Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishi


Harakatlar strategiyasida kursatilgan ustuvot ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar


Download 58.21 Kb.
bet4/5
Sana10.03.2023
Hajmi58.21 Kb.
#1257788
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonda iqtisodiy mustaqillik

Harakatlar strategiyasida kursatilgan ustuvot ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar

Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.
Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSh dollari yo‘naltiriladi.
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzilmoqda.
Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo‘nalishining har biri bo‘yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda.
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy o‘sishini ta’minlamoqda.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovarlar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
Harakatlar strategiyasida BMTning uch asos soluvchi chaqirig’i, ya’ni tinchlik hamda xavfsizlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari o’z aksini topganligi ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Ushbu tamoyillar hayotda o’z ifodasini topayotgani esa alohida e’tirofga loyiq. Buni O’zbekistonda Davlat byudjeti harajatlarining 60 foizi ijtimoiy sohalar — ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, aholi kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilayotgani misolida ham ko’rish mumkin. Natijada mamlakatda “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan ulug’vor g’oya hayotdan mustahkam o’rin egallab, xalqimiz turmush farovonligi yuksalmoqda.
O’zbekiston kasaba uyushmalari ushbu lokal hujjatlarga muvofiq, xodimlarning real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, mehnat bozorida talab bo’lgan kadrlarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ish bilan band bo’lmagan aholi vakillarini kasbga o’qitish hamda qayta o’qitish ishlarida hamkorlik qilib kelmoqda. Shularga mos ravishda aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bo’lgan qatlamlari ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashga ko’maklashish, yolg’iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo’lgan shaxslar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg’ul kishilar hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga karatilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish borasida tizimli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan hamda ko’p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari hamda kelishuvlari orqali moddiy qo’llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo’lib kelayotir. Xususan, 2017 yilda kasaba uyushmalari tomonidan 3037 nafar mehnat faxriysi tarixiy shaharlar va diqqatga sazovor joylar bo’ylab sayohatlarga olib borildi. Yolg’iz keksalar hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning kommunal to’lovlari qoplab berildi. Turli bayramlar munosabati bilan Muruvvat va Saxovat uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga maishiy texnika, kiyim-kechak hamda gigienik vositalar berildi. Ayni chog’da jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan keksa avlod vakillarini qo’llab-quvvatlash uchun 41,9 milliard so’m mablag’ yo’naltirildi.
Bundan tashqari, kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriylari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan sog’lomlashtirilgan bo’lsa, 7385 nafar ishlovchi pensioner hamda kasaba uyushma a’zolarining ota-onalari va 344 nafar ishlovchi pensioner imtiyozli asosda ana shunday imkoniyatdan foydalandi.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida kasaba uyushmalari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi 2 million 160 ming xonadon ahvoli, odamlarning turmush tarzi o’rganildi. Shu jarayonda aholini qiynab kelayotgan qariyb 650 mingta muammo aniqlanib, 556,5 mingtasini hal etish bo’yicha chora-tadbir ishlab chiqildi. O’tgan yilning mart-aprel oylarida kam ta’minlangan hamda ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aktsiyasi doirasida 3280 nafar bolaning sunnat va 616 ta yosh oilaning nikoh to’ylari o’tkazilishiga bosh-qosh bo’lindi.
Konferentsiyada O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2017-2018 yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qator manzilli dasturlar ijrosi muvofiqlashtirib kelinayotgani xususida ham so’z yuritildi. Misol uchun, kasaba uyushmalari ishchi guruhlari tomonidan shakllantirilgan ro’yxatlar asosida hunarmandchilik hamda tadbirkorlik yo’nalishlarini ochish, shaxsiy tomorqa uchastkasini va chorva mollari yoki parranda xarid qilish yo’nalishlari bo’yicha oilasining iqtisodiy ahvolini tiklash istagini bildirgan minglab kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko’maklashildi. Yuzlab kam ta’minlangan oilalar uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, minglab oilalarga maishiy texnikalar olib berildi, ehtiyojmand oilalardagi bemorlarga esa salomatligini tiklashlari uchun moddiy ko’mak ko’rsatildi. Joriy yilda ham ushbu yo’nalishdagi ishlar jadal davom ettirilayapti.
Aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashdek mas’uliyatli ishda ham kasaba uyushmalarining munosib ulushi bor. Bugungacha chekka tumanlar hamda qishloqlarda 2 mingdan ortiq ijtimoiy dorixonalar ishga tushirilib, odamlarning og’iri engil qilingani buning bir misolidir.


Xulosa
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategik vazifalar, ularning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholining moddiy farovonligini yuksaltirishga erishmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasida – “2017-yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil yetdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga” yetdi1 – degan fikrlaridan ham mamlakatda oxirgi yillarda barqaror o‘sish sur’atlarining saqlanib qolayotganligini ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda raqobat kurashi tobora kuchayib, shiddatli tus olayotgan va jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgarib borayotgan murakkab vaziyatda hamda mamlakat aholisi soni va ularning iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabining oshib borishi hisobga olinib, Respublika iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va YaIMning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash vazifalari qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining kelajakda mamlakatni yana-da rivojlantirishga mo‘ljallangan strategik vazifalarida “2030-yilga borib mamlakatimizda YaIM hajmini kamida 2 barobar oshirish...”2 masalasining qo‘yilishi va Prezident Sh.M.Mirziyoyevning – “Makroiqtisodiy barqarorlikni yana-da mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish – eng muhim ustuvor vazifamizdir”3 – deb ta’kidlashlaridan hamda “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da “...yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”4 vazifasining belgilab qo‘yilishi Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash naqadar dolzarb masalalardan ekanligi ko‘rinib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni5da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish hisobiga YaIM hajmi va o‘sish sur’atlarini oshirish, olib borilayotgan islohotlar samaradoligini ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har tomonlama rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Butun jahonda «O‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida «...Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz»6, deb ta’kidlab o‘tildi.
“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy muammolar, ularning yechimlari, O‘zbekiston Respublikasini jadal rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirish hamda ularning ushbu masaladagi fikrlash doirasini kengaytirishdan iborat.



Download 58.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling