Stress va uni boshqarish Reja: Stress tushunchasi


Download 442.88 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi442.88 Kb.
#1027806
Bog'liq
stress va uni boshqarish

Stress va uni boshqarish

Reja:

1.Stress tushunchasi

2.Stress xolatini boshqarish

Stress – bu odam va hayvonlarda kuchli ta’surotlar natijasida sodir bo’ladigan o’ta hayajonlanish,asabiylik holati. Stress – bu gomeostazni buzish bilan tahdid qiluvchi turli ekstremal omillar ta’sirida yuzaga keladigan tananing o’ziga xos bo’lmagan reaksiyasi va asab endokrin tizimlar faoliyatida stereotipik o’zgarishlar bilan tavsiflanadi.

Stress oqibatlariga qarshi kurashish bo’yicha an’anaviy ravishda ko’plab uslubda ishlab chiqilgan bo’lsa-da, bu bilan bir qatorda stressni oldini olish, ruhiy barqarorlikni oshirish bilan uzviy bog’liq bo’lgan salmoqli izlanishlar o’tkazilgan. Stressni oldini olish va barqarorlikni oshirishda asosan xulq-atvor terapiyasi nazariyasi va amaliyotiga asoslangan o’ziga-o’zi yordam berish yuzasidan qator yondashuvlar ishlab chiqilgan.

Ruxiy zarbaga tasir va ruxiy zarbaga chidamli xayot tarzlari o’rtasidagi farq

Ruxiy zarbaga tasirchan xayot tarzi

  • Surunkali ruxiy zarbaga uchraydi
  • Ko’pincha ruxiy tushkunlikka uchrab turadi.
  • Shaxslar o’rtasidagi ruxiy kelishmovchiliklarni qiyinchilik bilan boshdan o’tkazadi.(masalan, oiladagi qiyinchilik, turmush o’rtog’I bilan yomon munosabat va x.k. )
  • Uncha qiziqarli bo’lmagan zerikarli ishda qatnashadi.
  • Doimo vaqt ziq bo’ladi ishlarni bajarib ulgurmaydi.
  • Yuz berishi mumkun bo’lgan murakkab hodisalar to’g’risida tashvish chekadi.
  • Sog’liqqa zarar keltiruvchi odatlarga ega (chekadi, spirtli ichimliklar ichadi, sport bilan shug’ullanmaydi.)
  • O’z vaqtini yahshi tashkil etolmaydi.

Ruxiy zarbaga chidamli xayot tarzi

  • “Ijodiy” ruxiy tushkunliklar uchrab turishini inkor qilmaydi.
  • Vaqtincha bo’shashishni o’rganish
  • O’zaro xurmat qiladi, tanlab do’stlashishadi, o’zaro xotirjam munosabatlarga intiladi.
  • Samarali qiziqarli ishda qatnashadi, yatarli samara olishga harakat qiladi.
  • Jiddiy vaziyatni uncha jiddiy bo’lmagan vaziyat bilan almashtira oladi.
  • Yahshi jismoniy xolatni saqlaydi, alkogol istemol qilmaydi, chekmaydi.
  • Oddiy ishda ham qoniqish xosil qilad.
  • Jinsiy xayotdan to’la zavq oladi.

Ko’pchilik rahbarlarni qo’l ostida ishlovchilar sog’lig’iga zarar keltirish, oilalarda ruxiy tushkunlik xolati vujudga kelgan sharoitda ularga raxm-shavqat qilishda ayblaydilar. Lekin tadqiqotlar natijasi bunday qarashlar noto’g’ri ekanligini namoyom qilmoqda: rahbar, bazi tadqiqotchilar oilani qo’llab – quvvatlash vaziyatni mushkulashtiradi. Chunki oilaviy nizoda biror tomon taraf bo’lish, yoki uni oqlash ziddiyat kuchayishiga olib keladi deb hisoblaydilar, deb takidlasalarda xodimlarni ruxiy tushkunlik davrida qo’llab quvvatlash lozim. Xatto eng namunali oila ham ishda olingan ruxiy zarbani bartaraf qilolmaydi,rahbarning esa bunga imkoniyati bor bo’ladi.

Shunisi qiziqarliki, o’z oilasi tomonidan nisbatan ko’proq qo’llab – quvvatlash yomon deb hisoblovchi xodimlar tuhiy-zarba bilan bog’liq kasalliklarga ko’proq chalinar ekanlar. Bunday xolat xatto yuqori ish xaqi yoki katta lavozimga ega bo’lish kabi ijtimoiy omil tasirida bo’lganlar orasida kuzatilar ekan.

Stress ko’rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: 1. Konstruktiv – biz turidagi (ko’pchilik orasida): 2. Destuktiv – men turidagi (yakka shaxs o’zi bilan)kechadigan jarayon.

Stress xolatini oddiy tilda aytadigan bo’lsak, bu insonlarda kechadigan tushkunlik xolatidir. Insonning aqliy jihatlari va fiziologik tizimida stress xolati bo’lmasligi mumkun emas. Bular ko’p hollarda muloqotlarda va boshqa ijtimoiy jarayonlarda yuz beradi.

Stressni fiziologik va psixologik turlari mavjud.

Fiziologik stress – bu o’ta jismoniy zo’riqish, biror og’riq, qo’rquv, kasalliklar natijasida vujudga keladi. Fiziologik stress organizm o’ta zo’riqishi,temperaturaning baland yoki past bo’lishi, nafas olishning qiyinlashishi bilan bog’liq bo’ladi.

D.Karnegi xotirjamlikka erishish to’g’risida

Bugungi kun bilan yashang!

.


Download 442.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling