Strategiyasi. Fuqarolik jamiyati


Partiya o4z nizomi asosidagi faoliyatida ushbu huquqlardan foyda-


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/38
Sana22.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1684487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Bog'liq
2283977 Jumaniyazov B. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati


Partiya o4z nizomi asosidagi faoliyatida ushbu huquqlardan foyda- 
lanish jarayonida quyidagi ijtimoiy-siyosiy vazifalami ham bajaradi:
- fuqarolaming siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ular- 
da mas’uliyatli fuqarolik axloqini shakllantirishga ko4maklashadi;
- partiya o'zining tadbirlari, ijtimoiy loyihalari orqali (xususan, fu­
qarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda), shuningdek
yuqori bilim va saviyaga ega bo‘lgan fuqarolami partiya ishiga jalb qi- 
lish orqali fuqarolaming ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishi- 
ga ko‘maklashadi;
-partiya doimiy elektoratini o'ylantirayotgan dolzarb iqtisodiy va 
ijtimoiy muammolami aniqlash, ulami samarali hal qilishga yo‘naltiril- 
gan loyiha va dasturlami ishlab chiqish hamda saylab qo‘yiladigan hoki- 
miyat organlarida o‘zining vakilligi orqali ularni ilgari suradi.
Siyosiy partiyaning mohiyati partiyaning ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy 
negizi; partiya rahbariyatining tarkibi, manfaatlari va maqsadlari; tashki- 
lotning dasturiy qoidalari; uning siyosiy xatti-harakatlarining obyektiv 
yo4naltirilganligi kabi xususiyatlarga chambarchas bog4liqdir. Siyosiy 
partiya mohiyatining eng muhim ko4rsatkichi uning oxir-oqibatda kim- 
ning va qanday kuchlarning manfaatlari hamda qarashlarini ifoda etishi, 
himoya qilishi va o4z kundalik faoliyatida amalga oshirishidir.
Siyosiy partiyaning jamiyatdagi funksiyalari hayotdagi masalani 
o4rganish, uning siyosiy taraqqiyotdagi o‘rni va rolini tushunib yetish, 
maqsadlarini yaxshiroq tasavvur etishga yordam beradi. Jamiyat siyosiy 
tizimida siyosiy partiyalar quyidaga asosiy funksiyalami bajaradilar:
12 “Сиёсий партиялар тугрисида”ги Узбекистан Республикаси Конуни, 12-модда.
И


- Siyosiy maqsadni belgilash. Mafkurani va dasturlarni ishlab chi- 
qarar ekan, partiyalar strategiyani belgilashga, fuqarolami muqobil va 
boshqa xatti-harakatlarning ham mumkinligiga ishontirishga intiladilar;
- Ijtimoiy manfaatlarni ifoda etish va saralash. Manfaatlarni guruh- 
lar ham ifoda etishlari mumkin, lekin faqat partiyalargina ularni 
markaziy davlat organlarining qarorlariga ta'sir ko‘rsatadigan shaklda 
bir butun qilib birlashtira oladilar;
- Fuqarolami safarbar qilish va ijtimoiylashtirish. Partiyalar o‘z fao- 
liyatining uzoq muddatli ijtimoiy va g‘oyaviy-psixologik asosini yarata- 
dilar, ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda tegishli ijtimoiy 
fikmi shakllantiradilar;
- Hukmron elitani shakllantirish. Hokimiyatning mahalliy organla- 
rini, hukumatning avval yashirin, so‘ngra esa real tarkibini shakllantira­
dilar; hokimiyatning vakolatli organlari bilan jamiyat o‘rtasidaga aloqa- 
larni ta’minlaydilar; boshqa siyosiy institutlar bilan birga davlat boshqa- 
ruvi va ijtimoiy boshqaruv mexanizmini shakllantiradilar, hukumat tuzil- 
malari va mexanizmlarining barqarorligini ta’minlaydilar;
- Siyosiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. Siyosiy partiyalar 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari orasida dasturiy qoidalami, ijtimoiy-iq- 
tisodiy va siyosiy strategiyani ishlab chiqishni alohida ajratib ko'rsatish 
lozim bo‘ladi. Hozirgi zamon strategiyasini ishlab chiqishga malakali 
kadrlar jalb etiladi.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling