Studies in economics and education in the modern world
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
CANADA Vol. 2 No.9 oktyabr
STUDIES IN ECONOMICS AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD
Vol. 2 No. 9 (2023) 60 o‗simliklarni tekisliklarda va tog‗larda topish mumkin, shuningdek, bozorlar va dorixonalarda sotib olish mumkin. Mahalliy aholi bunday o‗simliklarning moʻjizaviy kuchi haqida oldindan bilishadi. Ular isteʼmol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo‗shiladi, choy damlanadi, dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo‗nalishida ham qo‗llaniladi. Dorixonalar va kosmetika do‗konlarida siz monoo‗tlardan, maxsus o‗simlik damlamasi, vanna uchun o‗simlik preparatlari, turli xil foydali qo‗shimchalar, efir moylari va boshqalardan xarid qilish mumkin. Har bir mahsulot tarkibida tabiiy minerallar, vitaminlar va biologik faol moddalar mavjud[4]. Xulosa o‘rnida shuni faxr bilan aytish joizki, O‗zbekiston o‗simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‗l va dashtlar, tog‗lar va adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib manzara hosil qiladi. Bu aql bovar qilmaydigan bo‗lib tuyulishi mumkin, ammo aslida Markaziy Osiyoning qo‗shni mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‗zbekistonning tog‗laridagi maydon birligiga nisbati bo‗yicha o‗simliklar soni bir necha baravar ko‗p. Aytish joizki, sohaning rivojlanib borishi barobarida aholining tabiiy dori vositalariga qiziqishi va isteʼmoli ko‗payib, xabardorligi ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yana-da kuchaytirib, aholining nafaqat isteʼmol madaniyatini oshirish, balki o‗z tomorqalarida dorivor o‗simliklar yetishtirishga jalb etish, ―bir mahalla – bir mahsulot‖ tamoyili asosida klasterlar va eksport qiluvchilar hamkorligida dorivor o‗simliklarni ekish, birlamchi qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yo‗naltirish orqali o‗z-o‗zini band qilish, aholi daromadini ko‗paytirish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O.K. Xojimatov, X.Q. Haydarov, D.T. Xamraeva, D.A. Imomova, A.N. Xujanov. O‗zbekiston dorivor o‗simliklar atlasi. o‘quv qo‘llanma. Samarqand – 2021 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling