Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash


Raqobat kuchlari tarkibida oʻzgarish yasovchi omillar


Download 84.38 Kb.
bet6/23
Sana25.02.2023
Hajmi84.38 Kb.
#1227540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Strategik javoblar to\'plami

Raqobat kuchlari tarkibida oʻzgarish yasovchi omillar.
Bozordagi vaziyat tez-tez oʻztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni oʻz siyosatini oʻzgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng koʻp ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni harakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat:
1. Harakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 2. Ushbu kuchlar ta’smm aniqlash.
Bozorda eng koʻp uchraydigan harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat:
• Iqtisodiy oʻsishning uzoq muddatli tendensiyalaridagi oʻzgarish:
• Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining oʻzgarishi:
• Yangi mahsulotlarni joriy qilish:
• Texnologik oʻzgarishlar:
• Marketing tizimidagi oʻzgarishlar:
• Yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:
• NOU XAU ning tarqalishi:
• Tarmoqlar globallashuvining oʻsishi:
• Unumdorlik va xarajatlar tarkibining oʻzgarishi:
• Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga oʻtishi
• Davlat qonunchiligi va siyosatidagi oʻzgarishlammg ta’siri
Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining oʻzgarishi:
• Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi

Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari.
Tarmoqdagi raqobat tarkibini oʻrganishdagi keyingi qadam – bu raqobatlashayotgan kompaniyalarning bozordagi oʻrnini aniqlashdir. Tarmoqdagi firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy usuli - bu strategik guruhlar kartasini tuzishdir.
Strategik guruhlar kartasi - tarmoqda raqobatlashayotgan firmalarning raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning umumiy tahlili va har bir firmaning bozordagi mavqeini bir-biriga bogʻlaydi. Buning uchun tarmoqda
ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik guruhlarga boʻlinadi. Strategik guruhlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir xil boʻlgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy raqobatchilar nechta boʻlsa strategik guruhlar soni ham shuncha
boʻladi, ammo buning uchun raqobatchilarning har biri oʻzining raqobat usuliga va bozorda oʻz mavqeiga ega boʻlishi lozim.

Download 84.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling