Strategiya va strategik boshqaruv to’g’risida tushuncha


Download 16.97 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi16.97 Kb.
#236343
  1   2   3   4
Bog'liq
Strategiya va strategik boshqaruv to


    1. Strategiya va strategik boshqaruv to’g’risida tushuncha

Strategiya so’zi grekcha «strategos» iborasidan olingan bo’lib «general san’ati» ma’nosini bildiradi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganiga ta’jublanmaslik kerak. Zero, strategiya Aleksandr Makedonskiyga butun dunyoni ishg’ol qilishga imkon tug’dirgan.

O’zbek tilining izohli lug’atida ham strategiya atamasi:

• «yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati»;

• «ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi» ma’nosida talqin etilgan.

Xarbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo’mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san’ati ma’nosida ishlatiladi.

Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir.



Startegiya-bu:

• istiqbolni tadqiq qilish, turli stsenariyalarni tahlil qilish san’ati;

• istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;

• korxonaning umum faoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va zarar)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir.

Strategiya o’z harakat doirasi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi :


  1. Obdon o’ylangan strategiya

  2. Mo’ljallangan strategiya

  3. Amalga oshirilgan strategiya

  4. Amalga oshmagan strategiya

  5. Paydo bo’ladigan strategiya

Bosh strategiya korxona vazifalarini ro’yobga chiqarishning asosiy usulidir.

Bundan tashqari korxonada quyidagi startegiyalar ham ishlab chiqiladi:



  • maxsus strategiyalar;

  • funktsional strategiyalar;

  • mujassamlashtirilgan strategiyalar;

  • diversifikatsiyalashgan strategiyalar.


Download 16.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling