Strategik menejment


Amaliy mashg'ulotlarning mazmuni


Download 1.62 Mb.
bet161/192
Sana07.10.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1695195
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   192
Bog'liq
Strategik menejment..

Amaliy mashg'ulotlarning mazmuni
II-modul. Xizmat ko'rsatish sohalarini strategik boshqarish

  1. mavzu. Diversiyalangan kompaniyalarnintg strategik tahlili

Kompaniyaning mavjud strategiyasi va faoliyatini baholash. Diversiyalanish darajasi va firma portfeli. Kompaniya faoliyatining miqyosi. Korporativ boshqaruv samaradorligi. Diversiyalangan kompaniya faoliyatini baholash. Matritsaning juft ko‘rsatkichlari, o‘sish, ulush matritsasi, tarmoqning jozibadorligi “Raqobat mavqei” matritsasi, tarmoqning hayotiy sikli matritsasi. Ishbop faollik portfeli matritsasi, murakkab bolalalr “Yulduzlar”, “Sogin sigirlar” kvandartlari. Portfelning hozirgi va kelajakdagi matritsasi. Portfelning hayotiylik sikli matritsasi.

  1. mavzu. Ta'lim sohasida strategik rejalashtirish

O‘zbekistonda ta'lim tizimining xususiyatlari. Ta'limda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuning amalga oshirilishi. Ta'lim tizimi menejmenti. Ta'lim innovatsion texnologiyalarni joriy etish. Ta'lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish. Ta'lim xizmatining asosiy omillari. Ta'lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.

  1. mavzu. Tibbiy xizmatlar menejmenti strategiyasi

Tibbiy xizmatlar va tibbiyot maxsulotlari bozori. Tibbiyot tovarlari va xizmatlari bozirida raqobat. Tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talab, taklif va uni qondirish usullari. Tibbiyot tovarlari va xizmati bozorida marketing asoslari. Tibbiy xizmatlar tizimida tadbirkorlik mazmuni va vazifalari. Tibbiy xizmatlarning narxlari va ularning tarkibi. Tibbiy muassasalar imidji va unga mijozlarni jalb etish tadbirlarini ishlab chiqish.

  1. mavzu. Servis xizmatlari menejmenti

Servis xizmatlarining asosiy turlari. Servis xizmatlari boshqarish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi. Servis xizmatini tashkil qilishda yangicha yondashuvlar. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish istiqbollari. O‘zbekistonda servis sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari.

  1. mavzu. Bank xizmatlari menjmenti strategiyasi

Bank xizmatlarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari. Bank xizmatlari turlari. Bank xizmatlari marketingi. Bank xizmatlarini boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari. Bank xizmatlari sifati. Bank xizmatlarining turli shakllari. Innovatsion bank xizmatlari. Masofaviy bank xizmatlari samaradorligi.

  1. mavzu. Sug‘urta xizmatlari menejmenti strategiyasi

Sug‘urta xizmatlari va uni boshqarishning zarurati. Sug‘urta xizmatlari bozori. Sug‘urta xizmatlari marketingi. Sug‘urta xizmatlariga talabni shakllantirish. Sug‘urta mahsulotlari va uning sifati. Davlat tominidan sug‘urta xizmatlari bozorini tartibga solish. Sug‘urta xizmatlarining zamonaviy turlarini joriy etish.

  1. mavzu. Korxona va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar menejmenti
    strategiyasi


Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati. Pullik va bepul xizmatlarni tashkil qilish. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar tasnifi. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari.
Mustaqil ta'limnining shakl va mazmuni
“Strategik menejment” fani bo'yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o'rganish jarayonining tarkibiy qismi bo'lib. uslubiy va axborot resurslari bilan to'la ta'minlangan.
Talabalar auditoriya mashg'ulotlarida pedagog-xodimlarning ma'ruzasini tinglaydilar. amaliy mashg'ulotlarda o'z fikrlarini bildiradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha professor o'qituvchi tomonidan berilgan mustaqil ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo'shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o'rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo'llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to'plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to'garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o'quv faoliyati samarali bo'lishi mumkin emas.
“Strategik menejment” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko'rinishida shakllantirilgan.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling