Strreplsh I mavzu: Fiskal siyosatni amalga oshirish yo‘llari


Mavzu: Investsitsiya funksiyasi va omillari


Download 63.45 Kb.
bet2/13
Sana15.02.2023
Hajmi63.45 Kb.
#1201204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
inestitisiya

Mavzu: Investsitsiya funksiyasi va omillari.
MUNDARIJA
KIRISH

  1. Investitsiya va uning mohiyati.

  2. Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida investitsion faollikni oshirishda investitsiya funksiyalari va omillaridan samarali foydalanish.

  3. O’zbekistonda investitsion faollikni oshirish holati va uning o’zgarish dinamikasi.

  4. Investitsiya funksiyalari va omillaridan foydalanish asosida iqtisodiyotni rivojlanishini jadallashtirish istiqbollari.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb atalishi munosabati bilan joylarda oʻtkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda “investitsiya” soʻzi qayta-qayta tilga olinmoqda. “Biz yurtimizga koʻproq investitsiya olib kelishimiz kerak” degan daʼvatlar yangrab turibdi. Bir qarashda bu gapda xato yoʻq. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yirik korxonalar, koʻzga koʻringan ishbilarmonlar mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish faoliyati natijasida katta daromadga ega boʻladilar. Tadbirkorlik qoidasiga binoan oʻsha daromad turib qolsa, pul “kul”ga aylanadi. Agar sarmoya ishlab chiqarishga yoʻnaltirilsa, foyda yoniga foyda qoʻshilishi mumkin. Xoʻsh, oʻsha mablagʻni qayerga sarflagan maʼqul? Iqtisodchilar tili bilan aytganda, ertangi kunni koʻzlagan sarmoyador investitsion muhit qulay boʻlgan joyga mablagʻ yoʻnaltiradi. Bundan har ikki tomon — investor ham, investitsiya yoʻnaltirilgan subyekt ham manfaatdor boʻladi. Investitsiyalarni to’g’ri yo’naltirish orqali yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash va aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda tahlil qilish, dolzarb vazifadir. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiga barham berish eng muhim maqsad bo'lib qoladi. Zero yurtboshimiz takidlaganidek
“Investitsiya iqtisodiyotning dvigateli, investitsiya bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Investorlarga muhit, infratuzilma yaratsak, ish joyi bo’ladi, mahsulot ko’payadi, soliq tushadi. Korxonalar o’z mablag’larini yana aylantirib faoliyatnirivojlantiradi” 1

Download 63.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling