musimizning 56-moddasida “0 ‘zbekiston
Respublikasida qonunda bel-
gilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar,
olimlaming jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar
tashkilotlari,
ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolaming
boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e ’tirof etiladi” ,J deb.
uning huquqiy obyekti o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Dav-
lat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya
etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda
ishtirok etish uchun teng
huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor
shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga,
shuningdek,
jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoli
yatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”14 kabi normalarning mustahkam-
langanligi mamlakatimizda jamoat birlashmalarining shakllanishi va ri-
vojlanishi davlat tomonidan to'laqonli ta’minlanganligi hamda uning or
ganlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini ko‘zda tutadi.
Yurtboshimiz “Mamlakatda demokratik
islohotlami yanada chu-
qurlashtirish va fuqarolik jamiyati rivojlantirish” Konsepsiyasi yuzasi-
dan qilgan ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivoj-
lanishiga erishish bir qator qonunlami qabul qilish bilan bog‘liqligini
ta’kidlab o‘tdi. Unda, jumladan, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” qonunda
davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari
munosabatlarida bir
qator o‘zgarishlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: