«студенческий вестник»
O'ZBEK TILIDAGI MAQOLALAR
Download 3.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Мақола 2021 муҳокама
O'ZBEK TILIDAGI MAQOLALAR
GUMANITAR BO'LIM 1. ADABIYOT A.NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONI VA UNDAGI HIKOYATLARNING INSON MA’NAVIY KAMOLOTGA YETISHISHIDAGI AHAMIYATI Khafiza Mukhtorova Ikhtiyor qizi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti talabasi, O’zbekiston, Jizzax ANNOTATSIYA Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni yaratilish tarixi, undagi inson kamolotiga ijobiy xissa qo’shishdagi bemisil ahamiyatga ega hikoyalar, inson tabiatida uchraydigan yovuz illatlarning qoralanishi va dostonda keltirilgan majoziy obrazlar va ularning kichik tahlillari. Kalit so’zlar: majoziy obraz, hamd, munojat, ijtimoiy-siyosiy hikoyalar, falsafiy hikoyalar, din va tasavvufga oid hikoyatlar, axloqiy-ta’limiy hikoyatlar, badiiy uslublar. Alisher Navoiy umrining oxirgi yillarida ya'ni 1499-yilda o'zi yoshligidan orzu qilib javob sifatida yozmoqchi bo'lgan dostoni "Lison ut-tayr" (Qush tili) dostonini yozdi. Ushbu doston hajmi 3666 bayt, 193 bobdan iborat. Navoiy bolaligida fors-tojik shoiri Farididdin Attorning "Mantiq ut- tayr" (Qush nutqi) dostonini yod olgan. Mana shu dostonni sevib o'qib, yod olish jarayonida qushlar bilan majozan inson haqidagi hayot uni hayratga solgan. Keyinchalik umrining so'nggida, o'zining falsafiy tafakkuri yuksalgan paytda ushbu dostonga javoban "Lison ut-tayr" dostonini yozdi. Dostonning kirish qismida an'anaviy hamd, nat, munojatlardan so'ng ustozi Farididdin Attorga alohida bag'ishlab bob yozadi. Mana shu yo'lda ustozini "ma'naviy ota" deb ataydi. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni ulug` mutafakkir shoirning butun ijodiy faoliyati davomida ilgari surilgan ilg`or falsafiy qarashlarni umumlashtirib, ularga yakun yasaydigan asar sifatida muallif ijodida o`ziga xos o`rin egallaydi. Asarda faqat tasavvufiy-falsafiy g`oyalar emas, balki axloqiy- ta’limiy yo`nalishdagi turli fikrlar ham keltiriladi. “Lison ut-tayr” dostonidagi hikoyatlar insonning ma’naviy kamolotga yetishishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Navoiy hikoyalari mavzui, g`oyaviy mazmuni, obrazlari va badiiy uslubi jihatdan xilma- xildir. Ularning ko`pchiligi odob-axloq, ilm-ma’rifat, insof-adolat, sevgi va sadoqat, mehnat va mehmondo`stlik kabi masalalarga bag`ishlangan dunyoviy hikoyatlardir (Bunday hikoyalar “Nasoyim ul-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo” kabi asarlar sirasidan ham sezilarli o`rin olgan).” Asarda 65 ta hikoyat mavjud bo`lib, ular hikoya ichida hikoya shaklida qushlar tilidan bayon etiladi. Adabiyotshunos Sh. Sharipov o`zining “Lison ut-tayr haqiqati” kitobida doston tarkibiga kirgan hikoyatlarni mavzu jihatdan quyidagi guruhlarga ajratadi: “ 1. Ijtimoiy-siyosiy va falsafiy mazmundagi hikoyatlar. 2. Din va tasavvuf vakillari, ularning ba’zi muhim qarashlariga oid hikoyatlar. Журнал «Студенческий вестник» № 7 (152), часть 3, 2021 г. 88 3. Axloqiy-ta’limiy hikoyatlar. 4. Ishq-muhabbat mavzuidagi hikoyatlar.” Biz odob-axloq masalalariga bag`ishlangan hikoyatlarga asosiy e’tiborimizni qaratdik. Dostonda keltirilgan hikoyatlarning katta qismini axloqiy-ta’limiy ruhdagi hikoyatlar tashkil etadi. Navoiy kishilarda mavjud bo`lgan turli salbiy xususiyatlarni, ya’ni uquvsizlik, xasislik, ilmsizlik, dangasalik va mol-dunyoga mehr berish qanday oqibatlarga olib kelishini turli hikoyatlar orqali aytib o`tadi. Masalan, asarda uquvsiz bog`bon, tanbal kishi, soxta gavharfurush, Muqbil va Mudbir, mechkay polvon, bir umr xazina izlagan telba kishi, hind savdogari, xomxayol qalandar kabi 20 ga yaqin hikoyatlarda insonlarga xos bo`lgan turli illatlar ko`rsatib o`tiladi : “Bog`bone bor edi bas behunar, Bog`bonlik san’atidin bexabar. Ne shajar payvand qilmoq shevasi, Kim halovat hosil etkay mevasi.” Uquvsiz bog`bon haqidagi hikoyat asarning XLIV bobida Hudhud tomonidan Qumriga aytiladi. Bog`bon bog`bonlik san’atidan bexabar bo`lib, u na daraxt payvand qilib, undan huzur-halovat beruvchi meva olishni, na ularni parvarish qilishni bilardi. Oxiri uni ilon chaqib o`ldiradi. Navoiy bu bilan har kim o`ziga mos ilm, odob- axloqqa ega bo`lishi kerakligini aytmoqchi bo`ladi. Dostonning XLVII bobida bir tanbal kishi haqidagi hikoyat keltirilgan. Xalq ichinda bor edi beg`ayrate, Elga beg`ayratlig`idin hayrate. (63-bet) Bu hikoyatda insonga xos eng yomon illatlardan biri bo`lgan ishyoqmaslik, tanballikning oqibati qanday bo`lishini ko`rsatib o`tiladi. Insonlarning beradigan yeguligi evaziga musht yeb, oxir joyida turolmay qoladi. Boshqa bir hikoyat oson xazina topishga urinish va uning oqibati haqida: Bor edi bir mulk aro devonae, Kecha- kunduz maskani vayronae. Ganj umidi birla umrin o`tkozib, Har dam ul vayrona bir yonin qozib.(76-bet) Bunda buzuq nafsi va yolg`onchiligi insonni qanaqa ahvolga solishi aytib o`tiladi. “Nafsni yengish- yomon xulqlardan qutilish degan gap. Odam takabburlik,zo`ravonlik yo`lini tutmay, yaxshilik sari intilsa, unda ulug`lik va donishmandlikdan boshqa narsa topolmaysiz. U o`zidagi johiliyatlardan voz kechsa, habibulloh, ya’ni ollohning do`sti- Muhammad payg`ambar kabi boru- yo`qdan ogoh bo`ladi.” Xullas, Navoiy dostonda Hudhud tilidan keltirilgan hikoyatlarning ko`pchiligi inson odob-axloqi,uning ma`naviy kamolotga yetishi uchun muhim hisoblanib, har bir kishini turli yomon illatlardan uzoqroq yurishga va faqat ezgu amallar qilishga undaydi! Download 3.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling