonalarni boshqarish strategiyasi

  60. O‘zbekistonda tadbirkorlikni strategik rivojlantirish va boshqarish

  61. Modernizatsiya sharoitida maxsus strategiyalardan foydalanish

  62. Innovatsion faoliyatni strategik menejmenti

  63. Korxonalar faoliyatini strategik boshqaruviga ta'sir etuvchi omillar

  64. Iqtisodiy boshqaruv usulining strategik rivojlanishdagi ahamiyati

  65. Servis xizmatlari menejmenti

  66. O‘zbekistonda korporatsiyalar faoliyatini strategik boshqarish

  67. Iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishning strategiyalari

  68. Globalizatsiya jarayonida korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish strategiyalari

  69. Korporatsiyalarda xodimlarni boshqarishning xorijiy tajribasi

  70. Innovatsion jarayonlarni boshqarish strategiyasi

  71. Kichik korxonalari boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘llari.

  72. Ishlab chiqarishda boshqaruv qarorlarini qabul qilish

  73. Firma faoliyatini boshqaruv strategiyalari

  74. Mahsulot sifatini boshqarishning xorij tajribalari

  75. Marketingni boshqarish strategiyasini xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llash

  76. Menejmentda iqtisodiy-psixologik usulning ahamiyati

  77. Personalni boshqarishning Yaponiya tajribasi

  78. Korxona menejerining etikasi va madaniyati

  79. Korxonada boshqaruv madaniyatini shakllantirish strategiyasi

  80. SWOT tahlili asosida kompaniya holati strategiyalarini ishlab chiqish

  81. Korxonada marketingni boshqarish strategiyalari

  82. Boshqaruv strategiyasi turlari

  83. Mahsulot sifatini boshqarish strategiyasi

  84. Boshqaruvda mehnatni rag‘batlantirish usullari

  85. AQSH transmilliy kompaniyalarining strategik boshqaruv xususiyatlari

  86. Qo‘shma korxonalarni boshqarish strategiyasi

  87. Ishlab chiqarishda marketing boshqaruvi strategiyasi

  88. Respublika korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish strategiyalari

  89. Tashkiliy madaniyatning korxona strategik rivojiga ta'siri

  90. Bozorda maqsadli segmentlarni tanlash strategiyasi

  91. Ta'lim tizimini rivojlantirish strategiyalari

  92. Korxona boshqaruvida biznes-rejaning ahamiyati

Kurs ishi mavzularini shakllantirishda asosli hollarda kafedra tomonidan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling