Strukturasi


Download 300.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi300.13 Kb.
#1478113
1   2   3   4
Bog'liq
25-ma\'ruza

komponentalari deb ataladi va Reley chizig’ining nozik tuzilishini tashkil qiladi: 




2
1
sin
2
0
0
c
v
n





(24.4) 
Bu Mandelshtam-Brillyuen formulasidir. 
Eynshteyn nazariyasini yorug’likning turli xil polimer va oqsillarda sochilish 
holiga tadbiq etib rivojlantirish (Debay) o’lchamlari tushayotgan yorug’lik to’lqin 
uzunligi tartibida (yoki undan katta) bo’lgan polimer molekulalarning molekulyar 
og’irligi va tuzilishini aniqlashning eng yaxshi usullaridan birini berdi. 
Sochilgan yorug’likning intensivligi. Eynshteyn formulasiga k = R/N
A
Bolsman doimiysi kirgani uchun, formuladagi boshqa parametrlarning hammasini 
o’lchab, sochilgan yorug’likning intensivligiga qarab N
A
ni aniqlash mumkin. Gaz 
sochib yuborgan yorug’likni tajribada tadqiq etishda bu muhim doimiyni (N

ni) 
hisoblab topish mumkinligi hodisaning molekulyar xarakterining kriteriysi bo’la 
oladi. 
Yorug’likning suyuqlikda sochilishning molekulyar xarakterda ekanligi 
1913 bilan 1925 yillar orasida o’tkazilgan ishlarda ishonchli ravishda aniqlandi, 
bunda hodisaning turli xil tomonlari tadqiq etildi. Yorug’likning suyuqlikda 
sochilishiga bag’ishlangan yangi puxta tadqiqotlar Avogadro sonining nazariy va 
eksperimental topilgan qiymatlarining bir-biriga nima sababdan to’g’ri kelmay 
qolishinianiqlash ehtiyojidan o’tkazilgan. Hozirgi vaqtda qiyinchiliklarni bartaraf 
qilingan deb hisoblasa bo’ladi: sochilgan yorug’lik intensivligining formulasiga 
kiradigan hamma kattaliklarni, shu jumladan oldin uncha asoslanmagan 
mulohazalarga suyanib olingan 
kattalikni ham tajribada aniqlash natijasida 
Avogadro soni (59 ± 2)·10
22
mol
-1
bo’lib chiqadi (G.P.Motulevich, I.L.Fbelinskiy, 
1951 y.). 
Yorug’likning kristallarda molekulyar sochilishi ham ishonchli ravishda 
aniqlandi (G.S.Lansberg va hamkorlari, 1927-1930 y.). Kristallarni tasodifiy 
qo’shilmalardan tozalash mumkin emas, shuning uchun o’rganilgan kristallar ko’p 


emas. Molekulyar sochilgan yorug’likni tasodifiy qo’shilmalarda sochilgan 
yorug’likdan farq qilishga imkon beradigan usul intensivlikning temperaturaga 
bog’lanishini tadqiq qilishdan iborat edi: molekulyar sochilgan yorug’likning 
intensivligi absolyut temperaturaga proporsional bo’lib, qo’shilmalarda sochilgan 
yorug’lik (parazit yorug’lik) intensivligi temperaturaga bog’liq emas. 
Sochilishda yorug’likning qutblanishi. Agar tabiiy yorug’lik molekulaga OY 
o’q yo’nalishida tushayotgan bo’lsa (24.1-rasm), yorug’likning elektr vektori ZOX 
tekislikda tebranishi kerak. Agar sochilgan yorug’lik OX o’q yo’nalishida 
kuzatilsa, to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar bo’lgani sababli bu yo’nalishda elektr 
vektor tebranishining OX oqqa perpendikulyar bo’lgan komponentasi tufayli hosil 
bo’lgan to’lqinlargina tarqaladi. Shunday qilib, tushayotgan yorug’likka nisbatan 
to’g’ri burchak ostida sochilgan yorug’likda elektr vektorining OZ o’q bo’ylab 
yo’nalgan tebranishlari kuzatilishi, ya’ni yorug’lik to’liq qutblangan bo’lishi kerak. 
Biroq keyingi tadqiqotlar singan yorug’likning qutblanishi to’liq 
bo’lmasligini ko’rsatadi. Agar elektr vektori OY o’q bo’ylab tebranadigan 
yorug’likning intensivligini I
y
bilan, elektr vektori OZ o’q bo’ylab tebranadigan 
yorug’likning intensivligini I
z
bilan belgilasak, u holda II qutblanish darajasi 
quyidagicha ifodalanadi: 
II =
(24.5) 
Yuqorida bayon etilgan mulohazalardan I
z
= 0 bo’lganda II = 1 bo’ladi 
(qutblanish 100 % ga yetadi), degan xulosa chiqadi. Tajribada esa I
y
juda kamdan-
kam hollarda nolga teng bo’ladi: yorug’lik qisman qutbsizlanadi. Qutbsizlanish 
o’lchovi sifatida odatda
∆= (24.6) 
miqdor olinadi. Bir qator gazlarda Δ noldan farq qiladi (vodorodda Δ = 1%, azotda 
Δ = 4%, uglerod sulfid bug’larida Δ = 14%, karbonad angidridda Δ = 7%). 

Download 300.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling