Streotip asosida maqol tushunchasi


Download 46 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi46 Kb.
#1005893
  1   2
Bog'liq
maqola


STREOTIP ASOSIDA MAQOL TUSHUNCHASI
Odinaxon Xolmatova O`ktamovna
Farg`ona davlat universiteti o`qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o`zbek xalq maqollarining streotip asosida tushunilishiga doir masalalar tahlil qilingan. Bilim va tasavvurlarimizning bir qismi ana shu streotiplar yordamida shakllanishi haqida aytib o`tilgan.
Kalit so`zlar:streotip,paremiologiya,psixologiya,etnomadaniy,mentalitet,maqol,
matal.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются вопросы, связанные с пониманием узбекских народных пословиц на основе стреотипов.Было отмечано,что часть наших знаний и воображения парализована этими стреотипами.
Ключевое слово:стреотип,паремиология,психология,этнокультура,
пословица,менталитет.
ANNOTATION
This article analyzes the issues related to the understanding of uzbek proverbs on the basis of streotype.It is mentioned that part of our knowledge and imagination is formed with the help of these streotypes.
Keywords:streotype,paremiology,psychology,ethnaculture, proverb,mentality.
Miliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan,xalqimizni ma`naviy poklanishga yetaklaydigan asoslardan biridir. Avloddan avlodga meros sifatida o`tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz uzoq tarixga ega.Millatning o`zligini ko`rsatuvchi, milliy qadriyatlarni,xalqning madaniyatini ifodalovchi omillardan biri bu xalq og`zaki ijodidir.Xalq og`zaki ijodining eng muhim va qadimiy janrlaridan biri bo`lgan maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o`rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir.O`zbek millatining o`ziga xos jihatlari,turmush tarzi,yashash sharoiti,insonlar o`rtasidagi munosabatlar –barchasi mana shu ixchamgina maqollarda o`z aksini topadi.
Tilning paremiologik fondini xalq durdonalaridan tuzilgan va madaniyatidan mustahkam o`rin olgan jahovir sandig`i deyish mumkin.Ma`lumki,maqol va matallar folklorshunoslikda janr matnlari sifatida keng o`rganilgan.Pragmatik nuqtayi nazardan maqollar turli maqsadlarda, jumladan, ayni maqol kesatish,yupatish, o`git berish,maslahat berish,saboq berish,ogohlantirish,tahdid qilish va h.k. qo`llanishi mumkin.[1,78]
Har bir millatning o`z qadriyatlari,qarashlari va madaniyatini aks ettiruvchi xalq og`zaki ijodi namunalari bor.Ana shular orqali har bir xalqning o`ziga xosligi va madaniyat belgisini aniqlash mumkin.Biz ushbu maqolada o`zbek xalq maqollarining streotip asosida ongda aks etishi haqida fikr yuritmoqchimiz.
Ma`lumki, “streotip” iborasini ilmiy muomalaga 1922-yilda U.Lipman kiritgan.Ammo streotiplar tadqiqot obyekti bo`lguncha oradan ma`lum vaqtlar o`tgan.Hamma kishilar u yoki bu darajada ijtimoiy va etnik streotiplarning ifodalovchisidir.Bizning boshqa xalqlar to`g`risidagi bilim va tasavvurlarimizning bir qismi ana shu streotiplar yordamida shakllangan.
A.M.Jabborov ta`kidlaganidek,1) Ijtimoiy-madaniy muhit vujudga kelishining manbalari etnosning birligi,tili,zamon va makonda tashkil topishi, xalqning turmush tarzi, boyliklari,qadriyatlari,ijtimoiy hamda madaniy mavjudligi va hokazolardan iboratdir.
2) xalqning o`ziga xos fe`l-atvori va psixoloiyasining etnik streotiplarini tadqiq qilish,ularni vujudga keltirgan ijtimoiy-madaniy tizimni o`rganish asnosida amalga oshirilishi kerak. Bunda xalqning o`ziga xosligini tiklash avloddan avlodga o`tib kelayotgan streotiplarning noaniq nusxasi ekanini hisobga olish kerak[2,501]
U.Lippman o`z tadqiqotlarining birida streotiplashish zarurligining muhim sababini ta`kidlaydi.Streotiplashish tufayli kishilarning kuch sarflashi tejaladi,ular yangi faktlar va hodisalar to`g`risida qaytadan o`ylab,fikrlab o`tirmaydilar. “Agar atrofdagi olamda bir xillik bo`lmasa yoki kuchlarni tejashning hech qanday yo`lib o`lmasa,faqat xatolar mavjud bo`lar edi,lekin ana shunday bir xillik mavjud bo`lgani uchun diqqat-e`tiborni tejash shunchalar zarurki,agar sof tajriba asosida fikr yuritish uchun barcha streotiplardan voz kechilsa,insoniyatning tirikchiligiga muqarrar zarar yetar edi”[3,500]
Streotip hodisasi nafaqat tilshunoslarning ishlarida, balki sotsiologlar,etnograflar,kognitologlar,psixologlar va etnopsixolingvistlarning ham tadqiqotlarida o`rganiladi.Qayd qilingan fanlarning har qaysi vakili streotiplarning xususiyatini o`z sohasining tadqiqoti nuqtayi nazaridan belgilaydi.Shunga ko`ra streotiplar ijtimoiy,muloqot,mental,madaniy,etnomadaniy streotiplarga ajratiladi.Masalan,ijtimoiy streotiplar shaxsning tafakkur va muomalasini ko`rsatadi.Etnomadaniy streotiplar biron bir xalqqa xos bo`lgan umumiy xususiyatlarini ifodalaydi.Jumladan, nemislar tartibliligi,yaponlar sermulozamatligi,turklar hissiyotliligi,qozoqlar qaysarligi o`zbeklar mehmondo`stligi bilan butun xalq haqidagi streotip tasavvurlarni yuzaga chiqargan.[4,31]
Mehmon kutish streotip sifatida ozbek xalqlarining oilaviy an`analarida o`z ifodasini topgan.Maqollarni tahlil qilar ekanmiz,ularda o`zbeklarda mehmonni fahr va xursandchilik bilan kutib olish qoidasi borligini sezish mumkin.Masalan,buni biz mehmondo`stlik haqidagi maqollarimizdan ham bilsak bo`ladi: “Mehmon kelar eshikdan,rizqi kelar teshikdan”, “Kelish mehmondan,ketish mezbondan”, “Mehmon – atoyi xudo”, “Mehmon kelsa uyning chirog`i ravshan”[5,152] kabilarni keltirish mumkin
O`zbek xalqining etnik streotiplari o`ziga xosligi,uning an`analari,marosimlari,urf-odatlari va didi,matallarda va hikmatli so`zlarda chuqur o`rin olganXalqning avaylab saqlashi va ardoqlashi sababli,ular hozirgacha o`zining dastlabki ma`nosini yo`qotmagan va millatimiz vakilining kundalik hayotidagi eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Streotiplar madaniyatning barcha streotiplari kabi tilda metafora va turg`un birikmalar shaklida aks etadi.Biz o`z madaniyatimizga xos bo`lgan turli voqeliklarni mentalitetga singib ketgan streotiplar orqali qabul qilamiz.Masalan,andisha-o`zbekcha streotip,ko`p tillarda bu tushunchaning aynan muqobili yo`q.[7,21] “Andishaning otini qo`rqoq qo`yma”, “Yuzi qizilni uyalirib bo`lmas”, “Husn - yuzda,uyat –ko`zda” kabi maqollar o`zbek xalqining andishali,nomusli ekanligidan dalolatdir.
Xullas, streotip madaniyat vakillarining tafakkuri va tili uchun xarakterli bo`lib,u madaniyatning vakili va uning o`ziga xos sinchidir.Shuning uchun ham streotip madaniyatlararo muloqotda shaxsning tayanchi vazifasini o`taydi.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling