TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” fani MUSTAQIL ISH. Mavzu: Reja: Strategiya va strategik boshqaruv to’g’risida tushuncha Strategiya so’zi grekcha “strategos” iborasidan olingan bo’lib “general san’ati” ma’nosini bildiradi. Bu atamaning xarbiy sohadan kirib kelganiga ta’jublanmaslik kerak. Zero strategiya Aleksandr Makedonskiyga butun dunyoni ishg’ol qilishga imkon tug’dirgan. O’zbek tilining izohli lug’atida ham strategiya atamasi: “yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati”; “ijtimoiy -siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi” ma’nosida talqin etilgan. yuqori qo’mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san’ati ma’nosida ishlatiladi. Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. Strategiya – bu: - Istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariylarni tahlil qilish san’ati;
- Istiqbolga raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;
- Korxonaning umumiy faoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va h.z.) ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir
Strategiya o’z harakat doirasi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi: Puxta o’ylangan strategiya: STRATEGIK REJALASHTIRISH Strategik rejalashtirish – kompaniyani boshqarish uchun yordam beradigan vosita hisoblanadi. Piter Lorenju ―Strategik rejalashtirishning vazifasi ishni tashkil etishda yangiliklarni qo‘llash‖ – deb tushuntiradi. Boshqacha aytganda, u strategik rejalashtirish jarayonini boshqarishda 4 asosiy faoliyatni ko‘rsatib o‘tadi: - Resurslarni taqsimlash.
- Tashqi muhitga moslashish.
- Ichki koordinatsiya (muvofiqlashtirish)
- Tashkiliy strategik istiqbolni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |