Strukturasi


Yorug’likning kombinatsion sochilishi


Download 300.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi300.13 Kb.
#1478113
1   2   3   4
Bog'liq
25-ma\'ruza

Yorug’likning kombinatsion sochilishi. Reley qonuniga asosan, sochilgan 
yorug’likda energiya taqsimoti birlamchi yorug’likdagi taqsimotdan spektrning 
qisqa to’lqinli qismida energiya qiyosan ortiq bo’lishi bilan farq qiladi. Biroq, 
Raman, Landsberg va Mandelshtamm (1928 y.) larning sinchiklab o’tkazgan 
tajribalari sochilgan yorug’lik spektrida tushayotgan yorug’likni xarakterlovchi 
chiziqlardan tashqari qo’shimcha chiziqlar bo’lishini ko’rsatdi, ular tushayotgan 
yorug’likning har bir chizig’i yonida turadi. Bu hodisaning quyidagi qonunlari 
tajribalardan topilgan: 
1. Yo’ldoshlar tushayotgan yorug’likning har bir chizig’i yonida bo’ladi. 
2. 
Uyg’otuvchi 
yorug’lik 
spektral 
chizig’ining 
chastotasi 
bilan 
yuldoshlardan har biri chiziqlarining chastotalari orasidagi farq sochuvchi modda 
uchun xarakterli bo’lib, uning molekulalarining xususiy tebranishlari chastotalariga 
teng. 
3. Yo’ldoshlar tushuvchi chiziqdan ikki tomonda simmetrik yotuvchi ikki 
tizimdan iborat. 
4.Temperatura ko’tarilganda "binafsha" yo’ldoshlarning intensivligi keskin 
oshadi. 


Bu vaqtda sochilgan yorug’lik chastotasi tushayotgan yorug’lik bilan 
molekulalar ichida bo’ladigan tebranishlar chastotasining kombinatsiyasidan tarkib 
topadi. Shuning uchun bunday sochilishga kombinatsion sochilish deyiladi. 
Kombinatsion sochilish usuli moddaning molekulyar tuzilishini tadqiq 
etishning muhim usuli hisoblanadi. Molekula tebranishlarining xususiy chastotalari 
bu usul yordamida osongina aniqlanadi, bu usul molekula simmetriyasining 
xarakteri, molekulalar ichida ta’sir qiluvchi kuchlarning kattaligi va umuman 
molekulyar dinamikaning o’ziga xos tomonlari to’g’risida fikr yuritishga imkon 
beradi. 
 
Tayanch iboralar: 
Molekulyar sochilishining miqdoriy nazariyasi, optik bir jinslimaslik, Reley 
qonuni, 
fluktuatsiya, 
sochilgan 
yorug’likning 
intensivligi, 
sochilishda 
yorug’likning qutblanishi, Mandelshtam-Brillyuen komponentalari, yorug’likning 
kombinatsion sochilishi. 

Download 300.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling