Strategik menejment
VI semestrda uchun mustaqil ta'lim mavzulari va uni amalga oshirish shakli
Download 1.62 Mb.
|
Strategik menejment..
- Bu sahifa navigatsiya:
- MT mavzusi
- VI semestr bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
- Reyting baholash turlari
- Joriy baholash
- Joiry nazorat (20 ball)
- Oraliq baholash
- Oraliq nazorat (20 ball)
- Laboratoriya ishlarini tashkil etish boyicha korsatmalar
- Kurs ishlarining namunaviy mavzulari
VI semestrda uchun mustaqil ta'lim mavzulari va uni amalga oshirish shakli
VI semestr bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me'zonlari
Reyting baholash turlari
Laboratoriya ishlarini tashkil etish boyicha ko'rsatmalar Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. Kurs ishini tashkil etish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar «Strategik menejment» fani bo'yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo'yicha natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. Kurs ishi «Strategik menejment» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak. Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi - bu qo'yilgan savollarning o'zaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta'minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to'g'ri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qo'yish hamda ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini to'g'ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo'yilgan maqsad hamda natijalarini to'g'ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan etukligi hamda «Strategik menejment » fani bo'yicha chuqur bilimga va amaliy ko'nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs ishida o'rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo'yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni ko'zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba kurs ishi bo'yicha izlanish natijalarini yoritishda strategic menejmentning tashkil qilishning o'ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini o'zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda boshqaruv siyosatining xususiyatlarini, belgilangan muammolarning echimini topish yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi. Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo'yiladi: o'rganilayotgan muammo bo'yicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni chuqur tahlil qilish; kurs ishida chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish; kurs ishi bo'yicha to'plangan materiallarni tanqidiy o'rganish; taklif va tavsiyalarning asoslab berilishi; talaba tomonidan fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi; - qo'yilgan talablar bo'yicha kurs ishining rasmiylashtirilishi. Kurs ishi o'quv rejaga ko'ra 5230200 - “Menejment” (Xizmatlar sohasi) ta'lim yo'nalishida nazarda tutilgan. Kurs ishlarining namunaviy mavzulari: Xizmat ko'rsatish korxonalarini strategik boshqaruv jarayonida strategiyani mohiyati va o‘rni Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarni strategik boshqarish omillari Strategik menejmentning nazariy asoslari Korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda rahbar strategiyasining o‘rni Korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda menejment strategiyasining ahamiyati Korporativ boshqaruvni tashkil etishda strategik menejmentning tutgan o‘rni Bank faoliyatini strategik boshqarish Mehnat resurslarini boshqarishda strategik menejmentning vazifalari Zamonaviy sharoitlarda birja faoliyatini strategik boshqarish Biznes-reja tuzishda menejment strategiyasining tutgan o‘rni Korxonalarning strategik boshqaruv tizimini takomillashtirish Marketing strategiyasini shakllantirishni boshqarish Innovatsiyalarni qo'llashda strategik menejmentning tutgan o‘rni Strategik menejmentda korxona personalini ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish Kichik va xususiy biznesda marketing faoliyatini strategik boshqarish Korxonalarni boshqarishda marketing strategiyalarini qo‘llash Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili Diversifikatsiyalangan strategiyani globallashuv jarayonidagi ahamiyati Marketing strategiyalarini mavjud vaziyatga moslashtirish Korporatsiyalar faoliyatida strategik menejmentning ahamiyati Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida funksional strategiyaning ahamiyati Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarning strategik qiymat tahlili Strategik menejmentning investitsiyalarni jalb qilish jarayonidagi ahamiyati Personalni samarali boshqarishda strategik menejment uslublari Inson resurslarini strategik boshqarish Ta'lim sohasida strategik rejalashtirish Korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda sifat menejmenti Banklarni boshqarishda strategik marketing Korxonalar faoliyatini strategik boshqarish Strategik menejmentda motivlashtirish Innovatsion faoliyatni strategik boshqarish Strategik boshqaruvda qarorlar qabul qilish usullari Korxona samaradorligini oshirishda strategik menejment Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida erkin iqtisodiy zonalarni boshqarishni tashkil qilish va boshqarish Birja faoliyatini tashkil qilishda strategik menejment asoslari Sug‘urta xizmatlari menejmenti strategiyasi Korxona va tashkilotlarda inson omili ta'sirini boshqarish strategiyasi Korxonalarda marketing faoliyatini rivojlantirish strategiyasi Aksiyadorlik jamiyatini strategik boshqarishning nazariy-amaliy xususiyatlari Kichik va xususiy biznesda marketingni boshqaruv strategiyasi Xolding kompaniyalarini strategik boshqarish Transmilliy korporatsiyalarni strategik boshqarishning xorij tajribasi Korporativ boshqarish modellarini strategik rivojlantirishda qo‘llash Kichik biznesni strategik boshqarishga ta'sir etuvchi omillar Investitsiyalarni jalb qilish va strategik boshqarish Strategik menejmentda boshqaruv tamoyillarining qo‘llanishi Korxonalar marketing strategiyasini boshqarishning nazariy asoslari Korxona xodimlarini boshqarishda strategik menejment Assotsiatsiya tashkiliy boshqaruv tuzilmalarini rivojlanish strategiyasi O‘zbekistonda korporativ boshqaruv strategiyasi Bank faoliyatini strategik boshqarish omillari Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish strategiyasi Innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda strategik menejmentning tutgan o‘rni Korxona faoliyatini tashkil etishda strategik menejmentning tutgan o‘rni Korxona faoliyatini takomillashtirishda strategik menejment Korxonalar marketing tizimini tashkil etish va strategik boshqarish Korporativ boshqaruv mexanizmini takomillashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish Korxona va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar menejmenti strategiyasi Qo‘shma korxonalarni boshqarish strategiyasi O‘zbekistonda tadbirkorlikni strategik rivojlantirish va boshqarish Modernizatsiya sharoitida maxsus strategiyalardan foydalanish Innovatsion faoliyatni strategik menejmenti Korxonalar faoliyatini strategik boshqaruviga ta'sir etuvchi omillar Iqtisodiy boshqaruv usulining strategik rivojlanishdagi ahamiyati Servis xizmatlari menejmenti O‘zbekistonda korporatsiyalar faoliyatini strategik boshqarish Iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishning strategiyalari Globalizatsiya jarayonida korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish strategiyalari Korporatsiyalarda xodimlarni boshqarishning xorijiy tajribasi Innovatsion jarayonlarni boshqarish strategiyasi Kichik korxonalari boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘llari. Ishlab chiqarishda boshqaruv qarorlarini qabul qilish Firma faoliyatini boshqaruv strategiyalari Mahsulot sifatini boshqarishning xorij tajribalari Marketingni boshqarish strategiyasini xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llash Menejmentda iqtisodiy-psixologik usulning ahamiyati Personalni boshqarishning Yaponiya tajribasi Korxona menejerining etikasi va madaniyati Korxonada boshqaruv madaniyatini shakllantirish strategiyasi SWOT tahlili asosida kompaniya holati strategiyalarini ishlab chiqish Korxonada marketingni boshqarish strategiyalari Boshqaruv strategiyasi turlari Mahsulot sifatini boshqarish strategiyasi Boshqaruvda mehnatni rag‘batlantirish usullari AQSH transmilliy kompaniyalarining strategik boshqaruv xususiyatlari Qo‘shma korxonalarni boshqarish strategiyasi Ishlab chiqarishda marketing boshqaruvi strategiyasi Respublika korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish strategiyalari Tashkiliy madaniyatning korxona strategik rivojiga ta'siri Bozorda maqsadli segmentlarni tanlash strategiyasi Ta'lim tizimini rivojlantirish strategiyalari Korxona boshqaruvida biznes-rejaning ahamiyati Kurs ishi mavzularini shakllantirishda asosli hollarda kafedra tomonidan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling